Termometr (termo... — issiq va metr) — trani oʻlchash uchun moʻljallangan asbob. Ishi moddalarning kengayishi, elektr qarshiligi, gaz bosimi va boshqalarning traga bogʻlikligiga asoslangan. T.ning suyuqlikli, gazli va qarshilikli turlari bor. Ulardan eng soddasi suyuqlikli T., asosan, rezervuar, naycha va shkaladan iborat. Rezervuar suyuqlik, mas., simob bilan toʻldirilgan boʻladi. temperatura ortishi bilan rezervuardagi simob kengaya boradi va unga ulangan naycha ichida simob koʻtariladi. temperatura qancha yuqori boʻlsa, simob shuncha kengayadi va naycha boʻylab u shuncha yuqori koʻtariladi. Mac, —35° dan Q750° gacha trani oʻlchashda simob (—80° dan 170° gacha — etil spirta, —200° dan Q20° gacha — pentan, — 20° dan Q300° gacha — kerosin) bilan toʻldirilgan T.lar ishlatiladi. Turmushda, tibbiyot va meteorologiyada suyuqlikli T. qoʻllaniladi.)
Fan va texnikada —269° dan Q1063° gacha trani oʻlchashda gazli T. qoʻllaniladi. Bu T. gaz (past tralarda geliy, yuqori tralarda esa azot) bilan toʻldirilgan idish, simobli aniq manometr va ularni ulovchi kapillyardan iborat.
Bunda temperatura gazning hajmi yoki bosimi oʻzgarishi orqali aniqlanadi. Sanoatda —60° dan Q550° gacha trani oʻlchashda koʻpincha manometrik T.dan foydalaniladi. Bu T. gaz (azot), but (xlorli etil) yoki suyuqlik (simob) bilan toʻldirilgan ballon hamda kapillyar va prujinali manometrdan iborat germetik tizimdan iborat. Temperatura oʻzgarishi bilan tizimdagi bosim oʻzgaradi, prujina deformatsiyalanadi, natijada mil shkala boʻylab harakatlanadi. Elektr qarshiligining traga bogʻliqligiga asoslangan qarshilik T.lari va termoelektr yurituvchi kuchning traga bogʻlikdigiga asoslangan termoparalar ham fan va texnikada keng qoʻllaniladi. Bunday Tlar yordamida —200° dan Q500° gacha trani oʻlchash mumkin[
Psixrometr (yun. psychros — sovuq va ...metr) — havo namligi va temperaturasini anikdashda ishlatiladigan asbob. Oddiy P. 2 qoʻshaloq (quruq va namlangan) termometrlardan iborat. Quruq termometr havo temperaturasini kursatadi. Namlangani (hoʻl latta bilan oʻralgani) issiqlik qabul qilgich hisoblanadi. Termometrning simobli uchini hoʻl doka bilan oʻrab, suvli idishga solinadi. Hoʻl dokadan suv bugʻlanganda termometrdan issiqlik yoʻqolishi kuzatiladi. Shu tufayli quruq termometrga nisbatan namlangan termometrning temperaturasi doim past boʻladi. Ikkala termometrning temperaturalar farqiga koʻra, maxsus psixrometrik jadval, diagramma, nomogrammalar yordamida havo namligi hisoblanadi.
P.ning stansion, aspiratsion va distansion xillari bor. Stansion P.ning termometrlari meteorologik budkaning maxsus shtativiga mahkamla-nadi. Aspiratsion P.ning termometrlari maxsus opravalarga oʻrnatiladi. Distansion P.da qarshilikli termometrlar, termistorlar, termoparalardan foydalaniladi
Do'stlaringiz bilan baham: |