V. Seminar mashg‘ulot bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar
Seminar mashg‘ulotlarini tashkil qilish uchun taklif etilgan mavzular:
“Davlat tilida ish yuritish”ning huquqiy asoslari
Hujjatlarni tayyorlash va ularga qo’yiladigan talablar
Rasmiy hujjatlarga qo‘yiladigan talablar
Muassasa va idoralardagi ichki va tashqi hujjatlar
Ma’lumot-axborot hujjatlarining til xususiyatlari
Tashkiliy hujjatlar va ularga qo’yiladigan talablar
Shartnoma, shartnoma turlari va boshqaruvda shartnomaning roli
Farmoysh hujjatlari va ularning tarkibi
Xizmat xatlari va ularning ahamiyati
Diplomatik yozishmalarning til xususiyatlari
11.Elektron hujjat davr taqazosi sifatida.
12.Hujjatlar ustida ishlash tartiboti
13.Diplomatik va tijorat yozishmalari.
14.Hujjatlarning zaruriy qismlari va ularni rasmiylashtirish
15.Hujjatlarni idoraviy arxivda saqlash va vaqtincha foydalanishga berish tartibi
Seminar mashg‘ulotlarda asosiy e’tibor talabalarning madaniy nutq ko‘nikma va malakalarini takomillashtirish, ularning ijodiy fikrlashini rivojlantirish, o‘z fikrini to‘g‘ri bayon qilish va asoslay olishga o‘rgatishga qaratiladi.Seminar mashg‘ulotlarda talabalarga yakka tartibda va differensatsialangan yondashuv amalga oshiriladi. Talabalarga topshiriladigan vazifalarning ijodiyligi, muammoliligiga alohida e’tibor qaratiladi. Seminar mashg‘ulotlarda talabalar qayd etilgan mavzular bo‘yicha nazariy va amaliy masalalarni o‘rganadilar.
VI. Mustaqil ta’lim va mustaqil ishlar
Mustaqil ta’lim uchun tavsiya etilgan mavzular:
“Davlat tili” haqidagi qonunining hayotiy ahamiyati
Boshqaruv jarayoni me’zonlari haqida ma’lumot
Hujjat va uning shakllantirilishidan ko‘zlangan maqsad
Hujjatlarni tasniflashning me’yor talablari haqida ma’lumot
Asl hujjat va hujjat nusxalarining farqli jihatlari
Nusxa turlari haqida ma’lumot
Tipik, namunali va individual hujjatlar
Hujjat shakllari haqida ma’lumot
Xizmat xatlarining shaxsiy xatlardan farqli va o‘xshash jihatlari
Ma’lumot axborot hujjalari haqida ma’lumot
Davlat organlarining me’yoriy hujjatlari
Kadrlar faoliyatiga doir bo‘lgan hujjatlar tasnifi
Korxonada hujjatlar aylanmasi bosqichlari
Hujjatlarni me’yoriy va uslubiy jihatdan tartibga solinishi
Qolipli hujjatlarning turlari va qo‘llanilishidan ko‘zlangan maqsad
Xizmat xatlari matnlarida gap qurilishining amaliy ahamiyati
Hujjatlar matni tarkibidagi imloviy va uslubiy xatolarning yuzaga kelish sabablari
Tashkiliy huquqiy hujjatlarning vazifalari haqida ma’lumot bering
Ma’muriy hujjatlarning asosiy vazifasi va tayyorlanish bosqichlari
Ma’lumot-axborot hujjatlari turlari va tayyorlanishida qo‘yiladigan talablar.
Shaxsiy xatlar va xizmat xatlari uchun qo‘yiladigan talablar
Xatlar tuzilishida dizaynning qanday o‘rni bor?
Elektron hujjat nima?Uning afzalliklari va kamchiliklari nimalardan iborat
Rasmiy yozishmalardagi odob-axloq qoidalari haqida ma’lumot bering
Xodimning ishga kirishi uchun qanday hujjatlar talab qilinadi?
Shaxsiy hujjatlarning qanaqa turlarini bilasiz?
Tarjimayi holni yozishda faoliyatlar ketma-ketligi qanaqa tartibda bo‘ladi?
Hujjatlar nomenklaturasi deganda nimani tushunasiz?
Rasmiy hujjat turlari va saqlanish muddai haqida ma’lumot bering.
Fan bo‘yicha mustaqil ta’limni hujjatchilik manbalari bilan mustaqil tanishish, ma’ruzlarni o‘zlashtirishning samarali usullaridan foydalanish, hujjatlarni yurita olish ko‘nikmasini rivojlantirish va belgilangan mavzular asosida topshiriq taqdimot, referat, videoyozuv va audioyozuv shakllari asosida tayyorlash.
Talabalar mustaqil ishini tashkil qilishda fanning xususiyatlarini hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalanish tavsiya etiladi:
- darslik va o‘quv qo‘llanmalar bo‘yicha mavzularni o‘rganish;
- tarqatma materiallar bo‘yicha ma’ruzalar qismini o‘zlashtirish;
- maxsus adabiyotlar bo‘yicha mavzular ustida ishlash;
- talabaning o‘quv-ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan bo‘lim va mavzularni chuqur o‘rganishi;
- talabaning taqdimoti;
- faol va muammoli o‘qitish uslubidan foydalaniladigan o‘quv mashg‘ulotlari.
Mustaqil ta’lim mavzulari amaliy mashg‘ulotlarning auditoriya va onlayn dars shakllarida muhokama qilinadi va baholanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |