Termiz tuman kasb hunar maktabi "tasdiqlayman"
Avtomobil tuzilishi o'quv amaliyotdan O'MT
Mavzu: Avtomobillarga texnik xizmat ko’rsatishni tashkil etish. ATKda avtomobillarga texnik xizmat ko'rsatish mavjud korxonaning ekspluatatsiya sharoiti va TXK davriyligi me'yorlari, kunlik bosib o'tiladigan o'rtacha masofadan kelib chiqib, har bir avtomobil uchun tuzilgan reja-grafiklar asosida o'tkaziladi. Texnik xizmat bosimi avtomobilning haqiqiy bosib o'tgan masofasi va uning holatiga qarab, reja-grafiklarga o'zgartirishlar kiritadi. TXK bo'yicha bajariladigan ishlar brigada yoki agregat-maydoncha usulida olib boriladi. Brigada usulida texnik xizmat ko'rsatish ishlarini tashkil etish, 1-TXK, 2-TXK va JT hajmidagi ishlarni bajarish uchun brigadalarni tuzishni ko'zda tutadi. Brigada avtomobilning barcha agregatlari bo'yicha ish olib boradi. Bu holatda brigada a'zolari avtomobillarga universal ishchi postlarda xizmat ko'rsatish uchun yuqori malakaga ega bo'lishlari lozim. Agregat-maydoncha usuli texnik xizmat ko'rsatish ishlari katta hajmga ega bo'lgan holatlarda qo'llaniladi. Bu holatda korxonalarda agregatlar bo'yicha ixtisoslashtirilgan ishlarni bajarish uchun alohida ishlab chiqarish maydonchalari tashkil etiladi. Ishlab chiqarish maydonchalari vazifasi bo'yicha: dvigatellar, transmissiya va hokazolar bo'yicha, ayniqsa, ko'p miqdorda ishchi postlarga ega bo'lgan JT zonalaridagi ishlarni bajarish uchun ixtisoslashtiriladi. KXK, 1-TXK, 2-TXK zonalarida ishlab chiqarishni uzluksiz usuli keng yoyilgan bo'lib, avtomobillarga xizmat ko'rsatish, avtomobillarni postdan-postga mexanizatsiyalashgan usulda siljitadigan konveyerlar bilan jihozlangan uzluksiz liniyalarda olib boriladi. Bajarilish tavsifiga ko'ra texnik xizmat ko'rsatish ishlarining barchasi post va sex ishlariga bo'linadi. Post ishlari zonalardagi postlarda, sex ishlari esa sexlarda yoki korxonaning ishlab chiqarish bo'limlarida bajariladi. KXK va 1-TXK ishlari faqat postda bajariladigan, 2-TXK va JT ishlari esa postda bajariladigan va sexli ishlar bo'lib, 2-TXK uchun postli ishlar 17-22 foizni va JT uchun 29 - 39 foizni tashkil etadi, qolgan qismi esa avtomobil rusumiga ko'ra sexli ishlarni tashkil etadi. TXK zonalaridagi ishlar - alohida postlar bo'yicha bajariladigan ishlarni ketma-ketligini va hajmini aniqlaydigan, texnologik xaritalar bo'yicha olib boriladi. Texnologik xaritalarda ishchi postda bajariladigan har bir ishning bajarilish vaqti, qo'llaniladigan asboblar, moslamalar va materiallar ko'rsatiladi. Texnik xizmat ko'rsatish va ta'mirlash ishlarining bajarilishi bo'yicha hisob va hisobotlar har bir avtomobilga birkitilgan garaj (avtosaroy) varaqasi hamda haydovchi tomonidan tuzilgan buyurtmalar bo'yicha olib boriladi. Korxonada diagnostik vositalar mavjud bo'lsa, bajariladigan diagnostik ishlar ma'lum bir shakldagi diagnostika xaritasi ko'rinishida rasmiylashtiriladi va u yerda avtomobilning tekshirilayotgan ko'rsatgichlari keltiriladi. Garaj varaqalarini, buyurtmalarni va diagnostika xaritalarini maydoncha ustasi va maydoncha boshlig'i tasdiq-laydi. Rasmiylashtirilgan hujjatlar rejatashtirish bo'limiga yoki ishlab chiqarishni boshqarish markaziga tushadi, u yerda ular qayta ishlanadi, turkumlashtiriladi va korxonaning hisoboti uchun foydalaniladi. Avtomobillarga texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash tizimi Hozirgi vaqtgacha mustaqil davlatlar hamdo’stligi(MDX) va chet ellarda ishlab chiqarilgan va chiqarilayotgan avtomobillarga TXK va ularni T rejaviy-ogohlantiruvchi tizim asosida bajariladi, bu o’z navbatida TXK va T tizimiga quyidagi talablarni qo’yadi: a) moddiy va ishlash harajatlarini kam sarflagan holda. avtomobillarni ekspluatastion xususiyatlarini saqlab turish; b) TXK va T ni rejaviy va tashkil eta oluvchi rejaviy - me’yoriy xarakterga ega bo’lishi; v) barcha avtomobil ekspluatastiyasi korxonalari uchun majburiyligi; g) barcha muhandis-texnik xodimlar uchun aniq va yaqqol anglash mumkinligi; d) ishlash sharoitiga qarab aniq me’yorlarni bir maromdaligi va moslashuvchanligi; e) avtomobillarning har xil sharoitda ishlatilishini hisobga oluvchanligi. Respublikada TXK va T ishlarining me’yoriy asoslari va ularni tashkil etish "Avtomobil transporti harakatdagi tarkibiga TXK va T to’g’risidagi Nizom"i bo’yicha amalga oshiriladi. MDX davlatlarida ishlab chiqarilgan ko’pgina avtomobillarga TXK ishlari belgilangan me’yoriy davriylikda(1-TXK engil avtomobillar uchun-4000 km, yuk avtomobillari uchun 3000 km, avtobuslar uchun 3500 km va o’z navbatida 2-TX 16000, 12000, 14000 km)o’tkaziladi. Harakatdagi tarkibga TXK va T NIZOMI asosiy xujjat hisoblanib, unga asosan barcha ishlar rejalashtiriladi va tashkil etiladi hamda qo’shimcha me’yoriy texnologik xujjatlar ishlab chiqiladi. Nizom ikki qismdan iborat bo’lib: a) birinchi qism - harakatdagi tarkibga TXK va T asoslaridan iborat bo’lib, butun avtoransport tizimi va unda olib boriladigan texnik siyosatni aniqlaydi. Bunda TXK va T ning turlari, boshlang’ich ko’rsatgichlar, ekspluatastiya sharoitlari va me’yorlarni to’g’rilash turlari, TXK va Tni tashkil etish usullari va bajariladigan operastiyalarning nomlari keltirilgan; b) ikkinchi qismda har bir turdagi avtomobillar uchun alohida me’yoriy ko’rsatgichlar keltirilgan. "Avtomobil transporti harakatdagi tarkibiga TXK va T to’g’risidagi Nizom"ga ko’ra, harakatdagi tarkibga TXK ishlari bajarilish davri va mehnat hajmiga ko’ra quyidagi turlarga bo’linadi: -kundalik xizmat ko’rsatish – KXK, -birinchi texnik xizmat ko’rsatish – 1-TXK, -ikkinchi texnik xizmat ko’rsatish – 2-TXK, -mavsumiy xizmat ko’rsatish – MXK. KXK ishlari harakat havfsizligini ta’minlashga qaratilgan nazorat, tashqi ko’rinishni tegishlicha tozalash, yonilg’i quyish, moy va sovutish suyuqliklarini me’yoriga keltirish, maxsus avtomobillarning kuzovlariga sanitariya qoidalariga ko’ra ishlov berishdan iborat bo’lib, bu ishlar xarakatdagi tarkib safardan qaytgach bajariladi. 1 va 2–TXK ning asosiy vazifasi avtomobil detallarini eyilishi jadalligini pasaytirishdan iborat bo’lib unga diagnostikalash, mahkamlash, sozlash va harakat havfsizligi bilan bog’liq ishlar(25476-91 sonli davlat standarti). Avtotransport vositalari, harakat xavfsizligi shartlari bo’yicha texnik holatga talablarga muvofiq), yonilg’i energetika resurslarini tejab sarflash, atrof muhitni muhofaza qilish, buzilish va nosozliklarni aniqlash va oldini olish, ularni o’z vaqtida bartaraf etish ishlarini o’z ichiga oladi. Shu jumladan asosan tozalash, yuvish, quritish, tekshiruv diagnoz qo’yish, mahkamlash, sozlash, elektrotexnik, shina, akkumulyator, moylash va agregat, mexanizmlardagi moylarni me’yoriga keltirish va almashtirish ishlari bajariladi. MXK yiliga 2-marta o’tkaziladi va yilning sovuq hamda issiq vaqtida harakatdagi tarkibni ishlatishga tayyorlash ishlaridan iborat. Bizning sharoitda MXK ni 2-TXK bilan birga o’tkazish va ishni 50 foizga oshirish tavsiya etiladi. Ta’mirlash ishlari o’zining xarakteri va yo’nalishi bo’yicha qayta tiklash (QT) va joriy ta’mirlash (JT) kabi turlarga bo’linadi. QT ishlash qobiliyatini yo’qotgan avtomobil va uning agregatlarini keyingi qayta tiklash yoki safdan chiqqunga qadar buzilmasdan ishlashini ta’minlash uchun xizmat qiladi. Avtomobillarni yoki uning agregatini qayta tiklashda bo’laklarga ajratish, tiklash va detallarni almashtirib qayta yig’ish, sozlash va sinash ishlari bajariladi. Avtomobil, agregat QTga, uning o’zak va asosiy detallari ta’mirtalab bo’lgan yoki me’yoriy yo’lni bosib o’tgan holda, ish samaradorligi talab darajasidan pasayib ketgan taqdirda jo’natiladi. JT, avtomobil va uning agregatlarida ekspluatastiya jarayonida paydo bo’lgan buzilishlarni, nosozliklarni bartaraf etish va qayta tiklashgacha bo’lgan me’yoriy davrni yurishini ta’minlash uchun bajariladi. Avtomobillarni JTning eng asosiy maqsadi quyidagilardan iborat: - avtomobilning ishonchliligini oshirish; - JT tannarxini kamaytirish. Avtomobillarni JT, ularni ishlab chiqarish, QT va TXK sifatiga bog’liqdir. Bajarilish joyi va ish xarakteri bo’yicha joriy ta’mirlash postlarida va ustaxonalarda bajariladigan ish turlariga bo’linadi. Postda bajariladigan ishlarga: tekshiruv-nazorat, sozlash, qotirish, ajratish-yig’ish kabi ishlar kiradi. Ustaxonalarda agregat, elektr jihozlari, ta’minot tizimi, akkumullyator, shina ta’mirlash, kamera yamash, qoplamachilik, kuzov va payvandlash, misgarlik, temirchilik, bo’yoqchilik va boshqa turdagi texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash ishlari bajariladi. Download 7,51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024 ma'muriyatiga murojaat qiling |
kiriting | ro'yxatdan o'tish Bosh sahifa юртда тантана Боғда битган Бугун юртда Эшитганлар жилманглар Эшитмадим деманглар битган бодомлар Yangiariq tumani qitish marakazi Raqamli texnologiyalar ilishida muhokamadan tasdiqqa tavsiya tavsiya etilgan iqtisodiyot kafedrasi steiermarkischen landesregierung asarlaringizni yuboring o'zingizning asarlaringizni Iltimos faqat faqat o'zingizning steierm rkischen landesregierung fachabteilung rkischen landesregierung hamshira loyihasi loyihasi mavsum faolyatining oqibatlari asosiy adabiyotlar fakulteti ahborot ahborot havfsizligi havfsizligi kafedrasi fanidan bo’yicha fakulteti iqtisodiyot boshqaruv fakulteti chiqarishda boshqaruv ishlab chiqarishda iqtisodiyot fakultet multiservis tarmoqlari fanidan asosiy Uzbek fanidan mavzulari potok asosidagi multiservis 'aliyyil a'ziym billahil 'aliyyil illaa billahil quvvata illaa falah' deganida Kompyuter savodxonligi bo’yicha mustaqil 'alal falah' Hayya 'alal 'alas soloh Hayya 'alas mavsum boyicha yuklab olish |