Termiz tuman kasb hunar maktabi "tasdiqlayman"


Mavzu: Avtomobillarning umumiy tuzilishini o’rganish



Download 7,51 Mb.
bet23/76
Sana31.12.2021
Hajmi7,51 Mb.
#268055
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   76
Bog'liq
Avtomobil tuzilishi o'quv amaliyotdan O'MT

Mavzu: Avtomobillarning umumiy tuzilishini o’rganish.
Insoniyat hayoti avtomobilsiz tasavvur qilish qiyin. Avtomobilni bajaradigan fuksiyasiga qarab to‘g‘ri ekspluatatsiya qilinsa, uzoq muddat ishonchli va chidamli xizmat qiladi. Avtomobil – o‘zi harakatlanuvchi (avto-grekcha o‘zi, mobil- lotincha harakatlanuvchi) degan ma’noni bildiradi. Avtomobil – mustaqil energiya manbaiga ega bo‘lgan, quruqlikda relssiz yo‘llarda yuk va odamlarni tashishga yoki unga o‘rnatilgan qurilmalar yordamida maxsus ishlarni bajarishga mo‘ljallangan, kamfortabellik va xavfsizlikka ega bo‘lgan g‘ildirakli mashinadir. Transport avtomobillariga yo‘lovchi, yuk va yuk yo‘lovchi tashuvchi avtomobillari kiradi. Maxsus avtomobillar ma’lum ishlarni bajarishga mo‘ljallangan mexanizm, asbob va uskunalar bilan jihozlangan bo‘ladi. Bularga sanitariya, o‘t o‘chirish, ko‘cha supirish, yuk ortish kabi avtomobillar kiradi. Vazifasiga ko‘ra avtomobillar quyidagi turlarga bo‘linadi.

Avtomobil – bu agregatlar, mexanizmlar va tizimlar yig‘indisidan iborat murakkab mashinadir. Avtomobillarning konstruksiyalari turlicha bo‘lishi mumkin, lekin ularning ko‘pchiligining mexanizm va tizimlarining ishlash prinsipi, tuzilishi bir-biriga o‘xshash. U tuzilishiga ko‘ra quyidagilardan tashkil topgan:



Dvigatelda yonish jarayonida hosil bo‘lgan issiqlik energiyasi ta’sirida tirsakli valni harakatga keladi, undan keyin transmissiya orqali harakat yurish qismining elementi bo‘lgan yetakchi g‘ildirak uzatiladi va ... avtomobil harakatlanadi. Avtomobil harakatlanish vaqtida haydovchi rul boshqarmasi va tormoz tizimidan foydalanadi (boshqaruv mexanizmi), chiroqlarni yoqadi (elektr jihozlari) va albatta haydovchi o‘rindiqda o‘tirganida xavfsizlik kamarini taqadi (qo‘shimcha jihozlar). Bularning hammasi kuzovga mustahkam qilib mahkamlanadi.



Avtomobilning umumiy tuzilishi.

1-dvigatel; 2-old o‘q; 3-old osma; 4-old tormoz mexanizmi; 5-old g‘ildirak; 6-ilashish muftasi; 7-uzatmalar qutisi; 8- kardan uzatma; 9- asosiy uzatma; 10,11-orqa o‘q; 12-orqa ko‘prik; 13-orqa tormoz mexanizmi; 14-orqa g‘ildirak; 15-rul chambaragi; 16-rul mexanizmi; 17-rul vali; 18-rul trapetsiyasi; 19-kuzov.

Dvigatel – bu agregat hisoblanib, yonilg‘ining yonishi natijasida hosil bo‘lgan issiqlik energiyasini mexanik energiyaga aylantirib beradi (burovchi moment shaklida).

Transmissiya – burovchi moment va uzatishlar sonini o‘zgartirgan holda yetakchi g‘ildiraklarga harakatni uzatadi.

Ular quyidagilardan iborat:

¾ ilashish muftasi

¾ uzatmalar quttisi (taqsimlash quttisi)

¾ kardanli uzatma

¾ asosiy uzatma

¾ differensial

¾ yarim o‘qlar Yurish qismi transport vositasini harakatini, yo‘llarda silkinish va tebranishlarni bir me’yorda ta’minlaydigan qism hisoblanadi.

¾ oldingi va orqa osmalar

¾ g‘ildirak Boshqaruv mexanizmi harakatlanish vaqtida yo‘nalishni o‘zgartirish, bekat va to‘xtash joylarida harakatsiz holatga keltirish uchun xizmat qiladi.

Boshqaruv mexanizmi quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

¾ rul boshqarmasi

¾ tormoz tizimi Elektr jihozlari elektr ta’minot tizimi, avtomobildagi barcha tok iste’mol qiladigan elektr uskunalarini o‘z ichiga oladi, ular:

¾ tok ishlab chiqaruvchi

¾ tok iste’molchilari Qo‘shimcha jihozlar haydovchi va yo‘lovchiga qulay va xavfsizlikni ta’minlash uchun xizmat qiladi. Misol uchun qo‘shimcha jihozlarga avtomobil salonini isitish, oynalarni yuvish va tozalash, oynani isitish kabilar. Kuzov bu avtomobilning mustahkam elementi hisoblanib, unga dvigatel, transmissiya agregatlari, yurish qismi, boshqaruv mexanizmi mahkamlanadi hamda yo‘lovchi va yuklarni tashish uchun xizmat qiladi. Kuzov zamonaviy avtomobillarda vazifalari har xil va ko‘p qirrali. Asosan avtomobil ishqibozlarini diqqatini kuzovning tuzili dizaynni o‘ziga jalb qiladi. Yengil avtomobili kuzovning tuzilishi va o‘rindiqlar soniga qarab quyidagi turlari bo‘linadi:

Tasnif. Avtomobillar hamda avtomobil transportida foydalaniladigan tirkama vositalari birgalikda harakatlanuvchi avtomobillar tizimini hosil qiladi. Bu tizim vazifasiga ko'ra maxsus, yuk tashuvchi va yoiovchi tashuvchi qismlarga boiinadi. Yuk tashuvchilarga - yuk avtomobillari, shatakchi, tirkama va yarim tirkama avtomobillar; yo'lovchi tashuvchilarga - yengil avtomobillar, avtobuslar, tirkama va yarim tirkama avtomobillar; maxsus tarkibga - maxsus jihozlangan, transport ishlariga mo'ljallangan avtomobillar, tirkama va yarim tirkama avtomobillar kiradi (o't o'chiruvchi, avtokranlar va boshqalar).

Yuk tashishga mo'ljallangan harakatlanuvchi tarkib, foydalanish holatiga ko'ra umumiy va ixtisoslashtirilgan guruhlarga bo'linadi. Umumiy guruhga kiruvchi yuk avtomobillarining kuzovi tashlama devorli (bortli) platforma shaklida bo'ladi. Ixtisoslashtirilgan yuk avtomobillari kuzovi esa faqat ma'lum yuklarni tashishga moslashtirilgandir (samosval, furgon, sisterna va boshqalar). Yuk avtomobillari ruxsat etilgan maksimal massasi bo'yicha yettita klassga bo'linadi: 1,2 tonnagacha; 1,3 - 2,0; 2,1 - 8,0; 9,0 - 14; 15 - 20; 21 - 40; 40 tonnadan yuqori.

Sochiluvchan (qovushqoq) yuklarni tashishga moslashtirilib, o'zi ag'daradigan kuzov bilan jihozlangan yuk avtomobillari samosval-avtomobillar deb, tirkama yoki yarim tirkamalarni sudrab yurishga moslashtirilganlari esa shatakchi-avtomobillar deb ataladi. Agar avtomobil yoki shatakchi-avtomobil yolg'iz o'zi bir yoki bir necha tirkamalarni sudrasa, bunday transport vositalari tizimi avtopoyezd deb ataladi.



Yengil avtomobillar dvigatel silindrlarining ish hajmiga ko'ra quyidagi turkumlarga bo'linadi: juda kichik (1,2 l.gacha), kichik (1,3-1,8 1), o'rtacha (1,9-3,51), katta (3,5 l.dan katta), juda katta (chegaralanmagan).

Avtobuslar yo'lovchi tashuvchi avtomobillar tarkibiga kirib, sakkizta va undan ortiq o'rindiqqa ega bo'ladi. Uzunligiga qarab avtobuslar: juda kichik (5 m. gacha), kichik (6,0-7,5 m), o'rtacha (8,0-9,5 m), katta (10,5-12 m), juda katta (qo'shaloq) (16,5 m va undan uzun) bo'lgan turkumlarga ajratiladi.

Avtomobillarning barcha turlari esa har xil yo'llarda harakatlanish xususiyatiga qarab ikki guruhga bo'linadi: tabiiy (normal) o'tuvchan-likka ega va o'tuvchanligi yuqori bo'lgan avtomobillar. Birinchi guruhga kiruvchilar qatnov uchun moslashtirilgan yo'llarga mo'ljallangan bo'lib, bitta yetaklovchi most - (most-avtomobil shassisining o'qlar o'rnatilgan qismi) ko'prikka ega. Ikkinchi guruhdagilar esa o'ta qiyin yo'llardan ham yura oladigan avtomobillardir. Ular yo'l bo'lmagan joylarda. ham harakatlana oladi. Bu avtomobillarning barcha g'ildiraklari yetaklovchi-dir.



Avtomobillarni yuqoridagi belgilariga qarab farqlash uchun g'ildirak formulasi deb ataluvchi parametrdan (kattalikdan) foydalaniladi. Bu parametr avtomobil g'ildiraklarining umumiy miqdorini hamda yetaklovchi g'ildiraklar sonini ifodalaydi va ko'paytma ko'rinishida yoziladi, ya'ni 4x2, 4x4, 6x4, 6x6 va h.k. Bu yerda birinchisi g'ildiraklarning umumiy miqdorini, ikkinchisi esa yetaklovchi g'ildiraklar miqdorini bildiradi. Yuqoridagi 4x4, 6x6 belgilashlar o'ta qiyin yo'llardan ham yura oladigan avtomobillarga taalluqlidir.

Har bir avtomobil zavodi avtomobilning asosiy (bazaviy) modelini hamda undan ayrim ko'rsatkichlari va konstruksiyalari bilan farq qiladigan modifikatsiyalarini ishlab chiqaradi. 1966-yilgacha avtomobil modelini belgilashda zavodni ifodalovchi harflardan va modelga berilgan raqamlardan foydalanilgan. Misol uchun, ЗИЛ-130 yozuvi quyidagilarni ifodalagan: Lixachev nomli zavod, 130-ishlab chiqarilgan model raqami. Barcha zavodlarga modellarni belgilash uchun raqamlar guruhi ajratilgan edi.






3.51.05.01Avtomobillarni ta’mirlash chilangari kasbi.




Download 7,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish