Termiz muhandislik-texnologiya instituti



Download 117,81 Kb.
bet7/15
Sana24.03.2022
Hajmi117,81 Kb.
#508272
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
Bog'liq
iti

Mexanik kurash choralari.Mexanik kurash choralari avvalo hamma yuqumli manbalarini yo‘qotish, daraxtlarning chirishiga sabab bo‘ladigan buqoqlarni yo‘qotib, buqoqlar qirqilgan joyga dezinfeksiyalovchi modda surkash, agar buqoqlardagi meva tanalari bo‘yoq olish uchun tezda ishlatilmasa, bu holda ularni iyul oyigacha to‘plash va kuydirish kerak;
Profilaktik tadbirlar sifatida quyidagilarni tavsiya qilish mumkin: mevalar to‘kilgan vaqtdan boshlab to kelgusi yil mart oyigacha to‘kilgan mevalarni, barglarni yo‘qotish shuningdek hosil pishgandan so‘ng daraxtda to‘kilmay qolgan pistalarni terib olish kerak.
Kimyoviy kurash. Pistazorlarda hosil yig‘ib olingan so‘ng va erta baxorda o‘simlik gullagunga qadar zararkunandalarga qarshi insektitsidlar bilan ishlov berish
Biologik kurash. Pista daraxtlari zararkunandalariga qarshi may va iyun oylarida Mikrobiopreparatlarni qo‘llanilganda yuqori samadorlikka erishiladi
II.TADQIQOT O‘TKAZILGAN JOYNING AGROIQLIMIY TAVSIFI, TADQIQOT MATERIALLARI VA USLUBLARI
2.1 Tadqiqot xududining agroiqlimiy tavsifi.
Surxondaryo viloyatining Bobotog‘ tizmasida esa asosiy o‘rmon tashkil etuvchi hisoblanadi. Atmosfera yog‘inlari 300 mm bo‘lgan (yoki yoz oylari jaziramasida umuman bo‘lmagan), shuningdek, yoz va qish oylarida havo +46 darajadan –40 darajagacha o‘zgarganpistaning kasalliklari va ulargaqarshi kurashish Pistaning bir nechta asosiy zararkunandasi va kasalliklari mavjud bo‘lib, odamlar ularga qarshi kurasha bilishlari lozim. Shu
haqda qisqacha ma’lumot beramiz. Pista mevaxo‘ri Pista mevalarining bosh zararkunandasi pista mevaxo‘ridir. Pista mevaxo‘rining qurtlari faqat pista mevalari ichida rivojla-nib, boshqa zararkunandalar bilan birgalikda (pista urug‘xo‘ri, pista qalinog‘i va h.) ayrim yillarda o‘simliklarning 50% mevasini nobudqilishi mumkin. Qurtlar pillada qishlaydi. Ularning g‘umbakka ayla-nishi aprelning birinchi o‘n kunligida gullash yakunlangan va novdalar-da tugunchalar shakl-lanishning boshlan-g‘ich bosqichida bosh-lanadi. Kapalaklar-ni uchib chiqishi aprel o‘rtalarida, tuxum qo‘yish aprelning oxi-rida kechadi. Tug‘ilgan
qurtlar darhol meva tugunlariga kiradi va meva kurtagini yeydi.Shakllanishga ulgurmagan mevalar qurib qoladi va to‘kiladi.Daraxtlaringizda pista mevaxo‘ri paydo bo‘lganini qanday aniqlash mumkin. Mevaxo‘r paydo bo‘lishining birinchi alomati –
meva etida teshikning paydo bo‘lishi. Teshiklar bir yoki bir nechta
pista mevaxo‘ri.bo‘lishi mumkin. Teshik atrofida qora dog‘lar ko‘rinadi va qatron
ajralib chiqadi.Mevaxo‘rga qarshi kurashish mumkin. Pista mevaxo‘ri qurtlariga
qarshi kurashish uchun o‘rmon xo‘jaligida ishlatishga ruxsat etilgan BI-58 (fosfamid, fozalon va benzofosfad), preparati ishlati-ladi. Avval preparatni har bir hududda mavjud bo‘lgan xo‘jalik, gulchilik yoki ixtisoslashtirilgan do‘kondan sotib oling. Preparatni 0.2-04.% konsentratsiyada suvga aralashtiring. Aralashtirishga doir
qo‘llanma preparat qadog‘ida bo‘lishi kerak. Butun daraxtni emas, balki mevaxo‘r bilan zararlangan yong‘oqlar novdalariga ishlov be-rish lozim. Zararlanish o‘chog‘lari joylashgan daraxtlar novdalari-ga purkash kerak. Eng asosiysi – zararlanish o‘chog‘lari aniqlangan va
paydo bo‘lgan vaqtning o‘zidayoq darhol yo‘q qilish lozim. Odatda buaprelning o‘rtalarida ro‘y berishi mumkin. Purkash vaqtida preparat odamlar uchun deyarli xavfsiz bo‘lishi-ga qaramay, doka niqobdan foydalanish lozim. Ammo to‘liq xavfsiz-likni ta’minlash uchun fosfamidni qo‘llashdan keyin 5-10 kun da-vomida chorva boqish, 3 kun davomida pichan o‘rish, 11-24 kunda meva yig‘ish taqiqlanadi.Preparat osonlik bilan ildiz tizimi va yerusti a’zolar (poyalar
va barglar) orqali o‘simlik ichiga singadi, tepaga ko‘tariluvchi oqim bilan tarqaladi hamda zararkunandalar uchun zararli miqdorda to‘qimalarda to‘planadi. Fosfamid so‘ruvchi hasharotlarga qarshi preparat sarfi 0,7-2 kg/ga me’yoridan kelib chiqib qo‘llash samara-lidir. Asosiy maqsad mevalarni saqlab qolish bo‘lgan pistazorlar-da sarf 3-15 kg/ga me’yordan kelib chiqib purkaladi. Pista mevaxo‘riga qarshi kurashda mikrobiologik preparatlarni ham ishlatish mumkin: dendrobatsilin – sarf me’yori 1-3 kg/ga; go-melin – sarf me’yori 1-3 kg/ga; depidotsid – sarf me’yori 1-2 kg/ga. Ularning barchasi BI-58 kabi qo‘llanadi. Yuqorida sanab o‘tilgan preparatlarga yosh qurtlar ayniqsa ta’-sirchan. Pistaning fenologik rivojlanishiga ko‘ra birinchi ishlov berish gullashning yakunlanishi – meva tugishning boshlanishiga to‘g‘ri keladi. Ikkinchi ishlov berishni meva tugunlari normal ri-vojlangan (no‘xot kattaligiga yetgan) vaqtdan 8-10 kun o‘tgach amalga
oshiriladi. Mevaxo‘r alomatlari paydo bo‘lganda bu ishlov berish-ni o‘tkazish shart, aks holda mevaxo‘rning oxirigacha nobud bo‘lmagan51lichinkalari yerga tushib, u yerda qishlaydi, yeyingi yili muammo
yana takroralinishi mumkin. Pista sitosporozi sitosporozda (zamburug‘li kasallik) barg va meva etlari zarar-lanadi. Zararlangan barglarda qo‘ng‘ir dog‘lar paydo bo‘ladi. Dog‘lar
o‘sgan sari butun barg plastinasini qoplaydi. Dog‘lar qora teshiksi-mon yostiqchalar (zamburug‘ mevasi) bilan qoplanadi. Meva etlarida avval kichik dog‘chalar paydo bo‘ladi, ular kengayib, deyarli butun meva etini qoplab oladi. Kasallik may oyining birinchi yarmida ko‘rina boshlaydi, so‘ng zararlangan daraxtlar foizi va zararlanish
darajasi keskin orta-di. Iyul oyining boshi-da ommaviy kasalla-nish kuzatiladi.
Kasallik xar yerda, ayniqsa pista o‘sadi-gan janubiy hududda tarqalgan. Infeksiya-li yuklanma kuchli bo‘lgan sharoitlardakasallik juda jadaltarqalib, o‘simliklar-ning 90% ga qadar zararlantiradi.
Kasallik keltiradigan zarar katta. Zararlanish kuchli bo‘lgan-da barglar avval sarg‘ayadi, bukiladi va to‘kiladi, daraxtning as-similyatsiya jarayonini buzadi, o‘sishni sekinlashtiradi va hosilnikamaytiradi. Mevalar erta zararlanganda undagi mag‘iz oxirigicha shakllanmaydi, kuchli zararlangan mevalar quriydi va to‘kiladi.
Infeksiya manbai asosan zararlangan barglar va mevalardir, ulardagi infeksiya qish davomida saqlanib keladi. Kurashish mumkinmi? Kasallikni kamaytiruvchi asosiy tadbir
pistaning kasallikka chidamligini oshirishga xizmat qiluvchi agro-texnik tadbirlarning barchasini tizimli amalga oshirish va kasal-sitosporoz bilan zararlangan pista barglari. chidamli nav va shakllarni joriy etishdan iborat. Ayni paytda shuni hisobga olish kerakki, parvarish qilishda (shudgorlash, poya yoni
to‘garaklarini yomshatish) to‘kilgan zararlangan barg va mevalardagi
infeksiya o‘chog‘i yo‘q qilinadi. Kimyoviy kurash choralarini kuchli zararlangan (barglarning 50%dan ortig‘i zararlangan) pistazorlar hamda o‘rtacha zararlangan
yosh pistazorlarda (o‘rmon urug‘chiligi maydonlari va plantatsiyala-ri) bajarish maqsadga muvofiq.
Qishlayotgan infeksiyaga qarshi kurashish uchun vegatatsiya davri-dan avval erta bahorda daraxtlar, to‘kilgan barg va mevalarni 1
foizli DNOK yoki 5 foizli nitrafen preparatlari bilan ishlov
berish lozim. Kasallikning ilk alomatlari paydo bo‘lganda (may-ning ikkinchi o‘n kunligi) zararlangan daraxtlarni polikarbatsinyoki polixonning 0,5% konsentratsiyali aralashmasi bilan (5-8 kg/ga)ishlov berish kerak. Bu preparatlar bilan takroriy ishlov berish
– 20 kundan so‘ng.Polikarbatsin – 75% li ho‘llanuvchi kukun (kulrang yoki ochiq mal-larang) shaklida chiqariladi, zaharliligi past. Mis xloroksidli
polikarbatsin (polixon) – 80% li kombinatsiyalangan ho‘llanuvchi ku-kun (hidsiz ochiq yashil kukun), zaharliligi o‘rtacha. Aralashma bevo-sita ishlatishdan avval tayyorlanadi.
Preparatlarni har bir tumandagi ixtisoslashtirilgan preparat
do‘konlari (sobiq «selxoz texnika»)da yoxud xo‘jalik yoki gul do‘kon-larida xarid qilish mumkin.Stratifikatsiya– urug‘larni nam qum bilan 1:3 nisbatda (birhissa urug‘ va uch hissa qum) aralashtirib kerakli harorat rejimidapista yong‘og‘i nish urganga qadar saqlash orqali urug‘larni sepishgatayyorlash;Urug‘ning nish urishi– pista yong‘oqchasida kichik ildizchaning pay-do bo‘lishi. Urug‘ning ekishga tayyorligini ko‘rsatadi;
Shakl berish – shox-shabba ichidagi ortiqcha novdalarni kesibtashlash orqali shox-shabbaning yorug‘lik bilan ta’minlanishigaqulay sharoitlar yaratish;Payvandlash– yovvoyi o‘simlikka ona daraxtdan olingan ko‘zchani
payvandlash yo‘li bilan navli materialni vegetativ ko‘paytirish;Ko‘zcha – payvandtagga payvandlanayotgan vegetativ kurtak tutanqobiq qismchasi;Payvandtag– nav/shakl payvand qilinayotgan yovvoyi o‘simlik;
Payvandust– navli o‘simlik qalamchasidan olingan ko‘zcha;Naslni yaxshilash– pistaning yoshi katta o‘simliklarini payvand-lash va siyraklashtirish;Mayda donali tuproqlar– mexanik tarkibi yengil bo‘lgan yaxshituzilgan tuproqlar;Kalsiysevar– tuproqda kalsiy miqdori ko‘p bo‘lishini talab
qiluvchi o‘simlik. Bunday o‘simliklarga xandon pista ham kiradi;Shtamb– bu daraxt pastki qismining yaxshi ifodalangan poyasi,undan yuqorida shox-shabba rivojlanadi; Shox-shabba – daraxtsimon o‘simlik novda va barglariningyig‘indisi; Meva eti– urug‘ning qoplama qismiKuzgi shudgor– tuproqni kuzgi shudgorlash;Plantaj– tuproqni 50-60 sm gacha chuqur yumshatish.
Ikki uyali o‘simliklar – alohida ayol va erkak o‘simliklarga bo‘li-nuvchi alohida jinsli o‘simliklar;Doira ko‘rinishida kesish – yovvoyi o‘simlik poyasini ko‘zchaninguxlab turgan kurtagidan payvandlangan o‘simlik niholi o‘sib chiqqan
joygacha tagi bilan kesish.


Download 117,81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish