Termiz muhandislik-texnologiya instituti


Tadqiqot uslublarini taxlili



Download 117,81 Kb.
bet8/15
Sana24.03.2022
Hajmi117,81 Kb.
#508272
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
Bog'liq
iti

2.2 Tadqiqot uslublarini taxlili.

Pista daraxtlarni tur xususiyatlari, hosildorligi, shuningdek zararkunandalarga chidamliligi tadqiqot predmeti bo‘lib hisoblandi. Pista daraxtlarga zarar keltiruvchi hasharotlar (tur xilma-xilligi va rivojlanish xususiyatlari – tarqalishi, fenologiyasi, zararliligi va boshqalar), shuningdek o‘simliklarni himoya qilish usullari va vositalari (ishlab chiqilgan BUHQTning tarkibi sifatida) esa tadqiqot ob’ektlari sifatida olindi.


Pista bog‘larida pista urug‘xo‘ri yoki pista yo‘g‘onoyoqlisi (Eurytoma plotnirovi Nik), Qipcha tanali pista tilla qo‘ng‘izi (Agrilus tschiseheri ninni Sem.), pista po‘stloqxo‘ri ( Chaltoptelius vestitus Rey. ), pista bargxo‘ri (Labidostomis stenostomci Ws.), Hisor pista bargxo‘ri ( Luperus hissaricus Oglob. ), pista daraxtining qovurg‘ali tilla qo‘ng‘izi (Capnodis parumstriata Ball.) kabi zararkunandalarning tur tarkibi va ularning tarqalish areali, zarari, bioekologik zararkunandalarning rivojlanishi, zarar keltirish darajasi, rivojlanishining iqlim sharoitiga bog‘liqligi hisoblanadi. Pista zararkunandalarini va ularning entomofaglarini rivojlanish davrini o‘rganish maqsadida mavsum davomida Surxondaryo viloyati bobotog‘ xududlarida zararkunanda bilan zararlangan pista daraxtlaridan, so‘ruvchi zararkunandalarning rivojlanish bosqichlaridan hamda yirtqich va parazit entomofaglaridan namunalar yig‘ildi. Tadqiqotlarni bajarishda qo‘llaniladigan asosiy usullar yordamida namunalar yig‘ish, pista zararkunandalarini xududlar bo‘yicha turli populyatsiyalari, populyatsiya zichligi, tarqalishi va entomofaglarning biologik xususiyatlari, bog‘larda entomofag-xo‘jayin munosabatlarining shakllanishi va o‘zaro nisbati, entomofaglarni ko‘paytirish, qo‘llash hamda kimyoviy vositalarni sinovdan o‘tkazishga bog‘liq oid tadqiqotlarni olib borishdan iborat bo‘ldi.
Pista bog‘larida kemiruvchi zararkunandalarning zararlilik darajasi, daraxt mevalarining zararlanishi va standart va nostandart hosil farqi nazoratga nisbatan zararlangan daraxtlar bo‘yicha Tanskiy [25]uslublaridan foydalanildi.
(2.1)
Bunda, 3k - zararlilik koeffitsenti, %
A- zararlanmagan o‘simlik hosili, g
V- zararlangan o‘simlik hosili, g
Pista bog‘larida kemiruvchi zararkunandalarning iqtisodiy havfli chegara miqdor mezonini hisoblash uchun bog‘larning zararlanmagan va zararlangan qismlari, yetishtirilgan hosil, shuningdek bir tup daraxtdagi yo‘qotilgan o‘rtacha hosildorlik kg/ga hisobga olindi.
Bunda iqtisodiy havfli chegara miqdor mezonini (IXChMM) aniqlash uchun quyidagi formuladan (2.2) foydalandik:


(2.2)
Bunda: IXChMM – iqtisodiy xavfli chegara miqdori,
Z – zararlanmagan o‘simlik hosili,
S – zararlangan o‘simlik hosili.
33,3 - 3% zararlanganda sezilarli hosil yo‘qotilishi.
Pista bog‘larida kemiruvchi zararkunandalarning entomofag turlarini saqlash, tinim davriga o‘tkazish I.V. Kajanchikov [21], uslublari asosida, entomofaglarni ko‘paytirish X.X.Kimsanboev [20], A.Sh.Xamraev [27] uslubiy qo‘llanmalari asosida bajarildi.
Dissertatsiya ilmiy tadqiqotlarini olib borish jarayonida asosan umum qabul qilingan entomologik, o‘simliklarni himoya qilish uslublardan hamda ularni qo‘llashga oid ko‘rsatma va qo‘llanmalardan foydalanildi.
Entomofaglarini hisobga olish va zararkunandaga nisbatan samaradorligini aniqlashda pista kemiruvchi zararkunandalari bilan zararlangan bog‘lar tanlandi. Laboratoriya sharoitida pista kemiruvchi zararkunandalari va ularning entomofaglari rivojlanishi, ularning o‘zaro munosabatini o‘rganishni amalga oshirishda Kojanchikov [21] uslubidan foydalanildi.
Pista bog‘larida so‘ruvchi zararkunandalarning entomofag turlarining dominantlik darajasini K.K.Fasulati [30] usulubi asosida, tadqiqotlardan olingan natijalar A.K.Gar, B.A.Dospexov [18] uslubiy qo‘lanmalari asosida statistik tahlil yetildi.
Pista bog‘larida so‘ruvchi zararkunandalar bilan zararlanish darajasi zararlangan va nazoratdagi zararlanmagan ekinlardan olingan hosilga nisbatan A.P.De Millo (1980) uslubi bo‘yicha qiyosiy taqqoslash asosida aniqlandi. Shuningdek, pista bog‘larida pista kemiruvchi zararkunandalarning miqdorini boshqarishda biologik va kimyoviy vositalarning biologik samaradorligini aniqlashda Abbots W.S. formulasi yordamida aniqlandi.
Namunada yig‘ilgan pista kemiruvchi zararkunandalari va ularning entomofaglarining tur tarkibi, sistematik tahlilini amalga oshirishda [4] aniqlagichlardan foydalanildi.
Pista bog‘larida pista kemiruvchi zararkunandalarga qarshi qo‘llanilgan entomofaglarning sifati va ularning o‘zaro jinsiy nisbatlari Adashkevich [3] usulubi asosida va mikrobiologik va kimyoviy vositalarni qo‘llash va ularning biologik ko‘rsatgichlari (Xo‘jaev 2004)uslublari asosida o‘tkazildi.

Download 117,81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish