-
-
- Termiz Davlat Unversiteti
- Milli libos va san'at fakulteti musiqa
- ta'lim yo'nalishi401-guruh 4-kurs talabasi
- Sayitova Maftunaning Musiqa o'qitish metodikasi
- fanidan "Musiqa asrlarini tinglash va tahlil qilish"
- mavsusida tayyorlagan
-
- TAQDIMOTI
- O'qituvchi: Z.Zokirova
- Talaba: M.Saitova
- MUNDARIJA
- KIRISH
- l BOB. Musiqiy faoliyatlarni musiqiy nazariy bilimlarni
- o'zlashtirishdagi o'rni va ahamiyati.
- 1.1. Musiqa tinglash va uni tahlil qilishning maqsad va
- vazifalari.
- 1.2. O'quvchilarni musiqa asarlarini tinglash va tahlil
- qilishga o'rgatishning pedagogik omillari.
- II BOB. Musiqa asarlarini tinglash va tahlil qilishning
- usul va shakillari.
- 2.1. O'quvchilarni musiqa asarlarini tinglash va tahlil
- qilishga o'rgatishga yo'naltirilgan pedagogik faoliyat
- samaradorligi.
- 2.2. Musiqa tinglash jarayonida o'quvchilarning musiqa-
- ni idrok etish ko'nikma va malakalarini shakillantirish us-
- lublari.
- XULOSA.
- FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.
- Birinchi Prezidentimiz I.KarimoI 2010-yil 29-yanvarda
- O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Majlisi-
- dagi "Asosiy vazifamiz-vatanimiz taraqqiyotini va xalqi-
- miz farovonligini yanada yuksaltirishdir" nomli ma'ruzasi-
- da "Biz fuqarolarimizning nafaqat jismoniy va ma'naviy
- sog'lom o'sishi, balki ularning eng zamonavi intellektual
- bilimlarga ega bo'lgan, uyg'un rivojlangan insonlar bo'lib
- XXI asr talablariga to'liq javob beradigan barkamol avlod
- bo'lib voyaga yetishi uchun zarur barcha imkoniyatni va
- sharoitlarni yaratishni o'z oldimizga maqsad qilib qo'y-
- ganmiz" deb ko'rsatib o'tgan edilar.
- Shuningdek musiqa san'ati o'zinieo'qudratli ta'sir kuchi bi-
- lan alohida ahamiyat kasb etadi.
- I BOB. Musiqa fan sifatida o'qitiladigan ta'lim tizimining
- barcha bo'g'inlariga nisbatan umumta'lim maktablaridagi
- musiqa ta'limi o'zining tashkiliy, metodik hamda mazmun
- mohiyati (predmeti) bilan, boshqa fanlarni o'qitishimizdan
- jiddiy farq qiladi. Bu o'ziga xoslik musiqa darsini eng av-
- valo bir-birbiriga mantiqiy bog'liq.
- Darsning mazmuni, mavzusi va xususiyatidan kelib chiq-
- qan holda biror bir faoliyat asosiy o'ziga chiqib qolishi
- ham mumkun. Lekin darsning tuzilishi asosan, mavzuga
- oid nazariy bilim, amaliy ijrochilik bilan belgilanadi.
- Darsning amaliy ijrochiligida, o'quvchilarni vokal-xor
- kuylash malakalarini egallashlari uchun nota yozuvi,
- dinamik belgilari va boshqalarni bilishlari zarur.
- 1.1. Maktabda "Musiqa madaniyati" darslari o'ziga xos
- metodika asosida, o'ziga xos tuzilishda bir necha alohida
- bir-biriga uzviy bog'liq faoliyatlar negizida tashkil etiladi.
- Birinchi sinfdan musiqa darslarida musiqa ta'limiga jalb
- etilgan bolalarning har xil mazmundagi xalq va zamona-
- viy janirlardagi sho'x kuy-qo'shiqlarni berilib ijro etishlariga
- erishi, ularda musiqaga bo'lgan qiziqishni tarbiyalash, qo-
- bilyat va iqtidorlarini rivojlantirish musiqa ta'limi va tarbi-
- yasining muhim qisimlaridandir.
- "Inson faqat yoshlik yillaridagina ona tilini ham, musiqa
- madaniyati, musiqa savodini ham, kuy go'zalligini idrok
- etish, tushunish, his etish, zavqlanish qobilyatini egallab
- oladi" - dagan edi mashhur pedagok V.A.Suxomleniskiy.
- Agar shu yoshlik chog'idanoq bola qalbiga musiqa go'-
- zalligi ta'sir etirilsa, agar bola musiqiy tovushlarda ifoda-
- langan inson his-tuyg'ularini, uning ko'p qirali ma'nolarini
- sezsa, u hech qanday o'zga vosita bilan erishib bo'lmay-
- digan madaniy cho'qqisiga ko'tariladi. Musiqa tinglash ja-
- ratonida o'quvchilar turli bastakorlar, kompozitorlar, xalq
- musiqa me'rosi, qardosh xalqlar ijodi va bastakor kom-
- pozitorlari chet el musiqa madaniyatiga tegishli asarlari-
- dan namunalar tinglaydilar.
- D. Shostakovich ta'biri bilan riladitay "Musiqani sevish
- uchun avvalambor uni tinglash kerak" Vatan, do'stlik, tabi-
- at, o'yinchoqlar, hayvonlar, mehnat va boshqa jismoniy va
- aqliy faoliyatlar mavzusidagi asarlarni tinglash o'quvchilar-
- ga ijobiy ta'sir qiladi, dunyoqarashlarini o'sishiga musiqiy
- did, idrok, tafakkurni rivojlanishiga olib keladi. Shunga
- ko'ra tinglanadigan asarlarni tuzilishi, badiiy g'oyaviy
- mazmuni va ularni bolalarning yosh xususiyatlariga mos-
- ligi va ta'sirchan ijrosi muhim ahamiyatga egadir.
- Shunga ko'ra musiqa tinglash jarayonini quyidagi bos-
- qichlarga bo'lish maqsadga muvofiq bo'ladi:
- 1. Tinglash uchun tanlangan musiqa asari haqida o'qituv-
- chining kirish so'zi. (Bunda o'qituvchi o'quvchilariga mu-
- siqa asari dastlabki tushuncha, ma'lumotlarni mavzu no-
- mi, mazmuni, janri, tuzilish, mualliflari, asarni yaratish ta-
- rixi haqida so'zlab beradi.) 2. Asar o'qituvchi ijrosida yoki
- texnik vosita orqali eshittiriladi. 3. Tinglangan asarni suh-
- bat-munozara, savol-javoblar bilan tahlil qilinadi.
- 1.2. Umumta'lim maktablari musiqa darslarining o'ziga
- xos jihatlaridan biri shundan iboratki, maqsad musiqachi-
- lar tayyorlashga qaratilmaganligi uchun o'quvchi faoliyati-
- ning doirasi ancha keng va ko'p tarmoqliligi bilan ajralib
- turadi. Uning ichida o'quvchining badiiy estetik va mada-
- niy kamolotiga yordam beriladigan ishlarni, ya'ni, musi-
- qaning elementar nazariy qoidalarini o'rganish xalq musi-
- qa ijodiyotiga mehi-muhabbat, uning o'ziga xos janiri, us-
- lublari, ijrochiliklaridan habardor bo'lish, ijrochilik turlari,
- cholg'u asboblari bilan yaqindan tanishish, yakka va ja-
- moa bo'lib kuylash, vokal-xor malakalarini egallash, musi-
- qa tarixi, adabiyoti, qolaversa chet el musiqa madaniyati
- bilan ma'lum darajada tanishish kabilarni qamrab oladi.
- Pedagogik va psihologik tadqiqotlarga ko'ra o'quvchilar
- dan musiqani idrok etish malakalarini shakillantirish
- uchun avvalambor, ularda musiqiy eshituv (slux) qobilya-
- tini shakillantirish kerak. Musiqa asarini tinglash, idrok
- etish uchun uning kuy yo'nalishi, lad-garmonik tuzilishi
- eng muhumi qiziqishini uyg'otish kerak.
- Hayotda ba'zan musiqani nazariy va amaliy faoliyatlari-
- dan habardor mutaxasis musiqachilarni uchratamiz,
- lekin ular musiqa san'atiga nisbatan emotsional loqayd
- bo'ladidilar. Gohida esa, musiqa qonun-qoidalaridan
- mutloqo behabar, ammo musiqani jonu dili bilan sevuv-
- chi insonlarni ko'ramiz.
- Musiqa darslarini pedagogik va metodik jihatdan to'g'ri
- tashkil etilishida mavjud shart -sharoitlar, imkoniyatlar
- ham pedagogik-psihologik jihatdan katta ahamiyat kasb
- etadi. Sinf xonani ozodaligi, yaroqligi, cholg'u sozlarini,
- ko'rgazmali(bastakor, kompozitorlar suratlari, nota yo-
- zuv belgilari ifodalangan chizmalar) va texnik vositalar
- (magnitafon, televizor, proyektor, video yozuvlar, fonog-
- ramma), tuvaklarda gullar, chiroyli oq pardalar o'quvchi-
- larni musiqa darsiga qiziqishlarini, katta ishtiyoq bilan
- mashg'ulotlarga qatnashishlari va o'z-o'zidan ravshanki,
- yaxshi bilim, taasurot bilan chiqishlarida muhim psiholo-
- gik-pedagogik omil bo'lib xizmat qiladi, o'quvchilarni xud-
- di o'zlarini musiqa olamigaga kirgandek his etishlarini
- ta'minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |