A. 2 B.3 S.5 D. 4 9. Nefron buyrakning qaysi qismida joylashgan? A. Po’stloqda B. Mag’izda S. Jomida D. Siydik yo’lida
10. Bir yoshgacha siydik ajralishiga....... hosil bo’lmaydi. Shu sababli bola siydik tutib turolmaydi.
A. shartli refleks B. shartsiz refleks S. Insting D. Odat
Nafas sistemasining yosh xususiyatlari va gigiyenasi
Reja
Nafas organlarinig yosh xususiyatlari va gigienasi.
Nafasning ahamiyati.
O’pka ventelyatsiyasi.
Nafas olish gigiyenasi
Nafas olish - odam organizmi bilan uni o'rab turuvchi tashqi muhit orasidagi havot uchun zarur bo'lgan doimiy gazlar almashinuvi jarayonidir. Organizmdagi moddalarning oksidlanishi va qaytarilishi bo'yicha barcha murakkab reaksiyalar. albatta, kislorod ishtirokida kechadi. Oksidlanish jaravonlari paytida parchalanish mahsulotlari hosil bo'ladi. shu jumladan. karbonat angidrid gazi ham organizmdan ajratib chiqariladi. Nafas olish va chiqarish paytida organizm bilan uni o’rab turuvchi tashqi muhit orasida gazlar almashinuvi kechadi. ya'ni organizmga doimiy ravishda kislorodning tushishini va undan karbonat angidridning chiqarilishini ta'min etadi. Bu jarayon o'pkalarda kechadi. O'pkadan to'qimalarga kislorodni va to'qimalardan o'pkaga karbonat angidridni tashuvchi bo'lib qon hisoblanadi.
Odam nafas olganda tashqi muhitdan havo o’pka hujayralariga undan qonga, o’tib qon orqali barcha hujayralarga yetkazib beriladi. Kislorod yordamida ovqat moddalari oksidlanadi. Natijada, yuqori molekulyar organik moddalardan ma’lum miqdorda energiya ajralib chiqadi. Agarda organizm hujayralariga kislorod yetishmasa hujayralar oiadi. Modda almashinuvi natijasida hosil bo’lgan karbonat angidrid gazi va suv parlari o’pka orqali tashqariga chiqarib yuboriladi.
Nafasning ahamiyati. Odam va har bir boshqa tirik organizm tashqi muhitdan kislorod qabul qilib, karbonat angidrid gazini chiqarib turish nafas olish deb ataladi. Nafas olish jarayonida muhim fizologik prochesslar amalga oshadi. Organizm nafas olganda tashqi muhitdagi havo o’pka xujayralariga, u yerdan qonga, qon orqali barcha organ hujayralarni O2 bilan ta’minlab, undagi moddalar almashinuvida hosil bo’lgan CO2 gazi qonga o’tib, qon orqali o’pkaga undan esa tashqi muhitga chiqariladi. Shu bilan bir qatorda qabul qilingan O2 ishtirokida hujayralarda va to’qimalarda oqsil, yog`’, uglevodlar oksidlanib energiya hosil qiladi. Natijada organizmdagi barcha fiziologik jarayonlar ya’ni qo’zg’alish, harakatlanish, ko’payish kabilar ana shu energiya hisobiga amalga oshadi.
Bundan tashqari nafas olish organlari turli xil moddalarning hidini sezish hamda nutuq talafuzida ham ishtirok etadi. Nafas olish tashqi va ichki nafas olishga bo’linadi. Tashqi nafas olishda o’pka bilan qon o’rtasidagi gaz almashinuvi tushuniladi. Ichki yoki to’qimalar aro nafas olishda esa to’qimalar bilan qon o’rtasidagi gaz almashinuvi amalga oshadi.
Nafas olish va nafas chiqarishning bir maromda almashinib turishi nafas akti deb ataladi. Osoyishta nafas olingan paytda tashqi qovurg‘alararo muskullar, diafragma va ko‘krak qafasini kengaytiradigan nafas muskullari qisqaradi, shuning natijasida plevra ichidagi bosim kamayib, o‘pkaning kengayishi uchun sharoit yuzaga keladi. Shu vaqtda atmosfera havosi havo o‘tkazuvchi yo‘llar orqali kirib, alveolalalarni toidiradi. Nafas olish nafas harakatlarining bir daqiqadagi soni nafas tezligi deb ataladi. Nafas tezligi erkaklarda 16 ta ayollarda 18 ta bo‘ladi.