Kechasi siydik tutaolmaslik yoki enurez. Kichik yoshdagi bolalar ko’pincha kechasi uxlab yotgan vaqtida beixtiyor siyib qo’yadi, shu sabab bilan kechasi siydik tutolmaslik yoki enurez deb ataladi. Og‘il bolalarda bu hodisa qizlarga qaraganda ko‘proq uchraydi. Shunda ham qishda ko‘proq kuz va bahorda kamroq bo‘ladi. Uyquga yotish oldidan ko’p suyuq ovqat (sut, choy, kofe va boshqalar) ichish kechasi siyib qo‘yishga yo’l ochadi. Ruhiy kechinmalar, jismonan qattiq charchash va boshqa o'zgarishlar ham shunga olib keladi. Enurezning oldini olish yuzasidan ko’riladigan gigiyena choratadbirlari avvalo siydik tutolmay qolishga yo’l ochadigan sabablarni bartaraf qilish, qat’iy kun rejimi va ovqatlanish rejimi (uyqu oldidan suyuq ovqat ichmaslikjdan iboratdir. Kechasi siyib qo'yadigan bolalar uchun maxsus parhez ishlab chiqilgan. Kechasi siyib qo’yadigan bolalar o’z qilmishlaridan juda uyaladilar. Ular hech kimga aralashmaydilar, kechqurunlari esa uzoq vaqtgacha uxlay olmaydilar. Bu ularning charchashiga va uxlab qolgandan keyin darrov siyib qo'yishiga sabab bo’ladi.
Siydik tanosil organlari gigiyenasi. Siydik tanosil organlarini toza saqlash kerak. Shunda bola qashinmaydigan, badani tirnalmaydigan, ichkariga mikroblar kirmaydigan bo’ladi, hamda bolalar organizmga yomon ta’sir ko‘rsatadigan onanizmga odatlanmaydi. Tashqi jinsiy organlar va oraliq terisini doimo pokiza tutish jinsiy jihatdan voyaga yetish davrida ayniqsa kuchayadigan qo‘lansa ter hidi chiqishiga yo’l qo‘ymaydi. Bolalarni tashqi jinsiy organlarni toza saqlashga odatlantirish, o‘g‘il va qiz bolalarning har biri bilan alohida-alohida suhbat o'tkazib turish kerak.
Toifa o'rni
| 1-6 yosh |
7-10 yosh
|
11-14 yosh
|
15-17 yosh
|
I
|
Nafas olish organ-lari kasalliklari
|
Nafas olish organ-lari kasalliklari
|
Nafas olish organ-lari kasalliklari
|
Nafas olish organlari ka-salliklari
|
II
|
Yuqumli
|
Kasalliklar
|
Travma (jarohat-lanish)
|
zaharlanish
|
III
|
Allergik kasalliklar
|
Ovqat hazm qilish organlari kasallik-lari
|
Nerv tuzilish va sezgi organlariga
|
oid kasallik-lar
|
IV
|
Ovqat hazm qilish organlari kasallik-lari
|
Travma (jarohatla-nish) va zaharlanish)
|
Teri va teri osti kletchatkasi kasal-liklari
|
ruhiy buzi-lishlar
|
V
|
Travma (shikastla-nish) va zaharla-nish.
|
Nerv tuzilish va sezgi organlari kasalliklari
|
Ovqat hazm qilish organlari kasallik-lari
|
Yuqumli ka-salliklar
|
Bunday ko'rinish asosan yoshga bog'liq holda morofunksional jihatdan asosiy fiziologik tizimlarning yetilishi va rivojlanishi, immun sistemasi xususiyatlari, gigiyenaga amal qilish, rejimga, mashq qilishga ko'nikish va boshqa xususiyatlarga bog'liq holda yuzaga keladi. Bundan tashqari o'quvchilarda yosh o'zgargan sari yaqindan ko'rish, qaddi-qomatning buzilishi, quloq, tomoq, va burunning surunkali kasalliklari miqdori oshib boradi.
Hozirgi davrda tibbiy tadqiqotlar natijasida bolalar va o'smirlar sog'ligining holatiga ko'ra ularning salomatligi ko'rsatkichlari, mezonlari qabul qilingan. Ular quyidagicha: tekshirish davridagi surunkali kasalliklar mavjudligi yoki uchramasligi; 2 Organizmning asosiy organlar tizimi funksional holati darajasi; 3. Organizmning noqulay ta'sirlarga qarshilik ko'rsata olish darajasi.
Yuqoridagi mezonlarga ko'ra bolalar va o'smirlar sog'ligining holatiga ko'ra V guruhga bo'linadi. I va II guruh-sog'lom va amalda sog'lom bolalar. III va IV kasallik darajalariga ko'ra turli xil bemor bolalar. V-guruh maktabga qatnamaydigan va maxsus maktablarda o'qiydigan butunlay bemor bolalar kiritiladi.
Demak I guruhdagi bolalarning funksiyalari normal rivojlanganlik darajasiga ega;
II guruh-sog'lom, lekin o'tkir va surunkali kasalliklarga qarshilik ko'rsatish qobilyati pasaygan hamda ba'zi morfofiziologik o'zgarishlarga ega bolalar va o'smirlar.
III guruh- surunkali kasalliklarga chalingan, lekin funksional imkoniyatlari darajasi saqlanib qolgan bola va o'smirlar.
IV guruh-funksional holati pasaygan va surunkali kasalliklarga chalingan bolalar va o'smirlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |