6-mavzu: Yuksak ma’naviyatli pedogog kadrlarni shakllantirish: muammo va yechimlar .
Yuksak ma’naviyatli va mafkuraviy kompetentli pedogog kadrlarni shakllantirish – bugungi davr talabi. Pedagog kadrlarning ma’naviyati hamda uning mafkuraviy kompetentliligining asosiy belgilari. Pedagogning o’z faoliyatini tanqidiy tahlil eta olishi. Xalq ta’limi tizimi xodimlarining odob-axloq qoidalari (Etika kodeksi) (Xalq ta’limi vazirligining 2019 yil 31 oktabrdagi 349-son buyrug’i).
7-mavzu. Yoshlarda huquqiy ong va madaniyatni shakllantirish
Huquqiy ong va huquqiy madaniyat tushunchalarining mazmun-mohiyati. Inson huquqlari. Inson huquqlari Umumjahon Deklaratsiyasi (1948 yil 10-dekabr). Yoshlarda huquqiy ong va huquqiy madaniyatini shakllantirish, ularning huquqiy tarbiyasini rivojlantirish, qonunga itoatkorlik ruhini shakllantirish.
8- mavzu. Mualliflik tarbiya texnologiyalari. O’zbek milliy tarbiya texnologiyalari
Mualliflik texnologiyalari. M.P.Shetinin maktabi. V.A.Karakovskiy tarbiya tizimi. So’fiylikda inson tarbiya texnologiyalari. Tarbiyani insonparvarlashtirish. Shaxs erkinligi va tarbiya. Tarbiyada zamonaviy transformatsiya.
Tarbiyada o’tmish va zamonaviy transformatsiya. Milliy tarbiya yo’nalishlari. Qadriyatlar, urf-odat, ajdodlar o’giti. Zamonaviylik: tarbiyalanuvchini hurmatlash, tarbiyalanuvchi qiziqishlari, tarbiyalanuvchining erkinligi, yangi maktablar an’analari-Prezident maktabi, ijod maktablari, Temurbeklar maktablari.
O’zbek milliy tarbiya texnologiyalari. O’zbek tarbiyashunosligida vorisiylik va qadriyatlar ustivorligi. Ajdodlar o’gitlari va an’analar. Zamonaviy o’zbek tarbiyashunosligida o’tmish va zamonaviylik transformatsiyasi.
9-mavzu. Yurt taraqqiyoti uchun mas’ullik va burchlilik. Vatan tushunchasiga ilk munosabatlar va insonning xulq-odobini shakllantirish texnologiyalari. Insonparvarlik tarbiyasi va tarbiya texnologiyalari qonuniyatlari
Yoshlarlarda yurt taraqqiyotiga xizmat qilish malakasini hosil qilish va bundan faxrlanish tuyg’usini his eta olishni shakllantirish. Yosh avlod vakillarining yurtimiz taraqqiyoti va ravnaqiga shaxsiy hissasini qo’shishi uchun shart-sharoitlar.
Ta’lim muassalarida o’quvchilarni ona Vatanga muhabbat va sadoqat, davlat ramzlariga hurmat ruhida tarbiyalash.Tantanali marosimlarning yangi, ta’sirchan shakllarini ishlab chiqish va joriy qilish.
Yoshlarda ona Vatanga muhabbat, milliy g’oyaga sadoqat, mardlik, jasorat, fidoyilik, halollik, rostgo’ylik, hojatbarorlik, vijdonlilik, vazminlik, g’urur, or-nomus, mehr-oqibatlilik kabi fazilatlar, tadbirkorlik va oilaparvarlik malakalarini shakllantirish.
Madaniy merosga hurmat. Milliy meros bilan faxrlanish tuyg’usi. Zamonaviy tarbiya texnologiya sifatida. Insonparvarlik, erkin tarbiya texnologiyasi indikatori. Insonparvarlik tarbiyasi va erkin tarbiya texnologiyalari qonuniyatlari Tarbiyaning G’arb modeli Demokratik jamiyatda tarbiya. S.Frene (1930)ning tarbiya texnologiyasi. (yangi maktab)konsepsiyasi, G.Vinikin(1910), Klaster-skulz-L.Kolberg (1982- Amerika) texnologiyalari.
Do'stlaringiz bilan baham: |