Termiz Davlat Universiteti Yuridik fakulteti Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi yo‘nalishi 3-bosqich 520-guruh talabasi Xudoynazarova Sadoqatning Ma’muriy va mehnat huquqi fanidan tayyorlagan mustaqil ishi
Termiz Davlat Universiteti Yuridik fakulteti Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi yo‘nalishi 3-bosqich 620-guruh talabasi Husanov Oybekning “Ma’muriy va mehnat huquqi” fanidan tayyorlagan mustaqil ishi
Mavzu: Ma’muriy hokimiyat. Ijro etuvchi hokimiyat organlari.
Reja: 1. Ijro etuvchi hokimiyat organlari tushunchasi
2. Ijro etuvchi hokimiyat turlari
3. O’zbekiston Respublikasi hukumati
Ijro hokimiyati organlari - davlat apparatining bir bo`g`ini bo`lib, davlatning vazifa va funksiyalarini amalga oshirish maqsadida tashkil etiladigan hamda davlat-hokimiyat vakolatlariga ega bo`lgan siyosiy tashkilotdir.
Ijro hokimiyati organlari – qonunlar va boshqa normativ hujjatlarni ijro etish va ijrosini ta'minlash maqsadida davlat tomonidan tashkil etiladigan, boshqaruv harakatlarining maxsus shakl va uslublaridan foydalanib, davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida boshqaruv funksiyalarini amalga oshiradigan, tegishli tuzilishga, kompetensiyaga, davlat-hokimiyat vakolatlariga va davlat xizmatchilari shtatlariga ega bo`lgan tashkilotdir.
Ijro hokimiyati organlarining tushunchasi hokimiyat bo`linishi prinsipidan kelib chiqadi, uning mazmuni esa – ijro hokimiyatining xususiyatlari bilan belgilanadi.
Ijro etuvchi hokimiyat - davlat hokimiyatining qonun chiqaruvchi hokimiyat va sud hokimiyati kabi mustaqil tarmoqlaridan biri. Joriy qonunlar va boshqa meʼyoriy hujjatlarga asoslanib, boshqaruv vazifalarini bajaradi (davlat boshligʻi, hukumat). Qonun chiqaruvchi hokimiyat hujjatlarini ijro etish maqsadida oʻz qaror va farmoyishlarini qabul qiladi, odatda, davlat boshligʻining bevosita rahbarligi va nazorati ostida ish koʻradi. Ijro etuvchi hokimiyat mintaqaviy va mahalliy darajada mahalliy oʻzini-oʻzi boshqarish organlari tomonidan amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. 98-modda: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi hokimiyatni amalga oshiradi.
Oʻzbekiston Respublikasida hukumat — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi davlat xokimiyatining oliy ijrochi va boshqaruvchi organi hisoblanadi. U iqtisodiyotning, ijtimoiy va maʼnaviy sohaning samarali faoliyat koʻrsatishiga, qonunlar ijro etilishiga, Oliy Majlisning qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlarining bajarilishiga rahbarlikni taʼminlaydi. Mahalliy Ijro etuvchi hokimiyat organlari Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarini, Prezident farmonlarini, davlat hokimiyati yuqori organlarining qarorlarini amalga oshiradi. Viloyat, tuman va shaharlarda Ijro etuvchi hokimiyatni hokim boshchiligidagi viloyat, tuman va shahar hokimliklari boshqaradi.
Yu.M.Kozlovning fikricha, ijro hokimiyati organlari – mazkur davlat hokimiyatini amalga oshiruvchi asosiy subyekt bo`lib, uning ishtirokisiz davlat-boshqaruv faoliyatini ro`yobga chiqarish, ma'muriy-huquqiy munosabatlarni vujudga keltirish mumkin emas. Bundan tashqari, ma'muriy huquq boshqa subyektlarining ma'muriy huquqiy holati, aynan mana shu davlat organlarining faoliyatida namoyon bo`ladi.
Ijro hokimiyati organi, B.N.Gabrichidzening fikricha, ijro hokimiyati mexanizmi (tizimi)ning tarkibiy qismi bo`lib, ijro hokimiyati sohasida davlat ko`rsatmasiga ko`ra va davlat nomidan harakat qiladi; ijro etish va farmoyish berish xususiyatidagi faoliyatni amalga oshiradi; o`zining kompetensiyasiga ega; o`zining tuzilishiga ega; faoliyatning o`ziga xos bo`lgan shakllari va uslublarini qo`llaydi.
O`zbekiston Respublikasi ijro hokimiyati organlarini tashkil etish va ular faoliyatining quyidagi asosiy prinsiplari:
1) ijro hokimiyati organlari tizimini tashkil etilishining O`zbekiston Respublikasi davlat tuzilishiga mos kelishi prinsipi.
2) ijro hokimiyati organlarining fuqarolar oldida mas'ulligi prinsipi.
3) ijro hokimiyati organlari faoliyatini tashkil etishda va amalga oshirishda qonuniylik prinsipi
4) ijro hokimiyati organlari faoliyatida markazlashganlik va markazlashmaganlikning mavjud bo`lishi prinsipi.
5) ijro hokimiyati sohasida funksiyalar va vakolatlarning taqsimlanganligi prinsipi.
6) ijro hokimiyati organlari faoliyatining kollegiallik va yakkaboshchilik asosida tashkil etilishi prinsipi.
O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga asoslanib, ijro hokimiyati organlarini quyidagi turlarga bo`lish mumkin:
faoliyatining hududiy doirasiga ko`ra
tashkil etish asoslariga ko`ra
ijro hokimiyati organlari vakolatlarining hajmi va xususiyatiga ko`ra
tashkiliy-huquqiy shakliga ko`ra
ijro hokimiyati organlarida rahbarlikni amalga oshirish shakliga ko`ra