Termiz davlat universiteti "umumiy pedagogika" kafedrasi umumiy pedagogika fanidan


Pedagog kadrlarni attestatsiyadan o„tkazish



Download 2,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet193/215
Sana09.07.2022
Hajmi2,83 Mb.
#767263
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   215
Bog'liq
umumiy pedagogika

Pedagog kadrlarni attestatsiyadan o„tkazish
. Pedagog kadrlar 
attestatsiyasi ularning kasbiy mahoratlarining o‗sishini rag‗batlantirish, ta'lim-
tarbiyada ilg‗or pedagogik texnologiyalarni yaratish va ularni qo‗llash, 
ma'naviy-ma'rifiy yo‗nalishlardagi natijalarni xolis baholash, egallab turgan yoki 
da'vogarlik qilinayotgan toifa va lavozimlarga munosiblikni aniqlash, ta'lim 
muassasalarida ta'lim-tarbiya jarayoni sifatini oshirish maqsadida o‗tkaziladi. 
Pedagog kadrlar attestatsiyasi 5 yilda bir marta O‗zbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test Markazi tarkibidagi «Kadrlar 
tayyorlash sifatini nazorat qilish, pedagog kadrlar va ta'lim muassasalari 


attestatsiyasi boshqarmasi hamda Xalq ta'limi Vazirligi bilan birgalikda ishlab 
chiqilgan jadvallar asosida tashkil etiladi. Xalq ta'limi tizimi pedagog kadrlar 
tarkibiga professor-o‗qituvchi, o‗qituvchi, metodist, tarbiyachi, psixolog, 
defektolog, logoped, sport instruktori, musiqa va to‗garak rahbarlari kiradi.
Pedagog kadrlar attestatsiyasini tashkil etish jarayonida quyidagi ishlar 
amalga oshiriladi: 
1)
pedagog kadrlar o‗z mutaxassisligi hamda me'yoriy-huquqiy va 
ma'naviy-ma'rifiy yo‗nalishlar bo‗yicha test sinovidan, suhbatdan o‗tkaziladilar; 
1)
pedagog o‗qitayotgan fan bo‗yicha o‗quvchilarning bilim va 
o‗zlashtirish darajasi o‗rganiladi; 
1)
o‗quvchilar o‗rtasida sotsiologik so‗rovlar o‗tkaziladi. 
Pedagogning umumiy bali test, suhbat natijalari, o‗quvchilarning bilim 
darajasi, ilmiy, o‗quv-metodik ishlari va ixtirolari, ijodiy ishlari, ish staji, 
pedagogning komissiya tomonidan o‗rganilgan kasbiy mahorati va rahbariyat 
tomonidan berilgan baholar yiqindisidan iborat bo‗ladi. 
Maxsus maktablar, maktabgacha va maktabdan tashqari ta'lim 
muassasalari, madaniyat, sport, san'at sohalari pedagog kadrlari, muhandis-
pedagog kadrlar va ishlab chiqarish ustalari o‗z mutaxassisliklari bo‗yicha 
suhbatdan o‗tkaziladilar. 
Pedagog kadrlar uchun me'yoriy-huquqiy va ma'naviy-ma'rifiy 
yo‗nalishlar bo‗yicha test savollari to‗plami O‗zbekiston Respublikasining 
Konstitutsiyasi, «Ta'lim to‗g‗risida»gi qonuni, «Kadrlar tayyorlash Milliy 
dasturi», Davlat ta'lim standartlari, milliy istiqlol g‗oyasi va ma'naviyat asoslari, 
yangi pedagogik texnologiyalarga oid masalalardan iborat bo‗ladi. 
Komissiya attestatsiya natijalariga ko‗ra pedagogning ushbu jarayondagi 
faoliyati «Attestatsiyadan o‗tdi», «Attestatsiyadan shartli o‗tdi» va 
«Attestatsiyadan o‗tmadi» tarzida baholanadi. 
Mutaxassis toifaga ega pedagog «Attestatsiyadan o‗tmadi» deb e'tirof 
etilganda, shuningdek, tayanch ma'lumoti dars berayotgan faniga mos 
kelmaydigan pedagog kadrlar qayta tayyorlash kurslaridan o‗tmagan bo‗lsa, 
tegishli ta'lim muassasasi rahbari pedagogga o‗z mutaxassisligiga ko‗ra 
attestatsiyadan o‗tishni hamda qayta tayyorlash yoki malaka oshirish kursida 
malaka oshirishni taklif qiladi. Mazkur takliflarga rozi bo‗lmagan 
o‗qituvchilarning mehnat shartnomasi (amaldagi qonunchilik asosida) bekor 
qilinadi. 
«Attestatsiyadan o‗tmadi» deb topilgan pedagoglar hamda qayta 
tayyorlash yoki malaka oshirish kursiga yuborilgan pedagoglar bir yildan so‗ng 
qayta attestatsiyadan o‗tkaziladilar. 

Download 2,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   215




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish