Tik nishablik va balandliklarda harakatlanish
1.13. va 1.14. belgilari bilan belgilangan qiyaliklarda yo’lda qarama – qarshi yo’nalishlarda
harakatlanishni qiyinlashtiradigan biron bir to’siq bulsa, nishablikka harakatlanayotgan transport
vositasi haydovchisi yo’l berishi kerak.
Tik nishablikda, dovonda va 1.13. belgisi o’rnatilgan yo’lda to’xtatish tizimi ishlamay
qolgan transport vositalari o’z harakatini to’xtatish uchun 5.40. belgisi bilan belgilangan falokatli
holatlar uchun yo’lga kirishlari shart.
Yo’lning 1.13. “Tik nishablik” yo’l belgisi bilan belgilangan qismida uzatma yoki tishlashish
mehanizmini ajratilgan holatda harakatlanish taqiqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |