Termiz davlat universiteti tarix fakulteti



Download 1 Mb.
bet5/99
Sana01.01.2022
Hajmi1 Mb.
#292818
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   99
Bog'liq
Ўзб.да ММТ (Ўзб.тарихи учун)

Jami:

30


Birinchi mavzu. O‘zbekistonda millatlararo munosabatlar va bag‘rikenglik fani predmeti, uni o‘rganishning ahamiyati
Hozir dunyodagi mamlakatlarning aksariyati ko‘pmillatli, ko‘p madaniyatli xarakterga ega. Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston Respublikasi ham aynan shunday mamlakatlar jumlasiga kirib, ushbu hol fuqarolar o‘rtasidagi tinchlik-totuvlik hamda millatlararo hamjihatlikni saqlab qolishga to‘sqinlik qilmaydi.

Jahon tajribasidan ma’lumki, davlatning barqarorligi ko‘p jihatdan millatlararo munosabatlardagi turli muammolarni hal etish qobiliyatiga bog‘liqdir. Keyingi vaqtlarda, globallashib borayotgan dunyodagi mojarolar, shu jumladan millatlararo nizolar kuchayayotgan bir sharoitda, bu muammo ayniqsa muhim o‘ringa chiqib boryapti. Shu munosabat bilan millatlararo totuvlik har qanday ko‘pmillatli davlat uchun hal qiluvchi omil sifatida ahamiyat kasb etmoqda.

Odamlarning dunyoqarash, fikrlash tarziga asoslanuvchi murakkab hodisa bo‘lmish millatlararo munosabatlarning holati va rivojlanishi ko‘p jihatdan mamlakat aholisining bag‘rikenglik darajasiga bog‘liqdir. Millatlararo tolerantlik uning ustuvor jihatlaridan biridir.

Tolerantlikni rivojlantirish odamlar o‘rtasida doimiy muloqotni yo‘lga qo‘yishni ko‘zda tutadi. Shu sababli hozirgi globallashib borayotgan dunyoda tolerantlikni ommalashtirishga, kishilarning insonparvarlik tafakkuri va fe’l-atvorini takomillashtirishga, o‘zgalarga yotsirash bilan qarash (ksenofobiya)ga qarshilik qilish loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirishga intiluvchi turli nohukumat tashkilotlar, fuqaro guruhlari va ayrim tashabbuskorlar harakat qila boshladilar.

XX asrning ikkinchi yarmida tolerantlik muammosi xalqaro tus oldi, chunki bu muammoning ijobiy hal etilishi xalqlar o‘rtasidagi va mamlakat ichidagi ko‘pgina mojarolar tugunini yechib yuborish imkonini beradi. Chunonchi, bir-biriga sabr-toqat bilan qarash, bir-birining o‘zgacha yashash huquqini tan olish, ayrim ijtimoiy sub’ektlarning mutloq haqiqat tushunchasini tan olish to‘g‘risidagi fikriga qo‘shilish sohasida muayyan hamjihatlik bo‘lmasa, o‘zaro mojarolashuvchi tomonlar o‘rtasidagi muloqotda murosaga erishib bo‘lmaydi.

Tolerantlik muammosiga katta ahamiyat berilayotganini shundan ham bilsa bo‘ladiki, jahon hamjamiyatining bu hayotiy muammoga e’tiborini jalb qiluvchi ko‘pgina xalqaro tadbirlar o‘tkazila boshladi, jumladan, 1995 yilni Birlashgan Millatlar Tashkiloti bag‘rikenglikka bag‘ishladi. Bu tadbirlarda tolerantlikni rivojlantirishga ko‘maklashuvchi shart-sharoitlarni yaratish yo‘llari izlanmoqda, bu muammoni hal etishga xalaqit berayotgan omillarni bartaraf etishga harakat qilinmoqda. Hozirgi dunyoning globallashib borayotganligi ana shunday omillardan biridir.

Tolerantlik – boshqalarning fikriga, qarashlari va harakatlariga g‘ayri tabiiy tarzdagi passiv tobelik emas; itoatkorona sabr-toqat qilish emas, balki faol ma’naviy pozitsiyadir; etnoslar, ijtimoiy guruhlar o‘rtasidagi hamjihatlik yo‘lida, o‘zga madaniy, milliy, diniy yoki ijtimoiy muhit kishilari bilan ijobiy o‘zaro munosabat yo‘lida bag‘rikenglikka ruhiy tayyorlikdir.

O‘zbekistonning mustaqil rivojlanish tarixi yangi yuz yillik bilan, dunyoda millatlararo va dinlararo adovat benihoya avj olgan yuz yillik bilan bir paytga to‘g‘ri keldi. Bizning ko‘z o‘ngimizda butun-butun davlatlar barbod bo‘lmoqdaki, buning asl sababi mazkur davlatlardagi milliy manfaatlarning to‘qnashuvidir. Shu sababli biz O‘zbekistonning eng katta yutug‘i millatlararo hamjihatlik va totuvlik, tinchlik va barqarorlik deganimizda, bu gap shunchaki hammaga ma’lum bo‘lgan haqiqatgina bo‘lmay, balki bu hozirgi notinch dunyodagi respublikaning katta muvaffaqiyatidir.

Hozirgi dunyo globallashuv, o‘zaro bog‘liqlik va integratsiya, ijtimoiy tuzilmalarning o‘zgarishi, ijtimoiy hayot faoliyati shakllarining tobora bir xillashuvi, keng miqyosli migratsiya va urbanizatsiya sharoitida yashab turibdi.

Insoniyat XXI asrga qadam qo‘ygan paytda yer kurrasining turli mintaqalarida zo‘ravonlik haddan oshib, xalqaro terrorizm kuchayganligi ham kuzatildi. Hozirgi paytda ko‘pincha etnik, diniy, mafkuraviy tafovutlar ekstremistik fe’l-atvor shakllari uchun bahona bo‘lmoqda. O‘z g‘arazli maqsadlarini ko‘zlovchi muayyan siyosiy kuchlarning g‘alamisliklari esa vaziyatni tobora keskinlashtirmoqda. Ekstremizmning kuchayishi esa tinchlikka, insoniyatning barqaror va xavf-xatarsiz rivojlanishiga tahlika soluvchi yangi xavf-xatarlar orasida oldingi o‘rinlardan biriga chiqib oldi. BMT e’lon qilgan g‘oyalar, oliy maqsadlar va tamoyillar bilan siyosiy-milliy, iqtisodiy va boshqa maqsadlarga erishish maqsadida zo‘ravonlikning yashovchanligini ko‘rsatuvchi haqiqiy jarayonlar orasida katta tafovut borligi yaqqol ko‘rinib turibdi. Insoniyat jamiyat tinch hayotiga va xalqaro barqarorlikka tahlika solayotgan global xavf-xatarlar orasida tadqiqotchilar, avvalo, quyidagilarni ko‘rsatib o‘tmoqdalar:



  • etnik-milliy mojarolar;

  • ozchilikka nisbatan kamsituvchanlik;

  • ayniqsa qochoqlar va migrantlarga qarshi ksenofobiya harakatlari;

  • irqchilik tashkilotlari va mafkuralari hamda irqiy jabr-zulm harakatlari;

  • diniy ekstremizm;

  • fikr erkinligi va ifodalash erkinligini talab qiluvchi ziyolilarga, boshqa shaxslarga qarshi zo‘ravonlik va quvg‘inlar;

  • ayrim jamoat guruhlarini jinoyatchilik, ishsizlik, sog‘liqni saqlashning yomonligi kabi ijtimoiy illatlarning aybdori deb hisoblaydigan siyosiy harakat va ideologiyalar tomonidan o‘tkazilayotgan adovatchilik siyosati;

  • himoyasiz guruhlarni marginalizatsiyalash1 va jamiyatdan badarg‘a qilishda yoki mazkur guruhlarga qarshi kamsitish va zo‘ravonlikda namoyon bo‘ladigan murosasizlik (notolerantlik).

Murosasizlik hozirgi dunyoning eng katta global muammolaridan biriga aylandi. Buning mohiyati ayrim kishilar va madaniyatlar o‘rtasidagi tafovutlarni inkor qilish va bostirishdan iborat. Jamoaviy, institutsional va hatto davlat nuqtai nazari darajasiga ko‘tarilgan murosasizlik demokratiya tamoyillarini qo‘poradi hamda insonning shaxsiy va jamoaviy huquqlari buzilishiga olib boradi2.

Globallashuv tolerantlik muammosiga yangi sifat va o‘tkirlik baxsh etadi.

Tolerantlik so‘zi lotincha (tolerantia) so‘zidan olingan bo‘lib, sabr-toqatni bildiradi3.

Xorijiy so‘zlar lug‘ati tolerantlik tushunchasining ma’nolaridan birini sabr-toqat, kimgadir, nimagadir hurmat-ehtirom deb talqin etadi.

Moskvada nashr etilgan yangi ensiklopedik lug‘at bu tushunchani uchta ma’nosini bayon etadi, bu ma’nolardan biri tolerantlik atamasini o‘zgalarning fikrlari, dinlari, fe’l-atvoriga sabr-toqat bilan qarash deb ifodalaydi4.

Oksford lug‘ati tolerantlikni “shaxs yoki buyumni noroziliksiz yoki aralashuvsiz qabul qilishga tayyorlik va qobillik” deb ta’riflaydi5.

Taniqli rossiyalik olim V.A. Tishkov bu sohada quyidagi ta’rifni beradi: “sabr-toqat, oshkoralik va erkin fikrlash xislatidir. Shaxsga yoki jamoatga tegishli bo‘lgan bu tavsif dunyo va ijtimoiy muhit ko‘p qirrali ekanligini, binobarin bu dunyo haqidagi qarashlar turlicha bo‘lib, bu turlikdan iborat qilib qo‘yilmaganligi yoki biror kimsaga xizmat qilishi kerak emasligini bildiradi”6.

O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasida tolerantlikka quyidagicha ta’rif berilgan: “Bag‘rikenglik, o‘zgalarning turmush tarzi, xulq-atvori, odatlari, his-tuyg‘ulari, fikr-mulohazalari va g‘oyalari va e’tiqodlariga nisbatan toqatli bo‘lish”.

Tolerantlik tamoyili shaxslar o‘rtasida, turli sivilizatsiyalarga mansub jamiyatlar o‘rtasida, erkaklar bilan ayollar o‘rtasida, katta yoshdagilar bilan bolalar o‘rtasida, o‘qituvchi bilan o‘quvchi o‘rtasida o‘zaro hurmatni nazarda tutadi. Turli ziddiyatlar sharoitida tolerantlik – atrofdagilarga zarar yetkazmagan holda o‘zini-o‘zi qaror toptirishdir. Tolerantlik his-tuyg‘ularni jilovlaydigan ongli sergak nuqtai nazardir. Tolerantlikning mohiyatini har kim har xil tushunadi, ba’zilar uni asosan sabr-toqat deb tushunsa, boshqalar insoniyatning birligi, boshqalar huquqini hurmat qilish va boshqacha bo‘lish huquqi deb tushunadi, yana boshqalar esa tolerantlikni jazavalarga, nomuayyanlik vaziyatiga, mojaro vaziyatiga chidamlilik deb tushunadilar.

Biz o‘rganayotgan predmetning ko‘pdan-ko‘p ta’riflarini ko‘rib chiqib, o‘z asarimizda tolerantlikni keng ma’noda – shaxsning ma’naviy normasi, e’tiqodi, fe’l-atvor modeli sifatida (bunda og‘ir-vazminlik, murosaga kelishga tayyorlik nazarda tutiladi), shuningdek turli ijtimoiy hodisalarga, birinchi navbatda etnoslararo munosabatlarga shaxsiy yoki ijtimoiy javob shaklida ko‘rib chiqishni maqul hisoblaymiz.

Osiyo, Yevropa, Afrika va Amerikaning o‘tmishdagi ko‘pgina atoqli mutafakkirlari yozib qoldirgan ilmiy asarlarda ham, o‘zlarining amaliy faoliyatlarida ham tolerantlik, ya’ni bag‘rikenglik ruhida ish tutganlar.

Sharq mutafakkirlaridan Abu Nasr Forobiy ijodida bag‘rikenglik g‘oyalari yuksak rol o‘ynaganligini yaqqol ko‘rishimiz mumkin. Uning “Baxt-saodatga erishuv yo‘llari haqida risola” (“Risola fi-t tarbih ala asbob as-saodat”), “Shaharni boshqarish” (“As siyosat an- madaniya”), “Urush va tinch turmush haqida kitob“ (“Kitob fi maoyish va-l xurub”), “Fazilatli hulqlar “ (“As-siyrat al-fazila”), "Fozil shahar odamlari qarashlari”1 singari asarlari o‘zining boy insonparvarlik va bag‘rikenglik tamoyillari singdirilganligi bilan muhim ahamiyatga egadir. Forobiyning boy ilmiy merosi shunisi bilan xarakterliki, unda barcha davrlarda barcha jamiyatlar intiladigan ideal sifatlarga: fozillar jamiyati, fozillar shahri hamda fozil inson tushunchasi, uning o‘ziga xos xususiyatlariga muhim ahamiyat qaratadi. Shu bilan birgalikda Forobiy ideallikka erishish yo‘llarini hamda nazariyasini ishlab chiqqan. Ideallik haqida gap borar ekan, bag‘rikenglik uning o‘zagini tashkil etganligini ta’kidlab, quyidagi misollar orqali keltirib o‘tishimiz mumkin:

Sharqning buyuk qomusiy mutafakkir olimi Abu Rayhon Beruniy ijodida ham bag‘rikenglikka muhim ahamiyat qaratilib, bu hol uning boy ilmiy merosiga ham singdirilgan.

Abu Rayhon Beruniy ilm-fanning deyarli barcha sohalari, shu jumladan, tarix ilmi bilan ham maxsus shug‘ullanib, juda boy ilmiy meros qoldirgan. Uning ilm-fan, madaniyat, din, falsafa, tabiiy fanlar, riyoziyot, ilmi hay’at, ilmi nujum, geodeziya, xaritashunoslik, tibbiyot, dorishunoslik, ma’danshunoslik va boshqa sohalarda qoldirgan ilmiy va tarixiy asarlari, olim yashagan X-XI asrlarda ham, keyingi davrlarda ham O‘rta va Yaqin Sharqda, ayniqsa, E.Zaxau tadqiqotlaridan so‘ng G‘arb ilm-fani, tarix fani rivojiga behad salmoqli va samarali ta’sir ko‘rsatdi. Beruniyning «Hindiston» asarining ilmiy va ma’naviy ahamiyati xususida mashhur rus sharqshunosi baron V.Ye.Rozen «Bu hindistonshunoslikda shunday bir ulug‘vor «haykal»ki, u o‘z sirasiga ko‘ra yakka-yu yagona va unga teng kelishi mumkin bo‘lgan boshqa asarni G‘arb va Sharqning butun qadimgi va o‘rta asr ilmiy adabiyotlarida ham uchratish mumkin emas»1,- deb yozgan edi.

Beruniy ilmiy merosi insonparvarlik va bag‘rikenglik tamoyillari bilan jilolangan. Shular sirasida «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar»2 va «Hindiston»3 asarlari ahamiyatlidir.

Beruniy Hindiston asarida ayni paytda aniq fanlarning mutaxassisi sifatida ham eng ko‘p diqqat qilgan yo‘nalish qadimgi eralar, tarixiy taqvimlarning tuzilishi, ishlash tartibi va ularning o‘ziga xosliklaridan iborat4.

Bu asarda ham Beruniy o‘zining qat’iy qoidalariga amal qilib, barcha halqlarga teng, oqilona, insoniy sabr-toqat hamda tolerantlik namoyon qildi5.

Zamonaviy vaziyatni baholab, hamda ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashdagi eng muhim vazifalarni belgilagan holda, ularga qarshi kurashda turli-tuman manbalardan foydalanish lozim. O‘rta Osiyo, jumladan O‘zbekiston zaminida yaratilgan ma’rifatparvarlik salohiyatiining ijtimoiy-falsafiy qarashlarni yuzaga chiqarish, ommalashtirish lozim. Bunda ziyolilar ijodining yirik bag‘rikenglik namunalari ahamiyatlidir. Ular Sharq va G‘arb mualliflarining merosini qaysi tilda bo‘lishidan qat’i nazar, qaysi irq va dinga e’tiqod qilishiga qaramasdan, o‘qib o‘rganganlar. Bu Abu Abdulloh Muhammad Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy va ko‘plab o‘tmishdagi boshqa olim va mutafakkirlarning ijodida yorqin namoyon bo‘ladi.

Ko‘pgina yirik vatandoshlarimizning falsafiy-tarixiy ijodida diniy va zamonaviy bag‘rikenglik an’anaviy uzviy bog‘langanligi muhim ahamiyat kasb etadi. Dinlararo munosabatlarga tegishli bo‘lgan Abu Nasr Forobiyning falsafiy qarashlari, Abu Rayhon Beruniyning fikrlari, Imom al Buxoriy va Hakim at-Termiziyning hadisi shariflari hamda boshqa ko‘pgina mutafakkirlarning asosiy g‘oyasini bag‘rikenglik tashkil qiluvchi asarlari misol bo‘ladi.

Masalan, olimlarning ta’kidlashicha, Abu Nasr Forobiy, “ulug‘ xorazmlik” Abu Rayhon Beruniylarning tarixiy-falsafiy fikrlarining tolerantlik xarakteri avvalambor turli xil falsafiy, diniy va irqiy tabaqalarga mansub bo‘lgan keng ko‘lamdagi xalqlarga tushunarli bo‘lganligida namoyon bo‘ladi. Agar Forobiyning ilmiy merosida qadimgi yunon mutafakkirlaridan Platon, Aristotel, Galen, Zenon, Aleksandr Afrodiziyskiy va boshqalarning falsafiy va tabiiy, ilmiy qarashlari bitilgan risolalari keng tarzda ko‘rsatilgan bo‘lsa, Beruniyning ilmiy faoliyatida esa undan tashqari, Hindiston, Eron, Markaziy Osiyo hamda Arab dunyosi davlatlari va boshqa xalqlarning falsafiy yutuqlarini o‘rganish muammolari ko‘tarilgan.

Bu buyuk olimlarning tarixiy falsafiy fikrlarining tolerantlik holati diniy, siyosiy, irqiy va ma’muriy chegaralarga qaralmagan holdagi kenglikda, balki o‘zlarining hamda boshqa xalqlarning falsafa tarixiga oid savollar ustida ishlagan muammolariga ongli ravishda metodologik nuqtai nazardan qarashlarda ko‘rinadi. Forobiyning falsafiy oqim va ma’lumotlarida berilgan har xil mamlakatlarning tarixiy-falsafiy jarayonlarini qandaydir mafkuraviy yoki ma’naviy diniy doiraga olmasdan ko‘rib chiqadi. U ob’ektiv falsafiy bilimlarga erishish imkoniyatlari kafolatini nuqtai nazarlarining, qarash va yondoshishlarning turli-tumanligi va xilma xilligida ko‘radi. Bu esa uning falsafani evolyusion ko‘rinishida bayon qilganligida namoyon bo‘ladi.

Bag‘rikeng bo‘lmaslikning xavfliligi to‘g‘risida keyinchalik Beruniy o‘zining “Geodeziya” degan kitobida shunday degan edi, ”Kimda kim aql bovar qilmaydigan darajada mutaassiblikka (jonkuyarlikka) berilgan bo‘lsa, u hammaning ishonchini yo‘qotadi va qarg‘ishiga qoladi, uning nomi “sin” harfi bilan tugaydi”. Ushbu holatda Beruniy yunonlarning nomini nazarda tutadi. Buyuk olim fandagi bunday chidab bo‘lmaydigan yondashishlarni, bu jihatdan falsafadagilarni qoralaydi va qattiq tanqid qiladi.

Jadidlar ijodida bag‘rikenglik g‘oyalari o‘z davriga hamohang tarzda bayon qilingan bo‘lib, bunda ta’lim sohasiga alohida urg‘u beriladi. Ular birinchi navbatda halqning savodini chiqarish va jahon andozasi darajasida bo‘lishini amalga oshirishga kirishdilar. Jadidlar yoshlarni o‘qitish uchun Germaniya, Fransiya, Turkiya, Misr va boshqa mamlakatlarga yuborish rejalari bilan o‘rtaga chiqdilar. Masalan, bunday takliflar M.Behbudiyning «Ehtiyoji millat» (1909) va Cho‘lponning «Do‘xtir Muhammadiyor» (1915) singari maqolalarida bayon etildi.

Bag‘rikenglik, erkinlik va barcha xalqlarga nisbatan do‘stona munosabat jadidlarning siyosiy faolligi yuqori bosqichga ko‘tarilishining bosh omili edi. Bu ayniqsa Turkiston muxtoriyati g‘oyasida yaqqol namoyon bo‘ldi. Muxtoriyat jahon tajribasida sinovdan o‘tgan umuminsoniy g‘oyalarga asoslangan milliy davlat qurish yo‘lidagi ilk urinish edi.

XVII asrda yashab ijod qilgan ingliz faylasufi va siyosiy arbobi J. Lokk (1632-1704 yillar) liberalizmning g‘oyaviy siyosiy doktrinasini yaratar ekan, cherkovning kuchli senzurasi sharoitida tolerantlik to‘g‘risidagi o‘z fikrlarini yozdi. Uning asarlarida tolerantlik tushunchasi qat’iy cheklangan diniy chegaralar doirasida bo‘lsa ham, uni mustaqil tushuncha sifatida ifodalab berdi. Uning “Diniy sabr-toqat to‘g‘risida maktub” asari (1685-1686 yillar) jamiyatdagi tolerantlik sohasini shakllantirishda muhim qadam bo‘ldi. Bu asarda fuqarolarga diniy ibodatlarda erkinlik berish huquqi, diniy jamoalarning teng huquqliligi, cherkovni davlatdan ajratish to‘g‘risidagi g‘oyalar bayon etilgan edi1.

Fransuz mutafakkiri Volter (1694-1778 yillar) tolerantlik g‘oyasining taniqli tarafdori edi. Aslida, tolerantlik nazariyasining mohiyatini ifodalaydigan aforizmga aylanib qolgan quyidagi fikrni Volter aytgan deb hisoblaydilar. “Men sizning fikringizga qo‘shilmayman, lekin sizning o‘z fikringizni aytish huquqingizni himoya qilish uchun jonimni fido qilaman”.

XIX asrda yashab o‘tgan ingliz olimi Jon Styuart Mill (1806-1873) tolerantlik va xilma-xillikni bir-biridan ajralmas deb hisoblab, o‘zining “Ozodlik to‘g‘risida”gi ishida xilma-xillikni “buyuk qadriyat” deb e’lon qildi.

1995 yil 16 noyabrda YuNESKO Bosh konferensiyasi “Declaration of principles on tolerance”ni tasdiqladi. 185 davlat, shu jumladan O‘zbekiston ham uni imzoladi. Deklaratsiya milliy, etnik, diniy va lisoniy guruhlarga nisbatan zo‘ravonlik, yotsirash va kamsitishning umumiy kuchayishiga qarshilik ko‘rsatmog‘i lozim. Bu hujjat milliy va xalqaro miqyoslarda ekstremistik-terrorchilik kirdikorlarining oldini olish, tugatish va bartaraf etish uchun g‘oyaviy-uslubiy asos bo‘ladi deb hisoblash mumkin.

Muqaddima va oltita moddadan iborat bo‘lgan Deklaratsiya ijtimoiy darajadagi tolerantlik (bag‘rikenglik)ning mohiyatini qanday tushunish kerakligini ifodalaydi.

Shunday qilib, tolerantlik fuqarolik jamiyatining qadriyati va normasidir. Shu ma’noda u jamiyat barcha a’zolarining turlicha bo‘lish huquqida, dinlar (konfessiyalar) siyosiy, etnik va boshqa ijtimoiy guruhlar o‘rtasidagi uyg‘unlikni ta’minlashda, dunyodagi turli madaniyatlar, sivilizatsiyalar va xalqlarning xilma-xilligini hurmat qilishda, tashqi qiyofasi, tili, e’tiqodlari, urf-odatlari va diniy qarashlari bir-biridan farq qiladigan kishilar bilan hamkor va hamjihatlikka tayyorlikda namoyon bo‘ladi.

Deklaratsiya qabul etilgan paytdan boshlab har yili 16 noyabr Xalqaro tolerantlik kuni sifatida nishonlana boshlandi, shu kun doirasida butun dunyoda sabr-toqat va hamjihatlik g‘oyalarini ommalashtirishga qaratilgan tadbirlar o‘tkaziladi.

XX asrning oxirlarida ko‘p millatli O‘zbekistonda etnik uyg‘onish jarayoni juda yaqqol namoyon bo‘ldi. Ayniqsa mamlakat mustaqillikka erishgandan keyin, ijtimoiy-siyosiy jarayonlarda milliy omilning ahamiyati o‘sib, asosiy millatlar (o‘zbeklar, qoraqalpoqlar)dagina emas, bu yerda yashovchi boshqa barcha xalqlarning vakillarida ham o‘z tarixiga, an’anaviy madaniyatiga qiziqish kuchaydi. Bu hol ob’ektiv ravishda millatlararo, dinlararo munosabat masalalariga e’tiborni kuchaytirishni, Respublika hayotida bag‘rikenglikni rivojlantirishga ko‘maklashuvchi yangi davlat strategiyasini ishlab chiqishni talab qildi.

Shunday qilib, mamlakatda bag‘rikenglikni shakllantirish va ekstremizmning oldini olish sohasidagi davlat tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish kompleks vazifa bo‘lib, bu ish davlat hokimiyati, jamoat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari, pedagoglar, olimlarning bir yoqadan bosh chiqarib hamkorlik qilishlarini talab etadi.

Xulosa tarzida shuni ta’kidlash lozimki, butun insoniyat uchun ham, alohida shaxs uchun ham bag‘rikenglik, ya’ni tolerantlik birinchi darajali ahamiyatga egadir, millatlararo munosabatlar sohasida esa uning ahamiyati beqiyosdir.



Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish