Termiz davlat universiteti tarix fakulteti


Uchinchi mavzu. Davlat milliy siyosatining huquqiy asoslari



Download 1 Mb.
bet7/99
Sana01.01.2022
Hajmi1 Mb.
#292818
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   99
Bog'liq
Ўзб.да ММТ (Ўзб.тарихи учун)

Uchinchi mavzu. Davlat milliy siyosatining huquqiy asoslari
Mamlakatimiz mustaqillikka erishgach, avvalo ma’naviy sohada va shu jumladan, til siyosatida yangilanish jarayonlari uchun katta imkoniyat yo‘llari ochildi. O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili to‘g‘risida”gi qonunining qabul qilinishi, milliy ko‘pchilik aholisining tiliga davlat tili maqomi berilishi, O‘zbekistondagi barcha xalqlar vakillarining to‘g‘ri, tushunganligini alohida qayd etish kerak. Jamiyat hayoti va faoliyatining barcha sohalariga sovet davrida rus tili majburan faol joriy etib kelinganligini, endi tarixiy o‘tmish sifatidagina esga olish mumkin. Masalan, o‘tgan asrning 30-yillarida o‘rta maktabdagi 10 yillik ta’lim davomida rus tilini o‘qitishga hammasi bo‘lib 400-500 soat ajratilgan bo‘lsa, 80-yillarga kelib, bu holat 1600-1850 soatni tashkil etdi. Umuman, O‘zbekistonda birinchi sinfdan boshlab to institutni tugatgunga qadar tub joy millatining bolalari uchun rus tili va adabiyotini o‘rganishga 3670 soat, ona tilini o‘rganishga esa 1675 soat ajratilar edi. Hatto 1991 yilda respublika oliy o‘quv yurtlari barcha talabalarining 39,5%i barcha fanlar bo‘yicha o‘zbek tilida, 47,7%i esa rus tilida shug‘ullangan bo‘lib, holbuki talabalar orasida o‘zbeklar 63,5%, ruslar esa 15,8%ni tashkil qilar edi.

Milliy an’analar va o‘ziga xoslikni qayta tiklash va rivojlantirish sohasidagi ishlar iqtisodiy va moddiy sohalardagi nuqsonlarni tugatish bilan birga olib borildi. Chunki, insonning ona tilida gapirish va yozish imkoniyatidan mahrum bo‘lishi, o‘z xalqining tarixi, madaniyatini bilmasligi, o‘zlikni anglamaslikka, ma’naviyatdan mahrum bo‘lishga olib borar edi. Ma’naviyat va madaniyatni tiklash hamda yangilash esa millatning iqtisodiy taraqqiyoti uchun qudratli poydevordir.

Ta’kidlash joizki, rus millatiga mansub kishilar orasida ham turli sohalarda o‘zbek tilidan ko‘proq foydalanayotganliklari sotsiologik tadqiqot natijalarida o‘z ifodasini topmoqda. Davlat tilini yanada rivojlantirish yo‘lini respublika aholisining ko‘pchiligi qo‘llab-quvvatlamoqda. Savol-javob qilinganlarning yarmidan ko‘prog‘i davlat tilini o‘rganish uchun mavjud shart-sharoit va imkoniyatlarni yaxshilash choralarini ko‘rishni xohlamoqda. Ularning beshdan bir qismi esa bu jarayonni sekin-astalik bilan evolyusion tarzda o‘tkazish kerak deb hisoblaydi.

Shu bilan birga hozirgi vaqtda millatlararo aloqa tili sifatida o‘zbek tili targ‘ibotini kuchaytirishga ehtiyoj sezilmoqda. Sotsiologlar shunday bir qiziq holatni kuzatmoqdalar: o‘zbek tilida so‘zlashuvchi suhbatdoshlar guruhiga, aytaylik rus millatiga mansub bir kishi kelib qo‘shilishi bilanoq ular darhol rus tiliga o‘tadilar. Bu hodisa bir tomondan o‘zbeklarning ta’lim-tarbiyasi va odobidan, o‘zbek so‘zini tushunmaydigan kishini ranjitishni istamasligidan dalolat bersa, ikkinchi tomondan tub joyli bo‘lmagan millatlarning ko‘pgina vakillari o‘zbek tilini o‘rganishga harakat qilmayotganligidan dalolat beradi. Hayotiy hodisalar ham, sotsiologik tadqiqotlarning ma’lumotlari ham shu fikrni tasdiqlaydi.

Masalan, O‘zbekiston Milliy universiteti sotsiolog talabalari o‘tkazgan savol-javobdan ma’lum bo‘lishicha, rusiyzabon aholi “baribir yaqin orada ko‘chib ketamiz” degan fikr bilan o‘zbek tilini o‘rganishga qiziqmasligi, buning ustiga davlat tilini samarali o‘rganish uchun hamma joyda ham qulay sharoit yaratilmaganligini ko‘rsatadi. Ruslar orasida “bu jarayonga aralashish kerak emas, hammasi avvalgi holida davom etaversin” deb hisoblaydiganlar soni birmuncha ko‘payib qolgan (42,9%).

Xullas, hozirgi vaqtda o‘zbek tilining millatlararo aloqa tili sifatida ahamiyatini targ‘ib qilishni kuchaytirishga ehtiyoj mavjud.

O‘zbek xalqining hayotida ro‘y berayotgan chuqur o‘zgarishlarda O‘zbekistonda yashovchi boshqa xalqlarning vakillari ham bir jon, bir tan bo‘lib qatnashmoqdalar. Ana shu xalqlarning hayotida ham chuqur tarixiy o‘zgarishlar faol sodir bo‘lmoqda.

Millatlararo hurmat va totuvlik ruhi bilan ajralib turadigan O‘zbekistonda millati, diniy e’tiqodi, tilidan qat’i nazar, barcha fuqarolarning yakdilligini ta’minlash siyosati yuritilyapti. Shu munosabat bilan ta’kidlash lozimki, bizning davlatimizda kam sonli xalqlar yoki etnik guruhlar muammosi amaliy jihatdan muvaffaqiyatli hal etilmoqda. Umuman olganda esa kam sonli xalqlar va etnik guruhlar muammosi butun dunyoda mavjud. Hozirgi kunda dunyoda ikki mingdan ortiq turli etnik guruhlar mavjudligi, ularning 320 dan ortig‘i 1 milliondan ko‘proq kishini tashkil etishi e’tiborga olinsa, bu hol yanada aniq bo‘ladi. Sobiq sovet respublikalarini ham qo‘shib hisoblaganda, BMT tan olgan suveren davlatlar soni 200 dan oshmaydi. Dunyodagi har to‘rt davlatdan uchtasida aholining to‘rtdan bir qismidan kamrog‘ini tashkil etuvchi millatlar yashaydi. Umuman yuz foiz bir millat yashaydigan davlatning o‘zi dunyoda yo‘q. Jahon mamlakatlarining 40%ida etatnim va etnosnim bir-biriga mos keladi. O‘z nomi bilan aytiladigan davlatlarning tashqarisida yashovchi yoki o‘z davlatiga ega bo‘lmagan guruhlar 60 million kishidan oshadi yoki MDH aholisining 20% (Fransiyadagi jami aholidan ko‘proq kishini) tashkil etadi.

Keyingi yillarda mazkur, nozik muammoga e’tibor kuchaydi va turli mamlakatlarda bu masalalarni hal etishga muayyan ta’sir o‘tkazish muhim bo‘lgan bir qator tadbirlar amalga oshirildi. Kopengagenda milliy ozchiliklarning huquqlariga bag‘ishlangan konferensiyaning qarori, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik bo‘yicha Kengash doirasida Sankt- Peterburg, Moskva, Jenevada o‘tkazilgan insoniy o‘lchovlar Konferensiyalari qarorlariga o‘z ta’sirini o‘tkazdi.

Bizning nazarimizda kam sonli xalqlarga taalluqli masalalarni hal etishda ijobiy tajriba to‘plagan va millatlararo munosabatlarda barqarorlikka erishgan O‘zbekiston Respublikasi dunyodagi ko‘pgina mamlakatlar uchun namuna bo‘lishi mumkin.

Tolerantlik (bag‘rikenglik) tamoyillari dunyodagi ko‘pchilik davlatlarning qonun hujjatlarida, insonning asosiy huquqlari va erkinliklari sifatida mustahkamlab qo‘yilgan va xalqaro deklaratsiyalarda o‘z ifodasini topgan. Bu sohada BMT tomonidan qabul qilingan Inson huquqlari umumiy deklaratsiyasi, shuningdek Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi Xalqaro Pakt, Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to‘g‘risidagi Xalqaro Pakt eng asosiy hujjatlar bo‘lib xizmat qiladi. Yevropa Kengashi doirasida inson huquqlari va asosiy erkinliklarini himoya qilish to‘g‘risidagi Yevropa Konvensiyasi amal qiladi. Konvensiya yuzasidan tuzilgan va uni ratifikatsiya qilgan davlatlar zimmasiga barcha huquqlarni hech bir kamsitishsiz kafolatlash majburiyatini yuklaydigan va majburiyatlar bajarilmagan taqdirda jazo chorasini qo‘llashni ko‘zda tutadigan 12-bayonnoma yaqinda kuchga kirdi.

Irqiy kamsitishning hamma shakllarini tugatish to‘g‘risidagi xalqaro konvensiyada, avvalo, irqchilik va irqiy kamsitishga yo‘l qo‘ymaslik qoidalari mustahkam belgilab qo‘yilgan. BMT tomonidan genotsid jinoyatlarinining oldini olish va bunday jinoyatlarni jazolash to‘g‘risida Konvensiya, milliy va etnik, diniy va til ozchiliklariga mansub shaxslarning huquqlari to‘g‘risida deklaratsiya ham qabul qilingan.

Dunyo miqyosida iqtisodiyot globallashib borayotganligi, kommunikatsiyalar tizimi tez rivojlanayotganligi, urbanizatsiya va integratsiya (birlashish) jarayonlari toqatsizlikning har qanday kuchayishini butun dunyo uchun xavf-xatar manbaiga aylantirib qo‘ymoqda. Siyosatchilar va jahon jamoatchiligi ana shu xavf-xatarni anglab olganligi tufayli yalpi bag‘rikenglikka erishishni dunyo hamjamiyati taraqqiyotining eng muhim maqsadlaridan biri deb hisoblanmoqda. Uning tamoyillarini bayroq qilib olgan turli huquqiy va madaniy tashkilotlar hozirgi davrda sabr-toqat kamayib borayotganligi haqida haqli tarzda bong urmoqdalar. YuNESKOning tashabbusi bilan BMT 1995 yilni (ikkala tashkilotning 50 yilligi nishonlanadigan yilni) Xalqaro tolerantlik yili deb e’lon qildi. Shu yil davomida sabr-toqat, madaniyatlar xilma-xilligi, odamlar o‘rtasidagi tafovutlar 50dan ortiq mintaqa va xalqaro konferensiyalarda muhokama qilindi. Yil yakunida Tolerantlik tamoyillari Deklaratsiyasi qabul qilindi. 2001 yilda YuNESKO e’lon qilgan Xalqaro tinchlik va zo‘ravonliksiz madaniyat o‘n yilligi boshlandi.

Hozirgi kunda bag‘rikenglik muammosi butun dunyoda dolzarb muammo sifatida topilib, tegishli xalqaro tashkilotlarda muhokama qilinmoqda. Chunonchi, YuNESKO bag‘rikenglikni shakllantirish yo‘lida muhim ishlarni amalga oshirmoqda. Uning Parijdagi qarorgohida 1993 yili tolerantlik bo‘linmasi tuzildi. Oradan ikki yil o‘tib (1995 yil 16 noyabrda) YuNESKO Bosh Konferensiyasi “Declaration of principles on tolerance”ni tasdiqladi. Bu hujjatni 185 ta davlat, shu jumladan O‘zbekiston ham imzoladi. Deklaratsiya milliy, etnik, diniy va til guruhlariga nisbatan zo‘ravonlik, yotsirash va kamsitishning yalpi avj olishiga qarshilik ko‘rsatishi lozim. Bu hujjatni milliy va xalqaro darajalardagi ekstremistik-terrorchilik omilining oldini olish, uni bartaraf etish va tugatishning g‘oyaviy-uslubiy asosi deb hisoblash mumkin.

O‘sha paytdan beri 16 noyabr kunini har yili xalqaro tolerantlik yili sifatida nishonlanishi odat tusiga kirib qoldi. Shu kuni butun dunyoda sabr-toqat va hamjihatlikni targ‘ib qilishga bag‘ishlangan qator tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda.

To‘rtinchi mavzu. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning «O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» asari – davlat milliy siyosati strategiyasi
Ko‘pmillatli jamiyatda bag‘rikenglik, o‘zaro ishonch va hurmat - millatlararo hamjihatning poydevori, mamlakatdagi xalqlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni uyg‘unlashtirishning harakatlantiruvchi kuchidir. Millat va elatlarning bag‘rikengligi, o‘zaro hurmati – jamiyat madaniyatlilik darajasining ko‘rsatkichi, davlatdagi millatlararo totuvlikning asosi va shu bilan birga kelgusidagi muvaffaqiyatli rivojlanishning eng muhim sharti hamdir.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ijtimoiy va millatlararo hamjihatligi to‘g‘risidagi, O‘zbekiston - unda istiqomat qiluvchi barcha halqlarning umumiy uyi haqidagi bayoni, respublikamizning tegishli rasmiy hujjatlari va avvalo O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida o‘z ifodasini topgan. “O‘zbekiston xalqini, millatidan qat’iy nazar O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari tashkil etadi”, – deya ta’kidlanadi Konstitutsiyada.

Jahon tajribasi shundan dalolat beradiki, davlat va jamiyatning siyosiy tuzilishi, tizimini belgilaydigan, fuqarolarning huquq va erkinliklarini kafolatlaydigan, xalqaro qabul qilingan me’yoriy hujjatlarga javob beradigan va xalqning tarixiy tajribasiga mos keladigan Konstitutsiya – mustaqil, demokratik, huquqiy davlatni qaror toptirish va rivojlantirishning eng muhim sharti hisoblanadi.

Mustaqil O‘zbekiston Konstitutsiyasi yangi jamiyatning ishonchli huquqiy kafolatidir. Uni tayyorlash va qabul etishda O‘zbekistonning davlat suvereniteti, irqi, millati, qaysi dinga mansubligi, tili, tug‘ilgan joyi, ijtimoiy kelib chiqishi, siyosiy e’tiqodlaridan qat’iy nazar, fuqarolarning teng huquqliligiga asoslanishi kerakligi qat’iy ravishda hisobga olindi.

Ayrim suveren davlatlardan farqli o‘laroq bizning mamlakatimizda insonning hayotiy muhim xalqaro huquqni himoya qilish hujjatlarida tan olingan asosiy ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy, fuqarolik va siyosiy huquqlari hamda erkinliklari kamsitishga duchor qilinmaydi.

Yuqorida ta’kidlangan jihatlarni e’tiborda tutib shuni ta’kidlash kerakki, O‘zbekistonda yuqorida sanab o‘tilgan ijtimoiy sohalarda salbiy hodisalarni ro‘y berishi uchun hech qanday asos yo‘q, chunki respublikada fuqarolik to‘g‘risida, aholini ish bilan ta’minlash haqida O‘zbekiston Respublikasining qonunlari va boshqa bir qator qonunlar qabul qilinganki, ularda fuqarolarning tub joyli millatga mansub bo‘lmagan shaxslarning huquqlari boshqalar bilan birga fuqarolikka ega bo‘lish, ozod mehnat, erkinlik, mashg‘ulot va ish turini tanlash kabi huquqlar bilan ta’minlanadi.

Binobarin, O‘zbekistonda xalqaro huquqning eng muhim tamoyili amalda ro‘yobga chiqariladi, ya’ni milliy, ijtimoiy va diniy ozchiliklarni bostirib turish evaziga davlat suvereniteti uchun kurashni sivilizatsiyali kurash deb ham, huquqiy kurash deb ham tan olish mumkin emas.

O‘zbekiston Respublikasi parlamenti tarkibida 15 millat va elat vakillarining ishtirok etishi, huquqiy tenglik tamoyilining yaqqol ifodasi hisoblanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyat tarkibidagi ijtimoiy institut – Oliy Majlisning inson huquqlari bo‘yicha Vakili barcha millat fuqarolari manfaatlarini himoya qiladi. Uning huzurida fuqarolarning Konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklariga rioya etish bo‘yicha komissiya tuzilgan. Mazkur tuzilmalar va umuman davlat, huquqiy milliy va diniy bag‘rikenglik siyosatini amalga oshirishda qadimiy tarixiy an’analar, xalqaro tajribaga tayanib, O‘zbekistonning har bir fuqarosi ongini o‘zga millat vakiliga nisbatan do‘stona munosabat ruhida tarbiyalashga, millatlararo adovatga yo‘l qo‘ymaslikka, yotsirashni bartaraf etishga, odamlar o‘rtasidagi munosabatlarga insonparvarlik g‘oyalarini singdirishga harakat qilmoqda.

O‘zbekiston milliy siyosatining eng muhim yo‘nalishlari quyidagilardan iborat: millatlar va elatlarni jipslashtirish; har bir xalq, shuningdek har bir shaxsni erkin demokratik tanlash asosida o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqini so‘zsiz tan olish; suverenitet tamoyillari, shu jumladan barcha fuqarolarning erkin milliy rivojlanish huquqini hayotga tadbiq etish; inson huquqlari boshqa barcha huquqlardan ustunligini tan olish.

Respublikadagi barcha milliy masalaga doir masalalar demokratik, konstitutsiyaviy asosda hal etiladi. Ko‘p millatli O‘zbekistonda turli millat va elatlarning o‘zligini qayta tiklanishi uchun zarur huquqiy negiz yaratilgan. Mustaqillik yillarida xalqlar o‘rtasida do‘stlik va hamjihatlik uchun qulay shart-sharoitlar yuzaga keldi. Endilikda millatiga qarab kamsitish yo‘lidagi har qanday urinishlar O‘zbekistonda demokratiya va huquqiy davlat tamoyillariga zid bo‘lgan o‘ta salbiy holat sifatida baholanadi. Bu esa o‘z navbatida respublika xalqlarining davlat siyosati asosidagi birligini ta’minlaydigan ob’ektiv iqtisodiy va ijtimoiy shart-sharoitlar vujudga kelishiga ko‘maklashadi, har bir xalqning suveren huquqlarini amalga oshirish asosida millatlar va elatlarni jipslashtirishga yordam beradi. Xuddi shu bois O‘zbekistonda hech bir shaxsning haq-huquqlari irqiy yoki milliy sabablarga ko‘ra kamsitilishi qonunan man etilib, bunday nojo‘ya hatti-harakatlar qonunga ko‘ra jinoiy jazoga tortiladi.

Prezident I.A. Karimov o‘tkazayotgan milliy siyosatga asos bo‘lgan eng muhim tamoyillar inson huquqlarining millat huquqlaridan ustunligini tan olish, har bir millat va elatning demokratik jarayonlar doirasida erkin rivojlanishi, ko‘pmillatlilik sharoitida hech bir millat o‘z ehtiyojlarini o‘zga millat manfaatlarini kamsitish hisobiga qondira olmasligi, O‘zbekiston xalqi o‘zbeklar bilan boshqa millatlar vakillarining uzviy birligi ekanligi, ular uchun respublika ona vatan bo‘lib qolganliklarini tushunishdan iborat.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning “O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari” kitobining chiqishi davlatimiz rahbarining hozirgi zamon dolzarb muammolari xususidagi chuqur mulohazalarining mantiqiy yakuni bo‘ldi.

I.A. Karimov mavjud xavf-xatarlarni – mintaqaviy mojarolar, diniy ekstremizm va aqidaparastlik, buyuk davlat shovinizmi va agressiv millatchilik, etnik va millatlararo qarama-qarshiliklar, korrupsiya va jinoyatchilik, mahalliychilik va urug‘-aymoqchilik munosabatlari, ekologik muammolar kabilarni har tomonlama chuqur tahlil qilib, ta’riflab berdi. U mavjud ijtimoiy hodisalarning buzg‘unchilik salohiyatini – hokimiyat va huquq-tartibotga putur yetkazish imkoniyatini, ularning boshboshdoqlik, o‘zaro kurash va mojarolar keltirib chiqarish, millatni yoppasiga inqirozga duchor etish qobiliyatini ko‘rsatib berdi.

Umummilliy xavfsizlikka solinayotgan ana shu va boshqa ba’zi tahdidlarning hammasi birga qo‘shilib milliy mustaqillikni qo‘porishga, davlatni zaiflashtirish va hatto barbod qilishga, fuqarolarni siyosiy huquq va erkinliklaridan mahrum etishga olib boradi hamda jamiyatning bunyodkorlik imkoniyatlarini yo‘qqa chiqaradi.

Prezident I.A. Karimovning ta’kidlashicha, dunyodagi umumiy beqarorlik, davlatlar va xalqlar o‘rtasida kun sayin kuchayib borayotgan mojarolar qochqinlar sonini ko‘payishiga olib boradi. Hozirning o‘zidayoq 59 milliondan ortiq kishi o‘z vatanidan qochib boshqa yurtlarda yashashga mahkum etilgan. “Hatto o‘z chegaralaridan olisda bo‘lsa ham butun-butun xalqlarning zo‘ravonlik va qonli fojealariga jamiyatning odatlanib qolishidan ham dahshatliroq holat bo‘lishi mumkinmi?”. Prezidentning ana shu so‘zlari millatlararo, etnoslararo mojarolar muammolariga e’tiborni kuchaytirish, ularni hal etishning siyosiy usullari ustunligini qaror toptirish payti kelganligini ta’kidlaydi. Markaziy Osiyoning ba’zi mamlakatlaridagi keskinlik manbalari zamiridagi xavf-xatarlardan biri shundan iboratki, ozgina xatoga yo‘l qo‘yilgan taqdirda ham ular dahshatli mojarolarga aylanib ketishi mumkin. Bu mojarolarda kuch ishlatilgan taqdirda esa surunkali tus oldirgan bo‘xron boshlanishi muqarrar.

Prezident I.A. Karimov ana shu jarayonlar naqadar xavfli ekanini ko‘rsatib, “ayrim davlatdagi har qanday mojaro uzoq vaqtgacha milliy chegaralar orasida qolishi mumkin emas”ligiga e’tiborni qaratadi.

Milliy xavfsizlikka, jamiyat rivojlanishidagi barqarorlikka tahlika solayotgan boshqa xavf-xatarlar qatorida I.A. Karimov buyuk davlatchilik shovinizmi va agressiv millatchilikni, etnik va millatlararo ziddiyatlarni, mahalliychilik va urug‘-aymoqchilik munosabatlarini ham ko‘rsatib o‘tadi. U buyuk davlatchilik shovinizmiga aniq va ravshan ta’rif berib, “uni aniq siyosiy kuchlar davlatlar tomonidan siyosiy, mafkuraviy hukmronlik o‘rnatish yoki millatlararo, davlatlararo va mintaqalararo munosabatlarda shunday hukmronlikka intilish” deya haqli tarzda baholadi.

Agressiv millatchilikning buyuk davlatchilik shovinizmidan farqi shuki, u “mening millatimdan afzalroq millat yo‘q” degan shior ostida o‘z millatini boshqalardan ustun qo‘yadi, turli millat kishilarini “o‘zimizniki va o‘zgalar” degan toifalarga bo‘ladi, boshqa xalqlarning insoniy huquqlari va qadr-qimmatini mensimaydi. Uning xavfli ekanligi shundan iboratki, aqidaparastlikni, aniqrog‘i ekstremizmga, bosh-boshdoqlarcha va ig‘vogarona harakatlar qilishga chaqiradi. Millatlararo mojarolar doirasida agressiv millatchilik, ommaviy tartibsizlik va zo‘ravonlik harakatlariga ko‘mak beradi, umuman u milliy siyosatga amaliy va ijobiy yondoshuvlarni qabul qilmaydigan kuchlarni birlashtirishga urinadi.

Kitobda milliy omildan o‘zining g‘arazli maqsadlarida foydalanishga urunadigan, odamlarning tabiiy tuyg‘ularini millatchilik yo‘liga burib yuborish va millatlararo adovat chiqarishga umid qiladigan barcha kishilar jiddiy ravishda ogohlantirilgan. “…siyosiy tus berilgan millatchilik qudratli salbiy yo‘nalish kasb etish hamda davlat xavfsizligiga, milliy, mintaqaviy va global xavfsizlikka juda kuchli tahlika solishi mumkin”.

Binobarin, odamlar tor milliy, egoistik, ekstremistik, mahalliychilik va urug‘-aymoqchilik manfaatlari asiri bo‘lib qolishlariga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Bu narsa ko‘pincha jamiyatdagi millatlararo keskinlikni keltirib chiqarishi va mojarolarga, zo‘ravonlikka olib borishi mumkin. Ayni shu boisdan Prezident I.A. Karimov shunday deya ta’kidlaydi: “Hozir bizning mamlakatimizga nisbatan buyuk davlatchilik shovinizmi va tashabbuskor millatchilik unsurlari naqadar kuchli ekanligi, bu hodisa hozirgi kunda qanday shaklga kirmasin, uning zamirida bizning xavfsizligimizga qanday tahlika solayotganligi to‘g‘risidagi masala O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun dolzarb masaladir”.

Ayniqsa, hozirgi zamonda kurashmay turib, kuch-g‘ayrat sarflamay turib, jamiyatdagi barqarorlik va xavfsizlikni saqlab bo‘lmaydi. Jamiyatdagi tinchlik va osoyishtalik o‘z-o‘zidan kelgan tuhfa bo‘lmay, balki uning uchun kurashish va qattiq turib himoya qilish lozim bo‘ladi.

Shu xususda so‘z ketganda, jamiyatda tinchlik va xavfsizlik, millatlararo va davlatlararo jarayonlarni tartibga solish strategiyasini ishlab chiqishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning buyuk xizmatlarini ta’kidlab o‘tish muhimdir. Uning bevosita rahbarligida O‘zbekiston mintaqadagi millatlararo va davlatlararo mojaro muammolarini hal etishi va ularni oldini olish uchun davlat va jamoat tashkilotlari, olimlar va madaniyat arboblari hamda siyosatchilarning kuch-g‘ayratlarini birlashtirishga muvaffaq bo‘ldi.

Hozir O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan milliy siyosat o‘zining tugal natijalarini berib, fuqarolarning tinchligi, millatlararo hamjihatlikka erishildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning “O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka taxdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari” kitobi O‘zbekistonning o‘zi tanlab olgan yo‘lga naqadar sodiqligini isbotlaydigan yangi daliliy asardir. Bu kitobda, umuman davlat boshqaruvining bitmas-tuganmas metodologik asoslari bayon etilgan, shu bilan birga millatlararo va davlatlararo munosabatlar sohasida ro‘y beradigan ziddiyatlarni kuzatib borish, o‘z vaqtida aniqlash, oldini olish va hal qilish uchun ob’ektiv imkoniyatlar yaratilishi ta’kidlangan.



Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish