Termiz davlat universiteti tarix fakulteti 221-guruh talabasi eshbo`riyeva munojotning o`zbekiston tarixi fanidan taqdimoti Mavzu:Amir Temur buyuk sarkarda va davlat arbobi Reja: - 1. Amir Temurning hokimiyat tepasiga keldi kelishi
- 2.3yillik, 5yillik va 7yillik yurishlar
- 3. Amir Temur merosi
Amir Temur tarixda o‘chmas iz qoldirgan buyuk shaxs- ulkan bunyodkor, yirik davlat arbobi, mohir sarkarda, ilm-fan homiysi. Biz bugun bu haqiqatni yaxshi angladik. G’arbda, masalan, Italiyada, Ispaniyada, Frantsiyada, Angliyada, Germaniyada bu XVI-XVII asrdan beri ma’lum. Misol keltiramiz, Amir Temur haqidagi birinchi kitob Italiyalik olim Perondini qalamiga mansub bo‘lib 1553 yil Florentsiya (Italiya)da nashr qilingan. Ikkinchidan: Davlatni boshqarish va idora qilish , barcha sohada adolat, insof, diyonat va imon amriga quloq solib maslahat, moshvarat va kengash asosida ish yuritishda ulug‘ bobokalonimizdan o‘rgansak va ibrat olsak nur ustiga a’lo nur bo‘lur edi Amir Temur Amir Temur ibn Amir Tarag'ay ibn Amir Barqul - Amir Temurning onasi Takina xonim edi. Otasi Amir Taragʻay esa turkiy barlos urugʻining oqsoqollaridan hamda Chigʻatoy ulusining eʼtiborli beklaridan hisoblangan. Amir Temurning bayrog'idagi 3ta nuqta borligining sababi, u tug'ilganida 3ta nuqta, xol bilan tug'ilgan. Uning ajdodlari Kesh viloyatida hokimlik qilishgan. Shu bois Amir Temurning otasi amir Taragʻay ham yilda bir marotaba Ili daryosi boʻyida xon tomonidan chaqiriladigan el-yurt beklarining qurultoyiga taklif etilar va u bunday yigʻinlarda muttasil qatnashar edi. Shu bilan birga u, Sharafuddin Yazdiyning taʼkidlashiga koʻra, „ulamo va sulaho va muttaqiylargʻa mushfiq va mehribon erdi va bularning majlisiga borur erdi…“. Taragʻayjon piri Shamsuddin Kulolni ayniqsa chuqur ehtirom qilgan. Keyinchalik shayx Kulol Amir Temurning ham piri boʻlgan. Taragʻaybek 1405-yilda vafot etgan.
- Amir Temurning yoshligi Keshda kechdi. Yetti yoshga toʻlgach, otasi uni oʻqishga berdi. Amir Temur yoshlik chogʻlaridanoq maxsus murabbiylar nazorati ostida chavandozlik, ovchilik, kamondan nishonga oʻq uzish, boshqa turli mashq va harbiy oʻyinlar bilan mashgʻul boʻlgan. Shu asnoda Amir Temur tulporlarni saralab ajrata oladigan mohir chavandoz va dovyurak bahodir boʻlib voyaga yetgan. Amir Temur tabiatan ogʻir, bosiq, teran fikrli va idrokli hamda nihoyatda ziyrak, kishilardagi qobiliyat, fazilat, ayniqsa, samimiyatni tezda fahmlab oladigan inson boʻlgan. Shu tufayli oʻspirinlik chogʻlaridayoq atrofiga tengqurlari orasidan sadoqatli doʻstlarni jalb qila olgan. Uning atrofiga bolalikdagi doʻstlari va maktabdoshlari (Abbos bahodur, Jahonshohbek, Qimori inoq, Sulaymonshohbek, Idiku Temur, Sayfuddinbek, Hindushoh, Qarqara va boshqalar) toʻplanishib, birgalikda mashq qilar, musobaqalarda ishtirok etishar, astasekin navkar boʻlishib va harbiy guruhga birlashib, harbiy boʻlinma sifatida shakllana borgan. Keyinchalik ular Amir Temur qoʻshinida lashkarboshilik darajasigacha koʻtarilganlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |