Termiz davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti



Download 0,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/11
Sana12.02.2022
Hajmi0,65 Mb.
#445909
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
G`AFFOROVA DILDORAning odam va hayvon fiziologiyasi mustaqil ish

Leykotsitlar. 
Leykotsitlar qonning maxsus pigmentga ega bo‗lmagan yadroli 
hujayralaridir. Rangsiz bo‗lganidan oq qon tanachalari deb xam atashadi. Sog‗lom 
odam qonining 1mm
3
.da 4000-9000 leykotsit uchraydi. Turli uy hayvonlarining 
qonidagi leykotsitlarning soni 15 – jadvalda, laboratoriya hayvonlarini turli 
leykotsitlarining miqdori 16 - jadvalda keltirilgan. 


Leykotsitlarning soni doimo bir xilda turmaydi. Organizmning faollik 
holatiga, tun va kunga hamda boshqa omillarga bog‗liq holda leykotsitlar soni 
o‗zgarib turadi. Leykotsitlar soni 10000dan oshib ketsa leykotsitoz, 4000dan 
kamayib ketsa leykopeniyaga olib keladi. 
Fiziologik va reaktiv leykotsitozlar farqlanadi. Ovqatlanish, jismoniy mehnat 
qilish, qattiq hayajonlanish, biror joyning juda qattiq og‗rishi periferik qonda 
leykotsitlar sonining ko‗payib ketishiga olib keladi. Bu leykotsitoz organizmdagi 
oq qon tanachalarining qayta taqsimlanishi natijasi hisoblanadi. Taloq, ko‗mik, 
o‗pkada bo‗lib, qon aylanishida ishtirok etmagan leykotsitlar aytib o‗tilgan omillar 
ta‘sirida qonga o‗tadi va soni ortadi. 
Reaktiv leykotsitoz esa qon yaratish a‘zolaridan ko‗p miqdorda uncha 
etilmagan leykotsitlarning ajralishiga bog‗liq. Leykotsitozning bu turi ko‗pincha 
o‗tkir yallig‗lanishning belgisi bo‗ladi. 
Leykopeniya ba‘zi kuchli toksinlar ishlab chiqaradigan mikroblar paydo 
qilgan kasalliklarning alomati hisob-lanadi. Radioaktiv nurlanish va zaharli 
moddalarning surunkali ta‘siri ham leykopeniyaga olib keladi. 


Leykotsitlarning barcha turlari amyobasimon harakat qiladi. Ba‘zi kimyoviy 
ta‘sirlovchilar leykotsitlarni o‗ziga tortadi. Ular kapillyarlar devoridan o‗tib, shu 
ta‘sirlovchilar tomon harakat qiladi. Bu hodasani musbat xemotaksis deb ataladi. 
SHikastlovchi omillarga etib borgach, leykotsitlar ularni o‗zining sitoplazmasi 
bilan qamrab olib, enzim yordamida parchalaydi, ya‘ni fagotsitoz ro‗y beradi. 
YAkka leykotsit 15-20 mikrob hujayrasini qamrab olishi mumkin. Fagotsitozdan 
tashqari, leykotsitlar organizm himoyasi uchun muhim bo‗lgan bir qator 
moddalarni ajratadi. Bu moddalar bakteriyalarga, toksinlarga qarshi xossalarga ega 
bo‗lgan antitanachalar, fagotsitoz va jarohatlarning bitishini tezlashtiruvchi omillar 
bo‗lishi mumkin. 
Leykotsitlar qobig‗i yuzasiga ba‘zi moddalarni biriktirib olib, ularni kerakli 
joyga etkazadi. 
Foiz birligida ifodalangan leykotsitlar turlari o‗rtasidagi nisbat leykotsitar 
formula deb ataladi. Katta yoshli odamning leykotsitar formulasi granulotsitlardan: 
neytrofillar – 50-70%; eozinofillar – 1-5% va bazofillar – 0-1%, agranulotsitlardan: 
lifotsitlar – 20-40% va monotsitlar – 2-10% tashkil qiladi. 

Download 0,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish