Qonning asosiy funksiyalari. Qon - suyuq tuqima bo‗lib, plazma va shakli
elimentlardan tashkil topgan. U tomirlar doirasida uzluksiz harakat qilganidan
organizmda asosan tashuvchi vazifasini bajaradi. Tashiladigan moddalarning
tabiati va ahamiyatiga qarab qonning quyidagi:
nafas olish, ovqatlantirish,
ekskretor, boshqaruv, kreator boshqarishlarni ta‘minlash, gomeostatik, hharoratni
boshqarish va himoya faoliyatlari farqlanadi.Nafas oldirish faoliyati o‗pkadan
to‗qimiga kislorod etkazib berish va ularda hosil bo‗lgan karbonat angidridni
o‗pkaga olib borishdan iborat. Kislorod tashilishini eritrotsitlardagi gemoglobin
bajaradi. Karbonat angidridni tashilishida ham eritrotsitlar katta ahamiyatga ega.
Ovqatlantirish faoliyati oziq moddalarini hazm tizimi a‘zolaridan
to‗qimalarga etkazib berishdan iborat. Iste‘mol qilingan ovqat tarkibidagi murakkab
polimer moddalar me‘da va ingichka ichakda enzimlar ta‘sirida parchalanib
so‗rilishi mumkin bo‗lgan sodda monomer moddalarga aylanadi.
Glyukoza,
fruktoza, galaktoza, aminokislotalar, tuzlar va suvdv eruvchi boshqa moddalar
qonga so‗riladi. YOg‗lar esa asosan limfaga so‗rilib uning tarkibida qonga quyiladi.
Uglevodlar asosan energiya manbai bo‗lib xizmat qiladi. Ularning oz qismi jigar va
muskullarda glikogenga aylanib, uncha katta bo‗lmagan zaxira hosil qiladi.
Hujayralar aminokislotalarning ko‗p qismini oqsil sinteziga sarflaydi. YOg‗
kislotalaridan glitserin ishtirokida neytral yog‗lar sintezlanib, yog‗ to‗qimisida
zahira holida
to‗planadi. Zarur bo‗lgan glikogendan glyukoza, yog‗ to‗qimisidan neytral yog‗
qonga o‗tadi va energiya manbai sifatida sarflanadi.
Ekskretor faoliyati moddalar almashinuvi natijasida hosil bo‗lgan
qoldiq
moddalarni, tasodifan yoki ma‘lum maqsad bilan kiritilgan moddalarni chiqarib
tashlashdan iborat. Ortiqcha ichilgan suv, iste‘mol qilingan tuz va oziq moddalarni
chiqarib tashlashni ta‘minlasht ham ekskretor faoliyatning bir qismi. CHiqarib
tashlashi zarur bo‗lgan moddalarni qon ajratuv a‘zolarga etkazib beradi.Boshqaruv
faoliyati. Organizmdagi barcha a‘zo va to‗qimalar qonga fiziologik moddalar
ajratadi. Qon bu moddalarni organizm bo‗ylad tashir ekan, gumoral boshqarishni
amalga oshiradi, a‘zolarni o‗zaro bog‗laydi, organizmni bir butun qilib,
muhit
o‗zgarishlariga moslashtiradi.
Kreator faoliyati. Qonning bufaoliyatining bir qismi deyish mumkin. Kreator
faoliyat qon plazmasi va shakli elementlarning axborotga ega makromolekulalarini
tashishda ishtiroq etishdan iborat. Bu makromolekulalar tegishli joyga
etkazilgandan keyin oqsil sintezi, hujayralarning bo‗lishini va boshqa jarayonlarga
ta‘sir ko‗rsatadi.
Gomeostatik faoliyat. Qon suyuqlari rN, osmotik bosim, eliktrolit tarkibi,
organik moddalar miqdori va boshqa ko‗rsatkichlarning barqarorligini saqlab
turadi.
Xaroratni boshqarish. To‗qima va hsjayralar faoliyatini natijasida uzluksiz
ravishda issiqlik hosil bo‗lib turadi. bu issiqlikning ko‗p
qismi ichki yirik
a‘zolarga, ya‘ni jigar, chuqur joylashgan muskullar va yurakka to‗g‗ri keladi. U
bevosita tashqi muhitga ajratilmaydi. Bu a‘zolarning tomirlaridan o‗tayotgan qon
ma‘lum darajada isiydi va issiqlikni organizm bo‗ylab tarqatadi. Qon harorati
sezilarli daraja oshsa, gipotalamusdagi termoretseptorlar qo‗zg‗alib haroratni
boshqarib turadigan mexanizmlar faolligini oshadi. Natijada teri qon tomirlar
kengayadi, ter ajralishi kuchayadi. Issiqlikni yo‗qotish tezlashadi.
Himoya faoliyatining yuzaga chiqishida qonning turli tarkibiy qisimlari
ishtiroq etadi. Himoya faoliyati yuqumli kasalliklarni paydo qiladigan
mikroblarning emirilishini ta‘minlashdan (hujayra immuniteti) va ana shu
mikroblarga hamda ularning zahariga qarshi antitelolar
ishlab chiqarishdan
(gumoral immunitet) iborat. Qonning ivishi ham himoya reaksiyasi hisoblanadi. [ 1
]