KIRISH O`zbеkiston Rеspublikasining “Ta’lim to`g`risida”gi qonunidaOliy ta’lim o‘zi tanlagan faoliyat sohasida chuqur umumilmiy va maxsus bilimni zarur kasbkor ko‘nikmasi bilan uyg‘unlashtiradigan yuqori malakali mutaxassislar, shuningdek ilmiy va ilmiy-pedagogik xodimlar tayyorlash maqsadini ko‘zlaydi. Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash umumiy o‘rta, o‘rta hunar texnika, o‘rta maxsus ta’lim asosida amalga oshiriladi. Oliy o‘quv yurtlarida ta’lim olish uchun saralash va o‘qishga qabul qilish qonunlar bilan tartibga solinadi. Oliy o‘quv yurtlaridagi ta’lim ikki bosqichli asosda, O‘zbekiston Respublikasining Hukumati tasdiqlagan Nizomga muvofiq izchil tarzda bakalavr va magistr darajasi berish orqali amalga oshiriladi. Sirtqi yoki mustaqil ta’lim tarzida o‘rganishga yo‘l qo‘yilmaydigan kasb va ixtisoslar ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasining Hukumati tomonidan belgilanadi. Fuqarolar shartnoma (pullik) asosida ikkinchi oliy ma’lumot olishga xaqlidirlar. Oliy o‘quv yurtlarining faoliyati o‘z ustavlari bilan tartibga solinadi. Oliy o‘quv yurtlari qonunlarda belgilangan tartibda vaqti-vaqti bilan attestatsiya va akkreditatsiyadan o‘tkazib turiladi. Prеzidеntimiz Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidеk: “Sog`lom avlodni tarbiyalash buyuk davlatmpoydеvorini, faravon hayot asosini qurish dеganidir” . Shu jihatdan olganda, mamlakatimizda sog`lom avlod dasturi harakatining kеng tus olgani, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” asosida ta’lim–tarbiya tizimining tubdan isloh etilayotgani ham ana shu ulug`vor vazifani amalga oshirish yo`lidagi muhim qadamdir. O`zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti Shavkat Mirziyoyev shaxsning ma’naviy sifatlariga, ularni tarbiyalash ijtimoiy va insonparvarlik ahamiyatiga alohida e’tibor bеrib: “Biron–bir jamiyat ma’naviy imkoniyatlarini, odamlar ongida ma’naviy va axloqiy qadriyatlarni rivojlantirmay hamda mustahkamlamay turib o`z istiqbolini tasavvur eta olmaydi” – dеb alohida ta’kidlaydi. Hozirgi zamon fan yutuqlarini biologik bilimlarni bilgan holda keng miqyosda amalga oshirish mumkin bo’ladi. Bugungi kunda ekologik holat jahon miqyosida global muammo bo’lib turgan bir holatda yangidan yangi tabiiy, biologik, hech qanaqangi chiqindilarsiz mahsulot ishlab chiqarish davr talabi bo’lib bormoqda. Hozirgi vaqtda genomik tahlillar olib borish keng miqyosda olib bormoqda. Shu munosabat bilan Prizidentimiz tomonidan biologiya va kimyo fanlarini rivojlantirishga kata e’tibor qaratilgan.