6-SUBEKVATORIAL IQLIM MINTAQASI VA TABIAT ZONALARI (Fasliy nam (musson) o‘rmonlar zonasi)
S ubekvatorial iqlim mintaqasi materikning eng janubiy torqismida uchraydi. Bu yerda o‘rtacha yillik harorat yuqori (+25 °C) va namgarchilik ko‘p (1 500 — 2 000 mm). Bundan tashqaru Ushbu turdagi iqlim ko'p miqdorda yog'ingarchilik bilan ajralib turadi, ko'pincha bu hududlarda tropik yomg'irlar mavjud. Yiliga 2000 mm gacha yog'ingarchilik tushadi. Bu Iqlim mintaqasi sharqiy sohilni va materikning janubiy tor qismini qamrab oladi. Harorat kamdan-kam hollarda 25 darajadan pastga tushadi. Mana abadiy yoz va hatto qishda ham dengizda suzishingiz mumkin! Subekvatorial mintaqaga Karib dengizini misol qilib keltirish mumkin.Fasliy nam (musson) o‘rmonlar zonasi uchun ferralit tuproqlar, eman, Karib qarag‘ayi, palma, kiparis kabi o‘simliklar xos. Hayvonlardan alligator (timsohning bir turi), qora ilon,kurka, Nikaragua sohillarida anakonda ilonlari yashaydi. Shimoliy Amerikaning janubi-sharqida, subtropik musson iqlimi sharoitida o'zgaruvchan nam o'rmonlar zonasi keng tarqalgan. Bu erda unumdor tuproqlarda - chirindi ko'p bo'lgan sariq tuproqlar va qizil tuproqlar, olxa, eman, mitti palmalar, sarvlar, lianalar bilan o'ralgan magnoliya o'rmonlari o'sadi. Hayvonlar orasida qushlar ko'p: macaws, yovvoyi kurkalar, mayda kolibrilar. Daryolarda deyarli olti metrli Missisipi alligatori bor.Tuproqlari unumdorligi va qimmatbaho daraxt turlari tufayli aralash, keng bargli va oʻzgaruvchan nam oʻrmonlarning tabiiy zonalari oʻzining tabiiy holatida deyarli saqlanmagan. 11-Rasm subekvatorial iqlim mintaqasining chegarsi.
22
7-BALANDLIK MINTAQALANISHI.
Balandlik mintaqalari Kordilyera va Appalachi tog‘lari hududini qamrab olgan.Tog‘larda oq qarag‘ay, kedr, sekvoyya,qora qarag‘ay o‘sadi. Hayvonlardan tog‘ qo‘yi, qizil ayiq,yaguar, puma, qor echkisi, kondor va boshqalar yashaydi. Shimoliy Amerika Kordilyera togʻlari — Kordilyera togʻlarining Shimoliy Amerika materigining gʻarbiy chekkasi boʻylab choʻzilgan qismi. Uzunligi 9000 km, eni 800 km dan (Kanadada) 1600 km gacha (AQShda). Turli yosh va jinsli geologik tuzilmalardan tuzilgan: Kolorado platosi va Qoyali togʻlar qattiq tokembriy massivlaridan, Yukon va Makenzi togʻ massivlari choʻkindi va metamorfik paleozoy jinslarining qalin qatlamidan, Syerra Nevada togʻlari mezozoy batolitlari, Gʻarbiy mintaqa tizmasi vulkanogen jinslardan tashkil topgan. Rangli metallar, simob, oltin, neft, toshkoʻmir konlari bor. Shimoliy Amerika Kordilyera togʻlari 3 ta boʻylama orografik mintaqaga boʻlinadi. Sharqiy yoki Qoyali togʻlar mintaqasi Bruks, Makenzi, Sharqiy SyerraMadre va Qoyali togʻlarning baland tizmalaridan iborat boʻlib, Tinch okean, Meksika qoʻltigʻi havzasi va Shimoliy Muz okeani havzalari orasida suvayirgʻichdir. Eng baland joyi 4399 m (Qoyali togʻlardagi Elbert choʻqqisi). Gʻarbiy yoki Tinch okean mintaqasi okeanboʻyi tizmalari va togʻ oraligʻi depressiyalaridan iborat. Unga Alyaska tizmasi (MakKinli togʻi, 6193 m, materikning eng baland choʻqqisi), Aleut, Qirgʻoqboʻyi, Kaskad togʻlari, SyerraNevada, Gʻarbiy Syerra Madre, Koʻndalang Vulqonli Syerra (Orisaba (5700 m), Popokatepetl (5452 m) vulqonlari), Janubiy Syerra Madre togʻlari kiradi. Materikning chekka gʻarbiy sohili boʻylab choʻzilgan tizmalar kuchli parchalangan va asosan, oʻrtacha balandlikdagi togʻlardan iborat. Ichki mintaqa Tinch okeani tizmalaridan sharkda joylashgan Yukon, Freyzar, Kolumbiya, Katta Havza, Kolorado plato va yassitogʻlaridan, Meksika togʻligidan iborat boʻlib, ular chuqur tektonik
23
depressiyalar bilan ajralgan. Shimoliy Amerika Kordilyera togʻlari turli tektonik elementlardan tashkil topgan. Baʼzi joylarda vulkanizm, seysmik va hozirgi zamon tektonik harakatlar kuchli. Tinch okeanboʻyi tizmalarining oʻq qismida intruziv jinslar yer yuzasiga chiqib qolgan. Vulqonli tizmalar ham bor. Shimoliy Amerika Kordilyera togʻlarining shim. qismi arktika va subarktika, 40° sharqigacha boʻlgan hududlar moʻʼtadil, undan jan.da subtropik, Kaliforniya ya.o. va Meksika togʻligi tropik mintaqalarda joylashgan. Tizmalarning Tinch okeanga qaragan yon bagʻirlarida yumshoq, okean iqlimi, ichki hududlarda kontinental iqlim. Yogʻin taqsimoti notekis. Eng kam yogʻin ichki yassitogʻliklarda yogʻadi. Alyaskadagi tizmalarda yillik yogʻin 3000–4000 mm, Amerika Qoʻshma Shtatlarining ichki platolarida 400–200 mm, Moxave choʻlida 50 mm. Eng qalin qor qoplami Alyaska janubda, Qirgoqboʻyi tizmasi va Kanadaning Kolumbiya togʻlarida kuzatiladi. Qor chizigʻining eng past chegarasi (300–450 m) Janubiy Alyaska togʻlarining okeanga qaragan yon bagʻrida. Janubiy tomon qor chizigʻining bal. 4500 m dan ham oshadi. Muzliklarning umumiy maydoni 67,000 km², asosan, Alyaska va Kanada gʻarbidadir. Yukon, Makenzi, Missuri, Kolumbiya, Kolorado, Rio Grande kabi yirik daryolar Shimoliy Amerika Kordilyera togʻlaridan boshlanadi. Shimolda muzliktektonik yoʻl bilan va daryo oʻzanining toʻsilib qolishi natijasida vujudga kelgan chuchuk suvli koʻl koʻp. Yirik va sersuv daryolar gidroenergiya resurslariga boy. Shimoliy Amerika Kordilyera togʻlarida landshaftlarning balandlik mintaqalari aniq ajralgan. Tinch okean sohili bilan ichki hududlar landshaftlari oʻzaro farq qiladi. Shimoliy Amerika Kordilyera togʻlarining shim. qismidagi tizmalarning yon bagʻirlari igna bargli oʻrmonlar bilan qoplangan. Ichki yassitogʻliklarning jan. qismini quruq dasht va choʻllar egallaydi. Meksika togʻligini oʻrab turgan togʻlarning tashqariga qaragan yon bagʻirlari doim yashil tropik oʻrmonlar bilan qoplangan. Markaziy Amerika
24
Kordilyera togʻlarining Tinch okeanga qaragan yon bagʻirlarida barg toʻkuvchi tropik oʻrmonlar, nisbatan quruq hududlar va ichki soyliklarda tikanli siyrak oʻrmonlar, kaktus va savanna oʻsimliklari oʻsadi. Hayvonot dunyosi xilma-xil: tundra qismida shimol bugʻusi, qutb tulkisi, quyon, lemming, los va boshqalar, oʻrmonlarda karibu, grizli ayigʻi, boʻri, togʻ qoʻyi, bizon, antilopa, moʻynali hayvonlar, chala choʻl va choʻllarda kemiruvchilar va sudraluvchilar, tropik oʻrmonlarda maymunlar, yaguar, tapir, puma va boshqalar yashaydi. Juda katta maydonlar oʻzlashtirilgan, qishloq xoʻjaligi ekinlari ekiladi.
Appalachi togʻlari – Shimoliy Amerikadagi togʻlar, AQSH bilan Kanada hududida. Janubi-gʻarbdan shimoli-sharqqa 2600 km choʻzilgan, eni 300 – 500 km. Eng baland choʻqqisi – Mitchell togʻi (2030 m). Appalachi togʻlari janubi-sharqiy va shimoliy qismlari paleozoy erasida burmalangan kristall jinslar (gneyslar, kristalli slaneslar, kvarsitlar)dan, janubi-gʻarbiy qismi choʻkindi jinslar – ohaktosh, qumtosh, gilli slaneslardan tashkil topgan. Me-zozoy va kaynozoyda togʻlar gum-bazeimon 581koʻtarilgan. Togʻlarni koʻpdan-koʻp daryolar parchalab yuborgan. Shimoliy tomonlari relefini toʻrtlamchi davr muzliklari ancha oʻzgartirgan. Appalachi togʻlari iqlimini Atlan-tika okeani yumshatib turadi. Yogʻin 1000 – 1300 mm. Jan.da togʻ yon bagʻirlari 1000 m balandlikkacha keng bargli oʻrmonlar, undan yuqorida aralash va igna bargli oʻrmonlar bilan qoplangan. Appalachi togʻlarida toshkoʻmir, neft, temir rudasi, mis, kumush, kobalt bor. Appalachi togʻlarida 2 ta million park mavjud. Turizm va ovchilik rayoni.12-Rasm .Kordilyera tog‘lari tabiatidan. 25
XULOSA
Kengliklar orasida joylashgan, yani Shimoldan janubga tomon Shimoliy yarim sharning ekvotrial mintasidan boshqa barcha mintaqalari kesib otadi. Materikning eng keng va yaxlit qismi subarktika va motadil mintaqalarida, kichikroq qismi esa subtropik mintaqalarda joylashgan, eng tor janubiy qismi tropik va subekvatorial mintaqalardadir. Arktika mintaqasiga asosan orollar kiritiladi.Materikning kenglik boyicha bunday joylashganligi uning Shimoliy va janubiy qismlarining isishidagi, katta Shimoliy qismi yozgi va qishki radiatsiya sharoitidagi katta tafovutlarga olib keladi. Yillik yalpi quyosh radiatsiyasi miqdori janubi - garbda 180 k kal sm2 Kanadaning Shimoliy qismiida 80 k. kal sm2 ozgaradi.Shimoliy Amerikada yer yuzasidagi asosiy orografik elementlarning submeredional yonalishda ekanligi Sharqiy tomonidan katta orografik tosiqlar bo‘lmagan Atlantika okeani tomonidan havo massalarining kirib kelishiga qulaylik tug’diradi. Materik g’arbidagi Kordilьera tog’lari esa havo massalarining Tinch okean tomonidan materik ichkarisiga kirib kelishiga to’siqlik qiladi.Materik o’rta qismida Shimoliy Muz okeani bilan Meksika qo’ltig’i orasida tekisliklarning mavjudligi va orofafik to’siqlarining yo’qligi yilnnng barcha faslida Arktika va tropik kengliklar orasida meridional ravshida havo almashunuviga imkon beradi.Atlantika okeanida uning Shimoliy va janubiy qismining isishidagi tafovutlarni bir -biri bilan Nьyufaunlend rayonida uchrashuvchi iliq Golьfistrum va sovuq Labrador oqimlari yanada kuchaytiradi. Shimoliy Amerikaning katta qismida havo massalari asosan g’arbdan-Sharqqa tomon harakat qiladi, lekin materikning g’arbiy qismidagi murakkab orografik tuzilmalar Tinch okeanidan keluvchi oqimlarni okean sohili va Kordilьera tog’larining g’arbiy hududlariga ko’proq miqdorda yog’in tushishiga sabab bo’ladi. Materikning ichki rayonlari 26
kontinental havo shakllangan hududlar hisoblanadi. SHu sababli materik mo’’tadil mintaqasining Atlantika boyi uchun yil boyi tsiklonlar tasiri bolishi xarakterlidir. Materikning Shimoliy qismida, Kanada va Alyaskaning katta qismida - 20° dan - 24°S. gacha, Kanada - Artika arxipelagi orollarida - 36° S dan, Grenlandiya markazida - 44°S gacha pasayadi. SHu davrda materikning janubida yanvar oyining harorati musbat bolib, +20° S dan +24° S gacha yetadi.Materikning deyarli butun Alyaskani, Gudzon qoltigining katta qismini va Labrador yarim orolining Shimolini oz ichiga oluvchi katta qismi subarktika iqlim mintaqasida joylashgan.Arktika iqlim mintaqasiga esa materikning Shimoliy sohili va unga yondosh orollar kiritiladi. Materikning eng kam parchalangan qismi yani janubiy chegarasi Kolumbiya daryosi quyi qismidan, Sharqda 40° shim. kenglik yaqinidan otadi. Motadil iqlim mintaqasi mintaqaning, Sharqiy qismi dengiz iqlimiga mansub bolsa, ichki qismlari quruq iqlim oblastiga kiritilsa, eng garbiy qismlari yogin miqdorini kop olganligi sababli dengiz iqlim oblastiga kiritiladi. Florida yarim orolidan garbda, to Kaliforniya yarim oroligacha bolgan katta hududni subtropik iqlim mintaqasi egallaydi. Tropik iqlim mintaqasi 28°-300 Shimoliy kenglikdan janubda joylashgan bolib, bu mintaqada iqlim asosan Tinch va Atlantika okeanidagi yuqori bosim oblastlari belgilaydi. Subekvotrial iqlim mintaqasi materikning eng janubiy hududlarini egallagan bolib, yozda ekvatrial musson shamollari koplab yogin keltiradi. Bular asosan Tinch okeanidan kirib keluvchi yoginlar hisoblanadi.
27
Ilovalar 28
Do'stlaringiz bilan baham: |