O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI
SPORT FAOLIYATI VA BOSHQARUV FAOLIYATI FAKULTETI
JISMONIY MADANIYAT YO’NALISHI
1-KURS 221-GURUH TALABASI
MUSTAFOQULOV TOHIRNING
FALSAFA
MUSTAQIL ISHI
FANIDAN TAYYORLAGAN
TERMIZ – 2021
Islom bilim va ma'rifat dini
Islom dini inson manfaatlari va jamiyat taraqqiyotiga xizmat qiluvchi har qanday kashfiyot va yangiliklarni yuksak qadrlagan, qo‘llab-quvvatlagan. Islom ta'limotida ilmning yuksak qadrlanishini hadislar ham tasdiqlaydi. Buyuk bobokalonimiz Imom Buxoriy ta'kidlaganlaridek: “Dunyoda ilmdan boshqa najot yo‘q va bo‘lmagay”. Albatta, islom ilm-ma'rifatga asoslangan dindir.
Islomning asosiy manbalari hisoblangan Qur'oni karim hamda hadisi sharifda ilm o‘rganishga va uni o‘rgatishga targ‘ib qilinib, aksincha, ilmsizlik yoki uni o‘rganishga loqaydlik qattiq qoralanadi. Jumladan, Qur'oni karimning ilk nozil bo‘lgan oyatining o‘zidayoq Alloh taolo “O‘qi!” deb amr qildi. “Ilm” so‘zi turli ma'nolarda Qur'onda 811 o‘rinda takrorlanishi uning o‘rni qanchalik yuqori ekaniniko‘rsatadi.
Rasululloh alayhissalom o‘zlarining ko‘plab hadislarida ilm egallashga, olimlarni yaxshi ko‘rishga chaqirganlar. Jumladan, Imom Buxoriy rivoyat qilgan hadisda: “Ilm talab qilish har bir musulmonga farzdir” deb ta'kidlaganlar. Qur'oni karimda: “Allohsizlardan imon keltirgan va ilm ato etilgan zotlarni (baland) daraja (martaba)larga ko‘tarur” (Mujodala, 11), deyilgan. Ibn Hajar Asqaloniy ushbu oyatni quyidagicha tafsir qiladi: “Albatta darajalarni ko‘tarish ulug‘ fazlu marhamatga dalolat qiladi va dunyoda oliy martaba, shon-shuhrat kabi ma'naviy yuksaklikni hamda jannatdagi oliy martaba kabi hissiy yuksaklikni o‘z ichiga oladi”.
“Qur'oni karim ma'nolarining tarjima va tafsiri”da esa ushbu oyat quyidagicha tafsir qilinadi: “Ilm va olimlarning fazilatlari, ikki dunyoda erishadigan daraja va martabalariga doir oyat va hadislar juda ko‘p uchraydi. Rasul alayhissalomdan olim kishining bir kunlik ibodati ilmsiz obidning qirq yillik ibodatiga teng ekani, qiyomatda shafoat qilishi, agar u ta'lim ham bersa, Yer va osmonlardagi barcha jonzot Allohdan unga mag‘firat so‘rashi va boshqa ko‘p bashoratlar sahih hadislar orqali rivoyat qilingan. Sulaymon alayhissalomga Alloh taolo ilm, boylik va podshohlikdan birini tanlashni buyurganida u ilmni tanlaydi. Ilmning sharofatidan unga boylik va podshohlikni ham qo‘shib beradi”.
Imom Termiziy rivoyat qilgan hadisda bunday deyiladi: “Abu Dardo (r.a.): “Rasululloh alayhissalom bunday deganlarini eshitdim: Kim ilm istab bir yo‘ldan yursa, Alloh uni jannat yo‘llaridan biriga yo‘llab qo‘yadi. Farishtalar ilm tolibi uchun qanotlarini pasaytiradilar. Albatta, olim haqiga osmonlaru yerdagilar, hattoki, suv ostidagi baliqlar ham istig‘for aytadilar. Olimning obiddan afzalligi badr kechasidagi to‘lin oyning boshqa yulduzlardan afzalligi kabidir. Olimlar Payg’ambarlarning merosxo‘rlaridir. Payg‘ambarlar dinor va dirhamni meros qoldirmadilar. Balki ilmni meros qoldirdilar. Kim uni olsa, (merosdan) to‘liq nasibasiniolibdi”.
Qur'on va hadislar islomning asosiy manbalari bo‘lishi bilan birga, musulmonlar hayotini tashkil etish uchun muhim qo‘llanma ham hisoblanadi. Shunday ekan, Qur'on va sunnatga asoslangan holda, musulmonlarning manfaatlaridan kelib chiqib, inson kamoloti va jamiyat farovonligi, ijtimoiy barqarorlik va taraqqiyotni ko‘zlab fatvo chiqarish alohida bilim va malakani talab etadi. Mo‘'tabar manbalarga ko‘ra, arab tili, Qur'on va hadis ilmlari, fiqh va islom tarixini juda chuqur va mukammal biladigan kishilargina shunday hukm chiqarish huquqiga egadir. Biroq tarix va zamonaviy voqyelik dindan yovuz maqsadda ham foydalanish mumkinligini ko‘rsatmoqda. Bunday harakatlar muqaddas islom dini qoidalaridan foydalangan holda amalga oshirilganini va oshirilayotganini ham afsus bilan qayd etish lozim.
Yuqoridagilardan xulosa qilib, islomda ilm, ma'rifatli bo‘lishga, Yaratgan tomonidan insonlarga berilgan ne'matlar haqida bilim orqali tadabbur qilishga targ‘ib qilingan. Shuning uchun ham, Alloh taolo tafakkur qilmaydigan, o‘zining kim ekanini anglab yetmaydigan, bugunning huzur-xalovati bilan yashab, ertasi haqida qayg‘urmaydigan, ongsiz kimsalarni Qur'oni karimda “Ularda qalblar bor, (lekin) ular bilan “anglamaydilar”. Ularda ko‘zlar bor, (lekin) ular bilan “ko‘rmaydilar”. Ularda quloqlar bor, (lekin) ular bilan “eshitmaydilar”. Ana o‘shalar hayvonlar kabidirlar. Balki ular (yanada) adashganroqdirlar. Aynan o‘shalar g‘ofillardir” (A'rof, 179), deb ta'riflaydi. Shuningdek, Hasan Basriy (r.h.) rivoyat qilgan hadisda shunday deyiladi: “Insonlar ilm o‘rganib amalni tark qilganlarida, tillari ila sevishib, qalblari ila adovatda bo‘lsalar va silai rahmni uzsalar, Alloh ularni la'natlab, quloqlarini kar va ko‘zlarini ko‘r qilib qo‘yadi”. Darhaqiqat, islom olamining e'tiborli ulamolari tomonidan mo‘'tabar manbalar asosida berilayotgan fatvolar yoki raddiyalarni tan olmayotgan turli firqa va oqim tarafdorlarini ham yuqoridagi oyat va hadislarda keltirilgan kimsalarga qiyoslash mumkin.
Umuman olganda, islom ilmsizlik va johilikni qoralaydi, ilm olish, jaholatdan ma'rifatni ustun qo‘yish kabi ezgu fazilatlarga buyuradi. Haqiqatda johillik yomon illat bo‘lib, johil insonlar barcha yomonliklarga hech qanday to‘siqsiz kirib ketaveradilar. Jaholat inson hayotini barbod qiladi, oxiratini kuydiradi. Ma'rifat esa inson qalbiga sayqal beradi, ma'naviy, ruhiy dunyosini go’zallashtiradi, insonga shon-shuhrat keltiradi, ulug‘laydi. “Ma'rifat” so‘zi “bilim”, “Allohni tanish” kabi xislatlarni o‘ziga jamlaydi. Bunga zid ravishda ilmni diniy va dunyoviy turlarga taqsimlab, ayricha qarash inson ma'naviyatining yemirilishiga olib keladi. Bu fikr isboti uchun uzoq va yaqin o‘tmishimizda misollar ko‘p. Abu Ali Ibn Sino, Beruniy, Xorazmiy, Mirzo Ulug‘bek, Imom Buxoriy, Abul Mu'in Nasafiy kabi ulug‘ ajdodlarimiz garchi sobiq tuzum ularning diniy ilm sohiblari bo‘lganini yashirgan bo’lsada, ular eng avvalo islom dunyosining ardoqli olimlari, tom ma'nodagi ilm egalaridirlar. Qush ham yolg‘iz qanoti bilan parvoz qila olmagani kabi, inson ham bir yoqlamalik bilan komil va to‘liq bo‘la olmaydi. Shu jihatdan O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimovning: “Biz din bilan dunyoni, dunyo bilan dinni o‘rganamiz” degan gaplari biz uchun dasturulamal bo‘lmog‘i lozim. Ana shunda biz har tomonlama, to‘la mukammal inson, ajdodlarimizga munosib farzand bo‘la olgan bo‘lamiz. Ma’rifat – muslimning ikki dunyosini yorituvchi nur. Islomiy ma’rifat vositasida biz dunyo va oxiratimiz go‘zalligiga yo‘l topamiz. Shu ma’rifat orqali Yaratganni, uning qudratini, yaratiqlarini taniymiz, ilohiy Kalomning hikmatini anglaymiz.
Ana shunday ma’rifatdan bahramand bo‘lgan oriflar jamiyatida nafaqat insonga, balki hayvonga, qurt-qumursqalarga, bir so‘z bilan aytganda butun jonli va jonsiz mavjudotga go‘zal muomalada bo‘linadi. Chunki ma’rifatli inson tabiatdagi birgina toshning ham o‘z o‘rni va vazifasi borligini anglaydi. Alloh taolo o‘z Kalomidagi suralardan birini “Naml” – chumoli deb atashi bejiz emas.
Demak, bu ma’rifat bizga hatto chumoli bilan ham qanday muomala qilishimizgacha o‘rgatadi. Alloh taolo butun borlikni inson uchun yaratdi. Ayni paytda, bu borliq insonga omonat hamdir. Omonatni omon saqlash ham uning vazifasi. Aslida mo‘minlik ham shu. Mo‘min, iymon, omon so‘zlarining o‘zagi ham bitta. Arablar yuvosh tuyani “omun” deyishadi. Bu degani, u bilan muomala qilayotgan inson tepish, tishlash kabi tuyaga hos ozorlardan omonda. Mo‘min ham mana shu fazilatga ega bo‘lishi kerak. Payg‘ambarimizning sollallohu alayhi vasallamning “Qo‘lidan, tilidan odamlar omonda bo‘lgan inson mo‘mindir” degan hadislari bunga dalil. Hadisda “odamlar” deganda, dinidan, irqidan, millatidan qat’i nazar barcha insonlar anglashiladi. Uni, qaysi dinda ekaniga qaramasdan, hurmatini joyiga qo‘yishimiz lozim. Chunki biz u bilan bir ota-ona, ya’ni Odam ato va momo Havoning avlodlarimiz. Yaratgan Parvardigorning: وَلَقَدْ كَرَّمْنَا بَنِي آدَمَ ya’ni “Haqiqatan biz Odam bolalarini mukarram qildik” (Isro surasi, 70-oyat), degan kalomida mukarramlik Odam bolalarining barchasi uchun bir xilda aloqador ekani ma’lum bo‘lmoqda. Demak, Odam bolasi bo‘lgani uchun ham u bizning qarindoshimiz hisoblanadi. Zimmamizda uning bir haqqi bor. Bu – insonlik haqqi.
“Ahli kitob” deb Alloh taolo yuborgan kitobga amal qiluvchilarga aytiladi. Biz musulmonlar nasroniy va yahudiy bilan kitobiylik nuqtai nazaridan yaqinmiz. Shuning uchun ham bizga zarari tegmasa, biz ham aziyat yetkazmaymiz va go‘zal muomalada bo‘lamiz. Ularning bizda ikkita haqqi bor: insoniylik va ahli kitoblik haqqi.
Mo‘min-musulmonlar dindosh birodarlarimiz. Ular bilan kitobimiz bir, bir payg‘ambar ummatimiz, qiblamiz bitta, birgina diniy ta’limot asosida hayot kechiramiz. Shuning uchun ham mo‘minning mo‘minga haqqi uchta deyiladi. Ular: insoniylik, ahli kitoblik va musulmonlik haqlaridir.
Islom dinining go‘zal jihatlaridan yana biri shuki, qo‘shni bilan ham chiroyli muomalada bo‘lishni ta’lim beradi. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam bu borada: “Kim Allohga va oxirat kuniga iymon keltirsa, qo‘shnisiga ikrom qilsin”, deya marhamat qilganlar. Demak, har bir mo‘min-musulmon zimmasida qo‘shnilik haqqi ham bor ekan.
Ana shunday haqlardan yana biriga qarindoshlik haqqi deyiladi. Qarindoshlik haqqini ado etish va xesh-aqrobolar bilan aloqani mustahkamlash hamda chiroyli muomalada bo‘lish bizga farz qilingan. Alloh taolo “Niso” surasida ushbu fikrni ta’kidlab shunday deydi: وَاتَّقُوا اللَّهَ الَّذِي تَسَاءَلُونَ بِهِ وَالْأَرْحَامَ ۚ إِنَّ اللَّهَ كَانَ عَلَيْكُمْ رَقِيبً (1-oyat). “Nomini ishlatib, bir-birovingizdan so‘rovda bo‘ladiganingiz Allohdan va qarindoshlik (aloqalari)dan qo‘rqingiz. Albatta, Alloh ustingizdan kuzatuvchi Zotdir”. Oyati karimadan ma’lum bo‘layaptiki, qarindoshlik aloqalari ustidan kuzatib turuvchi Allohning o‘zi ekan. Oyatdagi “Qo‘rqingiz” fe’li ikki kalimaga borib bog‘lanadi, ya’ni “Allohdan” va “qarindoshlik (aloqalari)dan” so‘zlariga. Demak, oyatda, birinchidan, Alloh buyruqlarini bajarmay qo‘yishdan, ikkinchidan, qarindoshlik aloqalarini uzib yuborishdan qo‘rqingiz, deyilmoqda. Alloh taolo bu kalomi bilan qarindoshlik aloqalarini uzish O‘zining buyruqlarini bajarmaslik bilan bir xil darajadagi gunoh ekanini uqtirib o‘tmoqda. Demak, biz Allohning bu oyatini teran anglagan holda qarindosh-urug‘ bilan chiroyli muomalada bo‘lmog‘imiz lozim ekan.
Oila Islomda muqaddas bir qo‘rg‘on sanaladi. Bu qo‘rg‘on but bo‘lsa, jamiyat a’zolari har xil jismoniy, ma’naviy, axloqiy va ruhiy tajovuzlardan himoyalangan bo‘ladi. Ayni paytda, u ota-ona, jufti halol, farzandlar, aka-uka, opa-singillarni o‘z bag‘riga olgan farog‘at maskani hamdir. Eng chiroyli muomala, hurmat-izzat va mehr-muhabbat oilaga qaratilishi lozim. Bu ham bizning bo‘ynimizdagi haqlardan. Bu haqlarni ado etish bilan inson farog‘atda yashaydi, avlodlarining xulqidan ko‘ngli tinch bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |