25
Yaxshi tashkil etilgan himoya nafaqat
hujum tufayli erishilgan
muvaaqiyatni mustahkamlaydi, balki jamoaning keyingi harakatlari xarakteriga
ham taʻsir qiladi. Ishonchli himoyaga ega boʻlgan jamoa oʻyinni keskinlashtira
borishga, oʻrtacha va oils masofalardan savatga toʻp otishni dadillik bilan
qoʻllashga qurmaydi hamda shchitdan qaytgan toʻp uchun astoydil kurashadi.
Himoyalanuvchi jamoaning harakatlari hujum qiluvchi jamoaning
harakatlariga javob boʻlib, raqib taktikasining xususiyatlariga qarab tashkil etiladi.
Himoyalanayotgan jamoa oldida toʻrtta asosiy vazifa turadi:
1) raqib savatga aniq, toʻsiqsiz toʻp tashlashiga yoʻl qoʻymaslik;
2) raqibdan toʻpni olib qoʻyish va qarshi hujum uchun sharoit yaratish;
3) raqibning baʻzi bir aloqalarini va oʻyin liniyalari orasidagi aloqa va
oʻyinchilar oʻzaro harakatlarini buzib, hujum qilish uchun tayyorlov
operasiyalarini oʻtkazishga qarshilik koʻrsatish;
4) raqibni tez qarshi hujumga oʻtishga yoʻl qoʻymaslik
Toʻpli yoki toʻpsiz hujumchiga qarshi harakatlar turlicha, garchand, ikkala
holda ham raqibning kuzatish va u bilan faol kurashish kerak.
Toʻpsiz hujumchiga qarshi harakatlar. Toʻpsiz hujumchini taʻqib qilganda,
himoyachi:
a) hujumchiga savatga hujum qilish uchun qulay pozisiyaga
chiqib ishga yoki
shu pozisiyada toʻpni qabul qilib olishga yoʻl qoʻymaslik;
b) raqib hujumchisi yoki lideriga yoʻnaltirilgan toʻpni olib qoʻyish;
v) raqibning oʻzaro harakat qilish uchun siljishlarga, ayniqsa maydonning
oʻrtasidan shchit tomonga keskin qoʻyiladigan blokirovkaga eʻtibor bergan holda
qarshilik koʻrsatish kerak.
Himoyachi oʻzi taʻqib qilayotgan hujumchilar va oʻzining savati ostida
shunday joylashishi kerakki, bunda u hujumchini ham, toʻpni ham koʻrishi lozim.
Himoyachining hujumchiga nisbatan holati va ular orasidagi masofa
har qanday
26
aniq vaziyatga raqibning tezligi, boʻyi va ogʻirligi hisobga olingan holda
aniqlanishi kerak. Raqibning markaziy oʻyinchisini taʻqib qilayotgan himoyachi, u
bilan qulay pozisiya va toʻpni olish uchun kurashishi kerak. Markaziy oʻyinchiga
toʻpni shchitdan uzoqlashib, u qoʻshimcha harakat qilgan holdagina toʻpni
egallashiga yoʻl qoʻyish mumkin. Agar u shchitning yaqinida boʻlsa, himoyachi
uning oldida toʻpni uzatishiga halaqit berish uchun turadi.
Toʻpli hujumchiga qarshi harakatlar. Toʻpli hujumchiga
qarshi kurashda
himoyachi:
a) raqibga toʻpni savatga aniq otishda yoʻl qoʻymaslik;
b) raqibning shchit tomonga oʻtishiga (ayniqsa kuchli, odatda, oʻng tomondan);
v) toʻpni xav i yoʻnalishda uzatilishiga (ayniqsa, jamoa lideri yoki markaziy
oʻyinchisiga, aniq otuvchi (snayperga) merganga halaqit berish);
g) toʻpni egallab olishga yoʻl qoʻymaslik;
d) raqibning oldindan tayyorlangan oʻzaro harakatlanishiga yoki
kombinatsiyalariga oʻtkazish uchun qilayotgan harakatlarga halaqit berishishga
erishish uchun harakat qilishi kerak.
27
Oʻzining raqibini taʻqib qilayotgan vaqtda maydondagi umumiy vaziyatni ham
kuzatib turishi shart. Bu esa oʻzgarib borayotgan holatni oʻz vaqtida
baholash va
oʻz sheriklari bilan muva aqiyatli oʻzaro harakat qilish imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: