Termiz davlat universiteti sport faoliyati va boshqaruv fakulteti



Download 222,3 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/15
Sana05.07.2022
Hajmi222,3 Kb.
#740814
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Tuxtayev Husan Kurs ishi (4) (2)

I.
 
Bob Adabiyotlar tahlili. 
I.1. Jismoniy madaniyat darslarini oʻquvchilar sogʻligiga tasiri 
Insoniyat olamida, yaʻni barcha davlatlarda sihat-salomat va har tomonlama 
barkamollik masalalari eng ustun qoʻyiladi. 
Jamiyatda amalga oshiriladigan ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy 
tadbirlarda taʻlim-tarbiya yoʻli bilan aholining sogʻligini yaxshilash, uning 
barqarorligini taʻminlash davlat siyosatiga ega boʻladi. 
Bu kabi qamrovi keng va ildizi chuqur boʻlgan ijtimoiy pedagogik jarayonlar 
Oʻzbekiston jamiyatida oʻziga xos boʻlgan va xalqaro andozalarga mos keladigan 
yangi islohatlar bilan amalga oshirilmoqda. Bu mamlakatimiz istiqloli va qisqa 
davrlar ichida sodir boʻlgan voqyeʻliklardir. 
1991-yildan 2000-yilgacha boʻlgan mamlakatimiz va xalqimiz xayotida 
biqiyos va ulkan, tom maʻnoda tarixiy iz qoldirdish deyishga asoslar bor. 
Shuningdek mamlakatimizni faol demokratik yangilash, isloh etish va 
modernizatsiya qilish davri-2001-yildan hozirgi kungacha (2010 y) boʻlgan 
muddatni oʻz ichiga qamrab olgan navbatdagi bosqich esa iqtisodiyotimizni 
barqaror rivojlantirish, siyosiy hayotimizni, qonunchilik, ijtimoiy-gumanitar 
sohalarni izchil isloh qilish, aholi hayot darajasini muttasil oʻsib borishini 
taʻminlash borasida yanada muhim ahamiyat kasb etmoqda. 
Mamlakatimizda istiqlolning ilk yillaridan boshlab barkamol avlodni 
tarbiyalash masalasi Davlat siyosati darajasiga koʻtarildi. Farzandlarimiz barkamol, 
zamonaviy bilimlarni puxta egallagan, buyuk ajdodlarimizning munosib vorislari 
boʻlib voyaga yetishi yoʻlida doimiy eʻtibor va gʻamxoʻrlik koʻrsatib kelmoqda. 
Eʻtirof etish joizki, barkamol avlod tarbiyasiga jismoniy tarbiya, jismoniy 
madaniyat, sport, turizm va xalq milliy oʻyinlarining oʻziga xos ijtimoiy-tarbiyaviy 
xususiyatlari gʻoyat koʻp va keng qamrovli omillardan hisoblanadi. Bunda 
aholining sihat-salomatligini doimiy ravishda yaxshilab borish, mehnatkashlar va 
ijodkor xodimlarning ish qobiliyatini oshirish muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa 



oila va maktabgacha bolalar tarbiyasi muassasalari, barcha tur va toifadagi oʻquv 
yurtlarida yoshlarni jismonan barkamol qilib tarbiyalash vazifalarini maqsadli 
amalga oshirishda jismoniy tarbiya vositalari (turli oʻyin-mashqlar, sport, turizm va 
h.k) xizmat qiladi. 
Barkamol avlod oʻqish, mehnat va harbiy xizmatlarda Vatan, el-yurt talab 
etgan hamda ishongan burch, vazifalarni astoydil bajarish qobiliyatiga ega boʻlishi 
lozim. 
Bu kabi oʻta muhim va maʻsuliyatli faoliyatlarni tarbiyalash, amalga oshirish, 
ayniqsa oʻquvchi hamda ishchi-xizmatchi yoshlarning maʻnaviy-maʻrifiy 
madaniyat boyligini oshirish, jismoniy barkamollikka yetishtirish masalalari 
boʻyicha tub islohatlar oʻtkazilmoqda. Ularni qabul qilingan maxsus qonunlar (9, 
10, 11, 12), Respublika hukumatining qarorlari (13, 14, 15, 16, 17, 18, 19, 20, 21, 
22, 23) hamda davlat dasturlari (24, 25, 26, 27, 28) misolida aynan koʻrish 
mumkin. 
Mamlakatimizda eng ulugʻ maqsad-kelajagi buyuk davlat va erkin jamiyat 
qurish, yaʻni taraqqiy topgan va farovon yashayotgan davlatlar qatoriga yetib 
borish vazifasi qoʻyilgan (1). 
Bunday ulugʻvor va oʻta masʻuliyatli daʻvatlarni amalga oshirishda oila, 
mahalla, taʻlim-tarbiya muassasalari hamda mehnat jamoalarida beqiyos koʻp 
ijtimoiy-madaniy va taʻlim-tarbiya tadbirlarini muntazam olib borishni davr taqozo 
etadi. 
Oʻquvchi va ishchi-xizmatchi yoshlarni har tomonlama barkamol qilib 
tarbiyalashda milliy istiqlol gʻoyasiga sadoqat, onadiyorga mehr-muhabbat, obod 
va ozod Vatan barpo etishdek ulugʻ va olijanob maqsadga eʻtiqod, jasurlik va 
fidoyilik ruhida tarbiyalash bugungi kunning dolzarb vazifasi hisoblanadi. 
Barkamol avlodni tarbiyalab voyaga yetishtirish, ularning hayotdagi amaliy 
faoliyatlarini maqsadli taʻminlashda jismoniy tarbiya vositalari (sport turlari, xalq 
milliy oʻyinlari va h.k) muhim ahamiyatga egadir. Bu sohada erishilgan mehnat 



samaralari va ijtimoiy pedagogik faoliyatlar eʻtiborga loyiqdir. Ayniqsa 
yoshlarning jismoniy tayyorgarligi va ularni sportga jalb etish, mahoratlarini 
tarbiyalash borasidagi ilmiy tadqiqotlar oʻz samaralarini bermoqda. Bunda 
Abdullayev A (16 b), Alimov Q. (168), Achilov A. (169), Atoyev A.Q. (179), 
Seitxalilov E. A. (181), Xonkeldiyev Sh.X. (184) kabi taniqli olimlarning xizmati 
eʻtiborga sazovordir. 
Xalq milliy oʻyinlari (kurash, uloq, koʻpkari, poyga, dorboz va h.k) va 
ularning tarkibiy qismi boʻlgan milliy harakatli oʻyinlar jismoniy tarbiya vositasi 
sifatida barkamollikni tarbiyalashda oʻziga xos xususiyatlarga egadir. Bu sohada 
isteʻdodli olimlar Usmonxoʻjayev T.S. (98, 99, 100, 101, 102, 183), Abdumalikov 
R, Qudratov R, Yarashev K. (36), Abdellayev A. (30), Karemov F.A. (70), 
Toymurodov O.R. (92), Yarashev K.D. (111), Xoldarov T.X (108), Qoraboyev U. 
(121, 122, 123) kabilarning ilmiy tadqiqot natijalari, nashrdan chiqqan oʻquv- 
uslubiy qoʻllanmalari, ilmiy ommabop risolalari hamda monografiyalari taʻlim- 
tarbiya jarayonlari hamda ommaviy sogʻlomlashtirish sport tadbirlarini maqsadli 
ravishda keng qoʻllanmoqda. 
Insonparvarlik jamiyati rivojlanishining zamonaviy bosqichida jismoniy 
tarbiya va sport sohasida maktab oʻquvchilarining harakatlanish qobiliyatlarini 
rivojlantirish va jismoniy tayyorgarligi darajasini boshqarish bilan bogʻliq 
masalalar alohida dolzarblik kasb etmoqda. Umumtaʻlim maktablaridagi taʻlim 
jarayoni bazaviy jismoniy tayyorgarlik asoslarining yaratilishini, oʻquvchilarda 
harakat malaka va koʻnikmalari zarur fondining shakllantirilishini, ularning har 
jihatdan uygʻun rivojlanishini koʻzda tutadi. Mamlakatimiz va horijlik bir qator 
olimlar (A.N.Abdiyev, 2008; A.Abdullayev, Sh.X.Xonkeldiyev, 2005; 
V.K.Balsevich, 2000; V.U.Lyax, 2008; R.Salomov 2005; D.J.Sharipova, 2006 
va b.) maktablarda yuzaga kelgan “anʻanaviy” jismoniy tarbiya tizimi oʻsayotgan 
organizmning harakat faolligiga boʻlgan ehtiyojlarini toʻla 
qondiraolmayotganligini taʻkidlab oʻtadilar. 



Umumtaʻlim maktablari oʻquvchilarining jismoniy tarbiyasi boʻyicha 
dasturlarni tahlil etish shuni koʻrsatadiki, mazkur jarayonning ilmiy jihatdan 
taʻminlanishida anchagina kamchiliklar bor va uning bugungi holati jamiyatni 
qanoatlantirishi mumkin emas. Bu quyidagi obyektiv sabablarga koʻra taqozo 
etiladi: jismoniy tarbiya tizimi maktab oʻquvchilarining talab va qiziqishlariga 
javob bermaydi; kichik va oʻrta bosqichlardagi jismoniy tarbiya darslarida 
jismoniy sifatlarni rivojlantirish harakat koʻnikmalarini shakllantirish va bolaning 
hayotdagi turli vaziyatlarga moslashishi samaradorligini oshirishga majmuali taʻsir 
koʻrsatish muammosini hal etadigan mashqlarning qoʻllanishi masalasi yaxshi 
oʻrganilmagan. 
Taʻlim jarayoni shiddatini oshirish hisobiga psixologik va jismoniy 
yuklamalarning orttirilishi oʻquvchilarning muntazam ravishda haddan ziyod 
shugʻullanishiga olib keladi. Bolalar harakat faolligining pasayib borishi fonida bu 
turli surunkalikasalliklarning paydo boʻlishiga olib kelishi mumkinligini maxsus 
tadqiqotlar isbotlab turibdi. 
Ilmiy usuliy adabiyotlar tahlilidan maʻlum boʻlishicha, kichik maktab yoshida 
harakat texnikasining asoslari shakllanadi, ilgari notanish boʻlgan mashqlar juda 
yaxshi egallanib, yangi harakat koʻnikmalari oʻzlashtiriladi. Bu yoshda oʻquv-
tarbiya ishlarining yoʻlga qoʻyilishi va asosiy harakat turini oʻrgatish sifati koʻp 
jihatdan bolalarning texnik hamda jismoniy tayyorgarligidagi oʻsish darajasini 
belgilaydi. 
Yuqorida bayon etilganlardan kelib chiqib, oʻquvchilarning har tomonlama 
jismoniy rivojlanishi va salomatligini mustahkamlash harakat tayyorgarligini 
yaxshilab, sogʻlom turmush tarzi koʻnikmalarini tarbiyalash uchun jismoniy 
tarbiyaning imkoniyatlaridan yanada toʻliqroq foydalanish maqsadga muvofiqdir. 
Pedagogik amaliyotning koʻrsatishicha, jismoniy sifatlarni rivojlantirishning 
samarali vositasi bu asiklik mashqlardir. Shu maqsadda har xil sakrash 
mashqlarini, ayniqsa, toʻgʻri qaddi-qomatni shakllantirishga yordam beradigan 
xususiyatli mashqlarni qoʻllash tavsiya etiladi, ular, oʻz navbatida, yurak-qon tomir 



va markaziy asab tizimlarining meʻyorida ishlashini taʻminlaydi. Biroq biz 
tanishishimiz mumkin boʻlgan adabiyotlarda jismoniy tarbiya darslari doirasi 
kichik maktab yoshida sakrash mashqlaridan foydalanish usuliyati yetarlicha 
asoslab berilmagan. 

Download 222,3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish