I.2. DASTLABKI OʻRGATISH VA UNING MOHIYATI
Sport amaliyotida dastlabki oʻrgatish jarayoni koʻp yilik sport trenirovkasining fundamental bosqichi boʻlib, ushbu bosqichda oʻrgatish uslublari va vositalaridan toʻgʻri foydalanish keyingi bosqichlarda sport mahoratini samarali shakillanishiga imkon yaratadi.
Dastlabki oʻrgatish jarayonini rejalashtirish va tashkil qilishda bolaning ontogenetic hamda biopsixologik xususiyatlari eʻtiborga olinishi zarur. Boshqacha qilib aytganda dastlabki oʻrgatish jarayonida oʻtkaziladigan mashgʻulotlar yuklamalari shugʻullanuvchi bolalarning jismonly va funksional Imkoniyatlariga qarab meʻyorlanishi va qoʻllanilishi lozim. Maʻlumki, harakat (yuklama) hajmi va shiddati inson salomatligi, uning jismonly va funksional shakllanishida muhim ahamiyatga egadir. Lekin barcha harakat turlari, jumladan sport toʻgaraklarida ijro etiladigan jismoniy va texnik-taktik mashqlar hajmi hamda shiddati shugʻullanuvchining funksional imkoniyatlariga mos kelishi yoki hiyolgina yuqori boʻlishi lozim. Demak, bolalar sportiga old mashgʻulotlarni tashkil qilishda pedagogik va tibbiy nazoratga asoslanish sogʻlom, barkamol avlodni tarbiyalash jarayonining ajralmas qismidir. Shunday ekan, jismoniy tarbiya va sport boʻyicha oʻtkaziladigan mashgʻulotlar (Jismonly tarbiya darsi, trenirovka mashgʻuloti, sport musobaqalari) mazmunini maqsadli rejalashtirish va boshqarish har bir mutaxassis (oʻqituvchi, murabbly, tashkilotchi, uslubchi, yoʻriqchi) va rahbar shaxsga qayta masʻuliyat yuklashi, ular jismoniy madaniyat, jismonly tarblya, jismoniy rivojlanish, jismoniy tayyorgarlik va sport masalalariga old bilimlarni oʻzlashtirishlari, muvofiq kasbly-pedagogik malaka va koʻnikmalarni puxta egallashlari zarurligi isbot talab qilmaydi.
Alohida eʻtibor qaratish muhimki, bolalar sportini samarali tashkil qilish, koʻp yillik sport trenirovkasi jarayonida shugʻullanuvchilar sogʻligi va ularning sport mahoratini shakllantira borish ustuvor jihatdan jismonly tayyorgarlik koʻrsatkichlariga bogʻliqdir.
Jismoniy tayyorgarlik va uning salohiyatini ifoda etuvchi kuch, tezkorlik, chaqqonlik, chidamkorlik va egiluvchanlik kabl sifatlar Ilmiy obʻekt sifatida azaldan koʻpdan-koʻp tadqiqotchi olimlar diqqatini jalb qilib kelgan. Ularning tadqiqotlarida jismonly sifatlarning mohiyati, mazmuni, ularni jismonly tarbiya va sport hamda boshqa jarayonlardagi ahamiyati va rivojlantirish muammolari atroflicha yoritilgan.
Sport amaliyotida (kasbiy amaliyotda ham) jismoniy tayyorgarlik, odatda, Ikki bir-biriga chambarchas bogʻliq boʻlgan - umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlik turlariga boʻlinadi.
Hayot davomida inson sogʻligi, uning aqliy va jismoniy faolligi, koʻp yillik sport trenirovkasi davomida sport mahoratining shakllana borishi ustuvor jihatdan shu ikki tayyorgarlik turlari mazmuni va darajasi bilan belgilanadi.
Jismoniy tarbiya va sport mashgʻulotlarida qoʻyiladigan asosiy maqsad - sogʻliqni mustahkamlash hamda yuqori sport natijalariga erishish avvalambor yoshlikdan boshlab umumiy jismoniy sifatlarni rivojlantirish muhimligiga eʻtibor qaratadi. Aksariyat olimlarning taʻkidlashicha, muayyan sport turi boʻyicha muntazam oʻtkazib boriladigan hamda hajm, shiddat va mazmun jihatdan toʻgʻri tashkil qilingan mashgʻulotlar bolalar va oʻsmirlar organizmiga ijobiy taʻsir koʻrsatar ekan. Lekin, umumiy jismoniy tayyorgarlikka asoslangan va tor doirada ixtisoslashtirilgan mashgʻulotlar salbiy oqibatlarga olib kelishi kuzatilgan. Binobarin, dastlabki oʻrgatish bosqichida jismonly va texnik-taktik mashqlar nisbatini toʻgʻri rejalashtirish bolalar sport mahoratini samarali shakllantirish imkoniyatini yaratadi.
Sport malakalariga dastlabki oʻrgatish jarayoni koʻp yillik sport tayyorgarligi tizimining poydevori boʻllb hisoblanadi. Dastlabki oʻrgatish oʻz tashkiliy, uslubiy, ilmiy va moddiy-texnika nuqtayi nazaridan qanchalik puxta asoslangan boʻlsa, sifatli boʻlsa, shunchalik sport oʻrinbosarlarini tayyorlash yull qisqaroq va osonroq boʻladi. Ammo bu, albatta, mutaxassisning bilimiga, kasbiy koʻnikma va malakalariga bevosita bogʻliq boʻladi. Shuning uchun mutaxassislarni tayyorlashga moʻljallangan oʻquv dasturining eng eʻtiboril va asosiy boʻlimlaridan biri boshlangʻich oʻrgatish uslublyati (texnologiyasi) boʻlib hisoblanadi.
Mazkur maʻruzada boshlangʻich oʻrgatish jarayonini maqsad vazifalari, uslub va vositalari hamda mavzuga old boʻlgan maʻlumotlar talqin etiladi.
Musobaqa jarayonida samarali natijaga erishishning asosiy shart sharoitlaridan biri - bu basketbolchining texnik tayyorgarligi, texnik mahorati takomillashgan darajada boʻlishidir. Demak, oʻrgatish jarayonining dastlabki va asosiy maqsadi bu oʻyin texnikasini mukammal oʻzlashtirishdir.
Harakat - (oʻyin) malakalari toʻpni uzatish, qabul qilish (himoya), toʻpni oʻyinga kiritish, zarba berish, toʻsiq qoʻyish belgilangan bosqichlarda, maʻlum uslublar va vositalar yordamida oʻzlashtiriladi, mukammallashtiriladi, takomillashtiriladi. Mazkur jarayon pedagogik, blopsixologik va biomexanik qonuniyatlar asosida amalga oshiriladi.
Oʻrgatish jarayoni - bu pedagogik jarayon boʻlib, murabbiydan, oʻqituvchidan katta mahorat, kasbiy tayyorgarlikni talab qiladi. Lekin shunday boʻlsada, harakatni (oʻyin malakasini) ijro etish texnikasiga oʻrgatish boshqa ahamiyatli sabablarga ham bogʻliqdir: bolaning faolligi, mashgʻulotlarning soni, sifati, davom etish muddati, yordamchi texnik uskunalar, mashgʻulot oʻtkaziladigan joyning shart-sharoitlari, bolaning qiziqish, harakat “boyligi”, tajribasi va hokazo.
Shuni ham aytish zarurki, harakat texnikasini oʻzlashtirish muddati bolaning ollaviy sharoitiga, uning ijtimoiy va iqtisodiy imkoniyatiga hamda ruhiy holatiga bogʻliqdir.
Yuqorida keltirilgan maʻlumot va oʻrgatish jarayonida eʻtiborga olinadigan omillar maʻlum uslubly tartibda asoslangan rejalashtiruv hujjatlardan joy olishi kerak. Bundan tashqari bolaning ichki “sirli” imkoniyatlarini hamda mavjud omillarni aniqlash tanlov dasturi va mashqlari yordamida amalga oshirilishi zarur. Olingan natijalar oʻrgatish uslublarini, bosqichlarini va texnologiyasini qoʻllashda tayanch omil bulib xizmat qilishi kerak.
Dastlabki oʻrgatish jarayoni bir necha bosqichlarda amalga oshiriladi va bubosqichlarni har biri oʻziga xos uslub va vositalarni oʻz ichiga oladi.
Umumiy rivojlantiruvchi mashqlar oʻyinchida jismonly barkamollik va oʻyinchi uchun zarur boʻlgan harakat koʻnikmalari va malakalarini sayqallash uchun foydalaniladi.
Barcha mashqlar oʻz yoʻnalishiga mos ravishda birlashgan holda mashq qilishning maxsus tayyorgarligi asosiy qismlarini tashkil etadi: umumiy jismoniy, maxsus jismoniy, texnik, taktik, oʻyin tayyorgarligi. Har bir tayyorgarlik turida oʻzining etakchi omillari borki, ular yordamida koʻzlagan maqsadga erishiladi. SHu bilan birga barcha turdagi tayyorgarliklar bir-biri bilan uzviy bogʻliq. Misol uchun agar oʻquvchi jismoniy yaxshi tayyorlanmagan boʻlsa, u hujumda zarba berish texnik mashqini yaxshi bajara olmaydi. Bunday holda oʻquvchini jismoniy tomondan chiniqtirish, zarba berish usulini koʻp marta takrorlashdan koʻra foydaliroqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |