II.3 Baskyetbol oʻyinida hujum va maydonda harakat qilish texnikasi
Hujumda qoʻllaniladigan texnik usullarga toʻpni ilish va oʻzatish, uni erga urub yurush, savatga otishlar, chalgʻitishlar kiradi. Ular maydonda harakat kilish toʻxtashlar va burilishlar kabi usullar bilan birgalikda bajariladi. Hamma usullarni bajarish eng qulay va mustahkam daslabki holat - turish holatidan boshlanadi. Turish holatini egallash uchun basketbolchi oyoqlarini elka kengligida bir - biriga parallel qilib, bir chiziqqa yoki bir oyogʻini oldinga chiqargan holda erga qoʻyishi lozim. Bunda oyoqlar buklangan, gavda biroz oldinga egilgan, uning ogʻirligi oyoqlarga barobar taxsimlangan, qoʻllar toʻpni ilish va ushlab turish uchun qulay holda koʻkrak oldida bukilgan boʻlishi kerak. Toʻp keng yoyilgan barmoklar bilan kaftlarda toʻliq tekizilmagan holda tutib turiladi.Maydonda harakat kilish texnikasi. Baskektbolchi yurish, sakrash, toʻxtash va burilish yordamida maydonida harakat kiladi. Bu guruh usullari oyoqlarning toʻgʻri ishlashiga asoslanadi.
Basketbolchilarning maydonda qilayotgan harakati xar doim bajarayotgan ishiga qarab oʻzgarib turadi.
Basketbolchi kadamlab, yugurib, sakrab - sakrab, toʻgʻri, dioganal, yoysimon, ilon izi chiziqlar boʻylab harakat qiladi.
Yurish oʻyin davomida boshka usullarga nisbatan kam qoʻllaniladi. Bu usul asosan pozitsiyani oʻzgartirish maqsadida ishlatiladi. Basketbolchi maydonda tizzalari bir oz bukilgan holda harakat qiladi. Bu unga toʻsatdan bajariladigan tezlanishlarga katta yordam beradi.
Yugurish maydonda harakat qilishning asosiy usuli boʻlib hisoblanadi. Bu usul ogʻirlikni oyoqning butun kaftiga kuyib yoki uni tovondan oyoq uchiga oʻtkazib, oyoqlarni odatdagidan birmuncha koʻproq egib, yumshoq kadamlar bilan bajariladi. Tezlanishlarni va keskin yugurishlarni bajarish uchun qiska kadamlar bilan oyoq uchida yuguriladi.
Sakrashlar. Basketbolchilar sakrashlarni bir oyoq yoki ikki oyoq bilan depsinib bajaradilar. Oʻyin davomida sakrashlar kupincha oldindan tayorgarlik kurilmasdan va kayta - kayta bajariladi. Harakat vaktida bir oyoq bilan depsinishdan oldin oxirgi qadam oʻzaytiriladi, bir oz egilgan depsinish oyogʻi erga tovondan qoʻyiladi. Tizzadan toʻgʻri burchakkacha bukilgan, silkinch oyogʻi oldinga - yuqoriga erkin chiqariladi. Ikki oyoqda depsinish ham yugurib kelib, ham bir joyda turgan xollarda bajariladi. Buning birinchisida oxirgi qadam xuddi bir oyoqda depsingan paytdagidek qoʻyiladi. Silkinch oyogʻi tayanch oyoq yoniga toʻliq qoʻyilgandan soʻng baravariga depsiniladi. Bir joyda turib sakralgandagi depsinishni basketbolchi turish xolatining oʻzidayoq oyoqlarini tezlik bilan toʻgʻirlash va qoʻllarini oldinga - yuqoriga harakatlantirish xisobiga bajaridi. Bunday paytda erga bir oz keng joylashtirilgan oyoqlarga yumshoqroq tushishga harakat qilish lozim.
To^tashlar qadamlab va sakrab bajariladi. Qadamlab toʻxtashda basketbolchi yugurish maromini buzmasdan oxirgi qadamni tovondan, kattaroq qilib qoʻyadi; soʻng tayanch oyogʻini koʻproq bukadi va silkinch oyogʻini oldinga qoʻyib, inertsiyani toʻxtatadi va gavdani tayanch oʻyogʻini ustida tutib turadi. Tez yugurilgan paytlarda toʻxtalganda oyoqlar bir oz koʻproq bukiladi Sakrab toʻxtalgan paytlarda basketbolchi bir oyoq bilan depsinadi va oldinga sakraydi. Havoda bukilgan oyoqlari gavdasidan oʻtib ketadi va oldinga barobar yoki oldinma - keyin qoʻyiladi.
Ikki qadam tashlab toʻxtash
Burilishlar oldinga va orqaga burilishlarga ajratiladi. Ular orqada yoki oldinda joylashgan oyoqda, bir joyda turgan holda va harakatda, toʻp bilan va toʻpsiz bajariladi. Oʻyinchi tayanch oyogʻida uning uchunchi maydondan ajratmay turib, ikkinchi oyogʻi bilan depsinadi va u kerakli tomonga yoʻnaltirilib, burilishlarni bajaradi. Bunda oyoqlar bukilgan boʻladi, silkinch oyoq bilan qoʻyiladigan qadamlar raqibdan uoʻoqlashish maqsadida qoʻyiladi. Eng kam tarqalgan burilishlar quyidagilardir: orqada joylashgan
oyoqda oldinga burilish; oldinda joylashgan oyoqda oldinga burilish; oldinda
joylashgan oyoqda oldinga burilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |