Termiz davlat universiteti sport boshqaruvi kafedrasi jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi



Download 14,88 Mb.
bet29/167
Sana25.02.2022
Hajmi14,88 Mb.
#464687
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   167
Bog'liq
4-Kurs Nazariyaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaa

Nazorat savollari:
1. Yuksak ko‘rsatkichlarga intilish mohiyatini ochib bering.
2. Sportchi umumiy va maxsus tayyorgarligining birligi deganda nimani tushunasiz?
3. Mashg‘ulot jarayonining uzluksizligi nima?
4. Yuklama va dam olishning zichlangan rejimi tamoyili deganda nimani tushunasiz?
5. Mashg‘ulot talablarining asta sekin va maksimal ortib borishi tamoyili mohiyatini ochib bering.
6. Mashg‘ulot yuklamalarining to‘lqinsimon o‘zgarishi tamoyiliga misol keltiring.
7. Mashg‘ulot jarayonining siklligi deganda nimani tushunasiz?

5-MA’RUZA. SPORTCHINING JISMONIY TEXNIK VA TAKTIK TAYYORGARLIGI.


REJA:
1. Sportchining umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarligi.
2. Trenirovka jarayonida sportchining texnik, taktik mahorati­ni oshirish
3. Texnik tayyorgarlik.
4. Sportchini texnik tayyorlashni vazifalari, bosqichlari va asosiy uslubiyati.
5. Sport taktikasi.
6. Sport mashg‘ulotlarida psixologik tayyorgarlik.
7. Iroda tayyorgarligi.


Sportchining umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarligi. Hozirgi kun sportchilarini tayyorlash sportchining jismoniy sifatlarini rivojlantirish – jismoniy tayyorgarligi, tanlangan sport turi bo‘yicha texnik va taktik tayyorgarliklarini hamda ularga oid nazariy bilimlarining darajasini to‘xtovsiz kengaytirish, ma’naviyati, ruhiy sifatlarini tarbiyalashni doimiy nazoratda tutish talabini qo‘yadi. Sportchini faqat yuqori natijaga har qanaday yo‘l bilan erishishga undash, tayyorlashning oqibati salbiy xotima bilan tugashi o‘zining isbotiga ega.
Shug‘ullanuvchining umumiy va maxsus tayyorgarligi keng ko‘lamli pedagogik jarayonni o‘zida mujassamlashtiradi. Sport trenirovkasining mazmuniga shunday yo‘nalish berish mamlakatimiz jismoniy tarbiya tizimining umumiy prinsiplari talablariga mos keladi. Sport qayd etil­ganidek, yagona maqsad bo‘lmasada shaxs qobiliyatni har tomonlama rivojlantiruvchi, ijodiy va ongli faoliyatiga tayyorlovchi samarali vositalardan biridir.
Sport trenirovkasi mashg‘ulotlari ikki yo‘nalishni: umumiy (UJT) va maxsus jismoniy tayyorgarlik (MJT) jarayonining mazmunini o‘z tarkibida umumlashtiradi.
Umumiy jismoniy tayyorgarlik (UJT) jarayoni organlarimiz, tuzilmalarimizning funksiyalarni rivojlantirish bilan sport ixtisosligi uchun lozim bo‘lgan mavjud shart-sharoitlar yuzaga keltiradi, tayyorgarlik jarayoni hajmini kengaytiradi, shuningdek, sportchini turli xil harakat, ko‘nikma va malakalari zahirarsini va ularning orasidagi o‘zaro munosabatlarini boyitadi.
Maxsus tayyorgarlik esa, muayyan sport turi uchun xos bo‘lgan sifat va qobiliyatlarni rivojlantirishni ta’minlaydi, shuningdek, aynan shu sport turiga xos texnik va taktik bilim va amaliy malakalar bilan qurollantiradi.
Umumiy jismoniy tayyorgarlikni ham, maxsus jismoniy tayyorgarlikni ham, mashg‘ulot jarayonidan chiqarib tashlab yoki birini ikkinchisi bilan almashtirib bo‘lmaydi. Chunki umumiy va maxsus tayyorgarlik orasida o‘zaro uzviy bog‘liqlik mavjud. Ularning o‘rtasidan chegara o‘tkazish mumkin emas. Ayrim mutaxassislar shunga tayanib, sport trenirovkasining bu jihatlarini ajratmaslikni taklif qiladilar. Bizning fikrimizcha esa umumiy va maxsus tayyorgarlik o‘zining xusu siy funksiyalari, vositalari, usullari va shuningdek, mashg‘u lot jarayonlari bilan birmuncha bir biridan farq qiladi.
Maxsus jismoniy tayyorgarlik sport ixtisosligining muhim omilidir. Umumiy jismoniy tayyorgarlik esa sportchi rivojlanishining u yoki bu tomonlari orasidagi turli xil aloqalar orqali ixtisoslashish jarayoniga bilvosita ta’sir qiluvchi omildir.
Sportchining UJTgi faqat shug‘ullanuvchining jismoniy sifatlarini har tomonlama rivojlantirish bilan cheklan may, sport ixtisosligi xususiyatlarini ham qisman bo‘lsada jarayonda aks ettirishi lozim. Chunki, alohida jismoniy mashq lar davomida albatta uchraydigan ijobiy va salbiy ta’sirlar umumiy tayyorgarlik jarayonining yo‘nalishiga turlicha ta’sir o‘tkazishi, ayrim sport turlarida esa tyyorgar likdagi cheklashlarga sabab bo‘lishi mumkin. Yuqoridagilardan kelib chiqib UJT turli xil sport turlarida turlicha bo‘lishi va uni MJT bilan almashtirib qo‘ymasligimiz lozim.
UJT va MJT ko‘p yillik sport trenirovkasi jarayoni da vomida, uzoq yillar davomida amalga oshiriladigan uzluksiz jarayon. Qator mualliflar sportchining mahorati ortib bori shi bilan UJT mashg‘ulotlarining soni va unga ajrati ladigan vaqtni kamaytirish kerak deb ishontirishga urinadi lar. UJTning hajmi unga ajratiladigan vaqtni kamaytirish hisobiga emas, balki MJT ustida ko‘proq ishlash hisobiga qisqartilishi kerakligi ilmiy tadqiqotlar va tajribali sport murabbiylarining tajribasi orqali isbotlangan.
Turkum mashg‘ulotlarda UJT va MJTning o‘zaro munosabati quyidagicha bo‘lishi mumkin:
-tayyorgarlik davrining I bosqichida, ayniqsa, poydevor mezosiklida UJT ustunlik qiladi, keyinchalik asta-sekin u kamaytiriladi;
-tayyorgarlikning II bosqichida va musobaqalashish davrida MJT ortadi, bu davrda UJT aktiv dam olish shaklida markaziy o‘rin egallaydi.
Texnik mahorat – sportchini maksimal natijaga erishish uchun sport mashqlarining ratsional texnikasi struktura-sining egallaganlik darajasidir.
Inson ongi harakatlarni o‘zlashtirish, mustahkamlash va takomillashtirish, hattoki uni bajarishda o‘zi ishtirok etmaydigan avtomatlashgan harakatlar ham tobe bo‘lib, uning ijrosida bevosita aynan ishtirok etadi. Undan tashqari har qanday maqsadga muvofiq harakat markaziy nerv sistemasiga afferent nervlardan qayta aloqa shaklida keladigan ma’lu motlar asosida to‘xtovsiz korreksiya qilish jarayoni orqali shakllanadi, sodir bo‘ladi.
Shu boisdan trener sportchi harakat malakasining takomil lashishini boshqarib borishdan tashqari uning ruhiyatiga ta’sir qila bilishi kerak.
Amalda texnik mahoratni takomillashtirishning ikki asosiy xili uchraydi:
1) harakat texnikasining asosi shu xarakat texnikasining zamonaviy ratsional strukturasiga mos va sportchi jismoniy tayyorgarligining shaxsiy xususiyatlariga muvofiqligi;
2) sportchi harakatining texnikasi uning funksional imkoniyatiga butunlay mos kelmaydi va zamonaviy texnika modeliga nisbatan muvofiq emas va nisbatan ijroda kamchiliklari mavjudligi.
Shunga ko‘ra harakat malakalarini takomillashtirish jarayo niga turlicha yondoshuv zarur bo‘ladi.
Birinchi holatda mahorat to‘g‘ri harakatlarning son jihatidan yanada rivojlanishi bilan bog‘liq. Tezlik va amplitudaning ortishi, kuch impulslarining ko‘payishi, koordinatsiyaning boshlang‘ich va yetakchi elementlarini aniqlash va ularni yaxlit harakat faoliyatining ritmi bilan o‘zaro munosabati va shuning asosida ma’lum harakat faoliyatini shakllantirish jarayoni bilan bog‘liq.
Ikkinchi holatda harakat texnikasini takomillashti­rish harakat malakasini aytarli darajada puxta o‘zlashtirish va harakat strukturasining samarasiz qismlarini samaraliroq qismlar bilan almashtirish bilan bog‘liq bo‘ladi.
Ish tajribasi va maxsus tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, harakat texnikasidagi kamchiliklarning asosiy sabablari- trener va sportchilarning texnik mahorat darajasini aniqlashga oid ob’ektiv ko‘rsatkich­­larini yaratilmaganligi, uning takomillashib borishini kuzatish o‘lchovlarining yo‘qligi va, shuningdek, sportchi uchun ijro texnikasining mukammal modeli aniq egallamaganligidir.
Muammoning yechimi trener va sportchilarni takomillash-tirilyotgan harakatlardagi hatolarni tizimli tuzatish imkonini beruvchi takomillashgan texnik vositalar yordamida “tez ma’lumot olish metodlari”dan foydalanish malaka va ko‘nikmalarini egallashning shartligidadir.

Download 14,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   167




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish