Ko‘rgazmalilik uslublari - Ko‘rgazmalilik uslubi harakatni namoyish qilish usuli yoki boshqacha aytganda ko‘rgazmali usul bilan aralashtirib yuborish mumkin emas.
Gap shundaki, harakat ko‘rgazmaliligi metodlari harakatni ko‘rish orqali idrok etishni tashkil qilishga asoslangan.
Buning ma’nosi shundaki, murabbiy sportchiga harakatni uning o‘zida «etaklab” his qilishga yordam beradi. Texnikaning asosiy holatlariga e’tibor bergan holda majburan “etaklab” harakat qildirish uning texnik xususiyatini tezroq egallashga imkon yaratadi.
Masalan: nayza uloqtiruvchi qo‘lini dastlabki holatidan snaryadni uloqtirguncha bo‘lgan xolatlari.
Gimnastikada (snaryaddagi mashqlar) sportchini (maxsus trenajerda yoki past o‘rnatilgan snaryad) butun o‘rganayotgan harakati davomida kuzatib boriladi.
Tez axborot uslublari - Bajarilgan harakat, uning sifati, mushaklar tarangligi kuchi, aniqligi, uzoqligi va h.k. xaqidagi axborot.
Masalan: videoyozuv, boksda, tennisda zarb kuchi, to‘p, snaryadning uchish tezligi, yugurish, suzish va h.k. tezligi, tiranish kuchi haqidagi axborot.
Bu yo‘nalishdagi uslublardan foydalanish quyidagi imko-niyatlarni beradi.
1) har qanday murakkab harakatlarga o‘rgatish;
2) tananing har qanday qismiga tanlab ta’sir etish;
3) yuklamaning oz-ozdan eng yuqorisigacha qat’iy qismlarga bo‘lib olib borish;
4) ayrim harakat sifatlarini tanlov asosida takomil-lashguncha rivojlantirish.
Ba’zan bu guruhdagi usullarni mashq yoki amaliy uslublar deb yuritiladi.
Amaliy usullarni (jismoniy mashqlardan foydalanish usul-lari) shartli ravishda ikki guruxga bo‘lish mumkin.
a) o‘rgatish usullari (harakat faoliyatiga)
b) rivojlantirish usullari (jismoniy sifatlarni)
Bu borada «uslubiy yondashish”, “uslubiy yo‘nalish”, “uslubiy usul” atamalarini farqlash zarur.
Quyida harakat reaksiyasini takomillshatirishda uslubiy yondashishlar berilgan.
Harakat faoliyatiga o‘rgatish uslublari - Harakatlarni yaxlitligicha qismlarga bo‘lgan holda ikki xil uslub bilan o‘rgatish mumkin.
Yaxlitligicha o‘rgatish uslubi harakatni yaxlitligicha bir necha marta qaytarish yo‘li bilan o‘rganiladi va takomillashtiriladi.
Uslubni ijobiy tomoni shundaki, harakat texnikasi to‘la-ligicha egallanadi, uning barcha qismlari o‘zaro bog‘liq holda o‘rganiladi, harakat tarkibi, uning ritmiga zarar yetmaydi.
Uslubning kamchiligi - Birinchidan, o‘rganilayotgan mashqni to‘laligicha bajarilganda murabbiy sportchi yo‘l qo‘yayotgan xatolarning barchasiga e’tibor berolmay qoladi. Shuning uchun murabbiy asosiy ko‘zga ko‘ringan xatolarga e’tibor berib texnikadagi ayrim yetishmovchiliklarni ko‘rmay qolishi mumkin, ularni tuzatishga e’tibor bermasligi mumkin.
Ikkinchidan, harakat faoliyatini to‘laligicha (ko‘p marta) takrorlayverish ayniqsa o‘rganishning boshida sportchini tez charchashiga sabab bo‘lishi mumkin.
Bu uslub odatda texnik jihatdan murakkab bo‘lmagan yoki qismlarga bo‘lganda texnikani qo‘pol ravishda buzilishiga olib keluvchi mashqlardan foydalaniladi.
Masalan: to‘p tutish, tortilish va h.k.
Yaxlitligicha o‘rgatish metodi harakatni mustahkamlash va takomillashtirishda ayniqsa yaxshi samara beradi.
Yaxlitligicha bajarish uslubidan quyidagi ko‘rinishlarda foydalaniladi.
a) harakatlar qismlarini sekin-asta ishlab borib qayta baja-rish;
b) texnika qismlarga ishlov berish bilan bajarish;
v) ko‘nikmani mustahkamlash maqsadida bajarish;
g) o‘sib boruvchi kuchlanish yoki tezlik bilan bajarish (harakat tezligiga qarshilik, uni oshirish);
d) tashqi muhit (zal, maydon, tomoshabinlar, raqiblar va h.k.) o‘zgargan sharoitda bajarish;
ye) tananing turli xatolari bajarish.
Harakatni qismlarga bo‘lib o‘rgatish uslubi - Tarkibiga ko‘ra murakkab bo‘lgan xarakatlarni qismlarga bo‘lib o‘rgangan ma’qul. Bu uslubda xarakatlar tizimi nisbatan mustaqil qismlarga (tizimchalarga) bo‘linadi, ular alohida o‘rgani-ladi va keyinchalik bir butun qilib birlashtiriladi.
Masalan: “Oldinga cho‘zilib dumalash”
Ijobiy tomonlari:
- o‘rganish uchun lozim bo‘lgan qismga barcha e’tibor qaratiladi;
- xatoga yo‘l qo‘yilgan qismlarini qayta bajarilmaydi;
- mashqni to‘laligicha bajarishga qaraganda kamroq charchaydi.
Uslubning kamchiliklari:
Uni xarakatlar qismga ajralmaydigan yoki ajralsa ham texnikaga putur yetadigan holatlarga qo‘llab bo‘lmaydi.
Masalan: bir oyoqni siltab va ikkinchisi bilan itarilib qo‘llarda turish.
- mashqlarni har qanday va hatto omilkorlik bilan qismlarga ajratish xarakatning qaysidir xususiyatlarini (vaqt, kuch, ritmikligi) yo‘qotishga olib keladi.
Uslubga talablar:
- ajratiladigan qismlariga putur yetkazmay qismlarga bo‘lish lozim.
Masalan: “Joyida turib orqaga salto qilish” buni “oyoqni faqat ko‘krakka bukkan holatda yuqoriga sakrash” ni o‘rganishga kirishmasdan, orqaga ham burilish holatini yuzaga keltirish lozim. Guruhda chalqancha yotgan holatda yuqoriga sakrash to‘shakka qaytish.
- ajratilgan qismlarini o‘rganish mashqlari sifatida harakat faoliyatiga kiritgani ma’qul.
Sakrashlar: uzunlikka sakrash, sakrab chopish, qadamlab sakrash, uch marta sakrashga o‘rganishda yondoshtiruvchi mashqlar bo‘lib hisoblanadi.
Bu usulni texnik jihatdan murakkab bo‘lgan sport turlarida (sport va gimnastika, konkida figurali uchish, akrobatika va boshqalar) ayniqsa samarasi hisoblanadi.
Uslubning turlari:
- harakat qismlarini ketma-ket o‘rganish va ularni bir butunga qo‘shib o‘rgatish (suzish usullariga o‘rgatish),
- harakat qismlarini ketma-ket o‘rganish va ularni bir-birini asta-sekin bog‘lash (sport gimnastikasi-snaryadda mashqlar)
- aniqlik kiritish maqsadida harakat qismlarini qisqa muddatga ajratish,
- harakat qismlarini “o‘rganish mashqlari” shaklida ishlash.
- asosan jismoniy sifatlarni tarbiyalashga qaratilgan usullar (rivojlanish usullari).
Tashqi yuklama va dam olishning turli shakllarini aql bilan biriktirish (qo‘yilgan vazifaga muvofiq ravishda) uslubning asosini tashkil etadi.
Yuklamaning turlari:
Do'stlaringiz bilan baham: |