Termiz davlat universiteti psixologiya kafedrasi



Download 3,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/295
Sana16.01.2022
Hajmi3,08 Mb.
#375197
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   295
Bog'liq
umumiy psixologiya

Ijodiy xayol deb,
 bizning tajribamizda bo‘lmagan va voqelikning o‘zida ham 
uchramagan  narsa  va  hodisalar  haqida  tasavvur  va  obrazlar  yaratishdan  iborat 
bo‘lgan xayol turini aytiladi. 
Odam  o‘zining  ijodiy  xayolida  o‘zi  biror  yangi,  original  narsa  yaratadi. 
Masalan, 
yozuvchi 
o‘z 
asari  uchun 
personajlarning 
tipik 
obrazlarini 
yaratayotganida  uning  xayoli  mana  shunday  ijodiy  xayol  bo‘ladi.  Ixtirochining 
yangi  mashina,  yangi  asbob  loyihasini  yaratayotganidagi  xayoli  mana  shunday 
ijodiy xayoldir. 
Tadqiqotchining  biror  gipoteza  yoki  eksperiment  rejani  yaratayotganidagi 
xayoli  mana  shunday  ijodiy  xayoldir.  Ijodiy  xayolning  o‘ziga  xos  xususiyatlari 
quyidagilardan  iborat  bo‘ladi.  Avvalo  yaratilayotgan  obrazning  obyekti  haqiqatda 
yo‘qligi,  qandaydir  biron  yangi  narsa  yaratilayotganligi  anglanadi.  So‘ngra, 
jamiyatning  va  shu  muayyan  kishining  ehtiyoj  va  manfaatlari  o‘sha  obrazni 
yaratishga 
rag‘batlantiradi,  shu  obrazning  yaratilishi  o‘sha  obrazni  yaratayotgan  odamdagi 
shaxsiy  tasavvurlar  va  bilimlar  boyligiga,  shuningdek,  o‘sha  odam  xayolining 
alohida  ijodiy  xislatlariga  bog‘liq  bo‘ladi.  Ijodiy  xayol  obrazlari  so‘zlarda  yoki 
moddiy obyektlarda gavdalantirilishi, tasvir qilinishi mumkin. 
Ijodiy  xayol  san‘atning  hamma  turlarida  –  poeziyada,  musiqada,  tasviriy 
san‘atda (suratkashlikda), arxitekturada, qishloq xo‘jaligidagi novatorlikda, fan va 
texnika sohasidagi ixtirolarda namoyon bo‘ladi. 
Ijodiy  xayol  jarayonida  odam  o‘z  ongida  faqat  yangi  mazmun  yaratibgina 
qolmaydi, shu bilan birga, obyektiv olamda yangi real narsalar ham yaratadi. Shuni 
nazarda  tutish  kerakki,  tasavvur  xayoli  bilan  ijodiy  xayol  o‘rtasidagi  farq  faqat 
nisbiy  farqdir.  Ijodiy  xayol  jarayonida  bo‘lgani  kabi,  tasavvur  xayoli  jarayonida 
ham  obyektlarning  obrazlari  yaratiladi,  yangidan  ijod  qilinadi.  Xayolning  bu  ikki 
turi ham aslida ijodiy jarayondir. 
Orzular  va  shirin  xayol  surishlar  ijodiy  xayolning  alohida  turlaridir.  Orzu  – 
ijodiy  xayolning  tilakdagi  kelajakka  qaratilgan  faoliyatidir.  Orzu  qilish  – 


69 
 
Tafakkur  deb  narsa  va  hodisalar  o‘rtasidagi  eng  muhim  bog‘lanishlar  va 
munosabatlarning ongimizda aks ettirilishiga aytiladi.
 
ko‘nglimizga  yoqadigan  istiqbol  obrazlarini  yaratish  demakdir.  Chunonchi,  yosh 
yigit kelgusida pedagog, muhandis, tokar, shifokor, traktor haydovchi, uchuvchi va 
hokazo bo‘lishni orzu qiladi. 
Odamning  kosmosga  uchishi  yaqin-yaqingacha  ham  ro‘yobga  chiqmaydigan 
orzu,  deb  hisoblanib  kelgan  edi,  endilikda  esa  kosmonavtlar  kosmosda  bir  necha 
o‘n  million  kilometr  masofani  bosib  o‘tdilar.  Endi  biz  Oy,  Mars,  Venera, 
Koinotning  boshqa  planetalariga  uchishni  orzu  qilmoqdamiz.  Bu  orzu  ham  real 
orzudir.  Bu  orzu  ham  amalga  oshiriladi.  Binobarin,  agar  xayolda  yaratilgan 
obrazlar  amalga  oshirilishi  mumkin  bo‘lsa  va  haqiqatan  amalga  oshirilayotgan 
bo‘lsa,  bunday  obrazlarni  yaratib  bergan  xayolni  real  xayol  deb  aytamiz. 
Texnikaning, san‘atning hamma turlari mana shunday real xayol mahsullaridir. 
Maktab o‘quvchisining «kelgusida qahramon bo‘laman» degan orzusi va shu 
orzuning  haqiqatan  amalga  oshirilganligi  mana  shunday  real  orzudir.  Kuchli  real 
xayol ilmiy bashoratning, fan istiqbolini oldindan ko‘rishning eng muhim tarkibiy 
bo‘laklaridan  biridir.  Masalan,  K.  E.  Siolkovskiy  mana  shunday  juda  kuchli  real 
xayol  qilish  quvvatiga  ega  edi.  Bu  haqda  Yu.  A.  Gagarin  quyidagilarni  yozadi: 
«Shuni  aytish  mumkinki,  Siolkovskiy  o‘zining  «Yerdan  tashqarida»  degan 
kitobida  men  o‘zim  uchgan  vaqtda  ko‘rgan  narsalarning  hammasini  juda  ravshan 
tasavvur qilgan. Kosmosga ko‘tarilgan insonning ko‘zi oldida gavdalangan olamni 
Siolkovskiy hammadan ko‘ra ravshanroq tasavvur qilgan edi». 
 

Download 3,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   295




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish