Termiz davlat universiteti psixologiya kafedrasi


O‟tmishda  idrok  qilingan  narsalarning  hisqtuyg‟u,  fikr  va  ish



Download 3,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/295
Sana16.01.2022
Hajmi3,08 Mb.
#375197
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   295
Bog'liq
umumiy psixologiya

O‟tmishda  idrok  qilingan  narsalarning  hisqtuyg‟u,  fikr  va  ish 
harakatlarning  ongimizga  qaytadan  tiklanishi  esga  tushirish  deyiladi.  Esga 
tushirishning nerv-fiziologik asosi bosh miya po‟stida ilgari hosil bo‟lgan nerv 
bog‟lanishlarning qo‟zg‟alishidir. 
Idrok qilingan narsalar miyamizda o‘rnashib qolishi, esimizda turishi tufayli, 
ular  turli  usulda  esimizga  tushishi  mumkin.  Esda  saqlash  deyilganda  ilgari 
tug‘ilgan  taasurot,  fikr,  his-tuyg‘u  va  ish  harakatlarning  jonlanib,  takrorlanib 
turishga  moyillik  paydo  qilishi  va  mustahkamlanishini  tushunamiz.  Ana  shunday 
moyillikning hosil bo‘lishi va mustahkamlanib qolishi nerv sistemasining plastiklik 
deb  ataluvchi  alohida  xususiyatga  ega  bo‘lishi  bilan  bog‘liq.  Shuning  uchun  ham 
nerv sistemasi ilgari bo‘lib o‘tgan tassurotlarni takrorlashga tayyor turadi. 
Unutish
-
ilgarilari  esga  olib  qolingan  narsalarning  ongimizdan  tamomila  yo‘qolishi,  ya‘ni 
uni esda tutishga batamom qarama-qarshi jarayon deb tushunamiz. Bu xato fikrdir. 
Esdan  chiqarish  xotirani  ko‘pgina  keraksiz  detallardan  holi  qilish  va  eslab 
qolinganini umumlashtirish, shu orqali esa uning saqlanib qolishiga yordam beradi. 
Esdan chiqarishning o‘ziga xos xususiyati uning bir tekisda bo‘lmasligidir. Esdan 
chiqarishning oldini olish uchun u materialni shunday, biroq o‘z vaqtida takrorlash 
kifoyadir, chunki esdan chiqarilgan narsani qayta tiklash uchun anchagina mehnat 
talab qilinadi. 
Xotiraning  mexanizmlari  haqidagi  fiziologik  nazariyalar  I.P.Pavlovning  oliy 
nerv  faoliyati  qonuniyatlari  haqidagi  ta‘limotining  eng  muhim  qoidalari  bilan 
chambarchas bog‘liqdir. Muvaqqat shartli bog‘lanishlarning hosil bo‘lishi haqidagi 
ta‘limot-bu  sub‘yektning  individual  tajribasi tarkib  topishi  mexanizmlari  haqidagi 
ta‘limot, ya‘ni aslida «fiziologik darajada esda olib qolish» nazariyasidir.  
Xotira  kishi  hayoti  va  faoliyatining  barcha  jabhalarida  ishtirok  etishi  sababli 
uning  namoyon  bo‘lishi  shakllari  ham  benihoya  rang-barangdir.  Xotiraning 
turlarga  bo‘linishi,  eng  avvalo,  esda  olib  qolish  va  yana  qayta  eyaga  tushirish 
jarayonlari  o‘rin  olgan  faoliyatning  aynan  o‘ziga  xos  xususiyatlar  bilan  bog‘liq 
bo‘lishi  kerak.  Bu  xotiraning  u  yoki  bu  turi  kishida  uning  psixik  tuzilishiga  xos 
xususiyat  sifatida  gavdalangan  hollar  uchun  ham  to‘g‘ridir.  Muayyan  psixik 
xususiyat faoliyatda gavdalanmasidan oldin unda shakllanadi. 
Xotira ta‘riflarining esda olib qolish va qayta esga tushirish jarayonlari sodir 
bo‘ladigan  faoliyatning  xususiyatlariga  bog‘liqligi  xotiraning  har  xil  turlarini 
ajratish  uchun  umumiy  asos  bo‘lib  xizmat  qiladi.  Bunda  xotiraning  ayrim  turlari 
uchta asosiy mezonga muvofiq tarzda bo‘linadi:  
1)  faoliyatda  ko‘proq  sezilib  turadigan  psixik  faollikning  xususiyatiga  qarab 
xotira harakat, emosional, obrazli va so‘z-mantiqli turlariga bo‘linadi; 
2) faoliyatning maqsadlari xususiyatlariga ko‘ra ixtiyoriy va ixtiyorsiz  xotira 
turlariga bo‘linadi 
3)  materialni  qancha  vaqt  esda  olib  qolish  va  esda  saqlash  muddatiga  ko‘ra 
(uning  faoliyatdagi  roli  va  tutgan  o‘rniga  bog‘liq  ravishda)  qisqa  muddatli,  uzoq 
muddatli xotira turlariga bo‘linadi. 
Harakat xotirasi
-turli xildagi ish harakatlari va ularning sistemasini esda olib 
qolish, esda saqlash va yana qayta esga tushirishdan iboratdir.  


66 
 
Xayol  deb  biz  ilgari  idrok  qilmagan,  tajribamizda  uchratmagan  narsa  va 
xodisalarning  obrazlarini  mavjud  xotira  tasavvurlari  asosida  miyamizda  yaratishda 
ifodalanadigan faoliyatga aytiladi.  
 
Emotsional  xotira
-his-tuyg‘uga  xos  xotiradir.  His-tuyg‘ular  hamisha  bizga 
ehtiyojlarimiz  va  qiziqishlarimiz  qanday  qondirilayotgani,  bizning  tevarak-
atrofdagi  olamga  munosabatimiz  qanday  yo‘lga  qo‘yilganligi  haqida  xabar  berib 
turadi. Shuning uchun ham hissiy xotira har bir kishining hayoti va faoliyatida juda 
muhim ahamiyatga egadir. 
Obraz  xotirasi
  tasavvurlarni,  tabiat  va  hayot  manzaralarini,  shuningdek, 
tovushlarni,  hidlarni,  ta‘mlarni  esda  olib  qolishdan  iborat  xotira  hisoblanadi.  U 
ko‘rish, eshitish, hid bilish, ta‘m bilishga oid xotiradir. 
Bizning o‘y-fikrlarimiz 
so‟z-mantiq
 xotiraning mazmunini tashkil etadi. O‘y-
fikrlar  nutqsiz  mavjud  bo‘la  olmaydi,  shuning  uchun  ham  ularga  oid  xotira  ham 
shunchaki mantiqiy deb emas, balki so‘z-mantiq xotira deb ataladi. O‘y-fikrlar turli 
xildagi  til  shakllarida  mujassamlashgan  bo‘lishi  mumkinligi  vajidan  ularning  aks 
ettirilishi materialning yo faqat asosiy mohiyatini yetkazishga, yoxud uning aynan 
so‘z bilan ifoda etilishiga qaratilgan bo‘lishi mumkin. 
Biron narsani  esda  olib qolish  yoki  eslash  uchun  maxsus  maqsad  bo‘lmagan 
holda esda olib qolish va yana qayta esga tushirish ixtiyorsiz xotira deb ataladi. 
Oldimizga  bironta  maqsad  qo‘yib  esda  olib  qolganimizda  ixtiyoriy  xotira 
haqida gap boradi. 
Har  kimning  o‘ziga  xos  xotira  xususiyatlari  bor.  Xar  kimning  xotirasidagi 
farq  xotiraning  kuchida  ifodalanadi.  Ma‘lumki,  xotirasi  kuchli  va  xotirasi  zaif 
odamlar bor. Xotiraning kuchli-kuchsiz bo‘lishi esda olib qolish va esdan chiqarish 
tezlik  darajasiga  qarab  belgilanadi.  Tez  esga  olib  sekin,  bora-bora  unutish  kuchli 
xotiraning xarakterli xususiyati bo‘lsa, sekin esda olib qolish va tez esdan chiqarib 
qo‘yish kusiz xotira belgilaridandir. 

Download 3,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   295




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish