Termiz davlat universiteti psixologiya kafedrasi


Xayol haqida tushuncha. Xayol turlari, tasavvur xayoli, ijodiy xayol



Download 3,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/295
Sana16.01.2022
Hajmi3,08 Mb.
#375197
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   295
Bog'liq
umumiy psixologiya

 
6.2. Xayol haqida tushuncha. Xayol turlari, tasavvur xayoli, ijodiy xayol,  
ixtiyoriy va ixtiyoriy xayo, orzu, tush ko‟rish va shirin xayol 
Turmushning muayyan bir sharoiti, odamning bilish, amaliy, axlokiy, estetik 
va  boshka  extiyojlari  xayol  jarayoniga  sabab  buladi. Ma‘lumki,  kishilar  utmishda 
tabiat berayotganiga kanoat qilmay, uni uzgartirish, kayta kurish va undan kuprok 
narsalarni  undirib  olish  uchun  xayol  so‘rganlar.  Natijada  xayollarida  yangi-yangi 
mexnat  kurollari  obrazlarini  yaratganlar,  bu  obrazlar  asosida  esa  usha  kurolning 
uzini  yasaganlar.  Demak,  dastlab  xayol  obrazlari  tabiatni  uzgartirshga  extiyoj 
sezish tufayli kishilarda paydo bulgan.  
Xayol yuksak bilish jarayoni bo‘lib, u kishining o‘ziga xos insoniy xarakterga 
ega bo‘lgan faoliyatida namoyon bo‘ladi. Mehnatning natijasini xayolga keltirmay 
turib,  ishga  kirishb  bo‘lmaydi.  Fantaziya  yordami  bilan  kutilayotgan  natijani 
tasavvur qilish uning muhim xususiyatidir. 
Bizning ongimizda o‘zimiz ilgari idrok qilgan obyektlar to‘g‘risidagina emas, 
shu  bilan  birga,  biz  idrok  qilmagan  obyektlar  (narsalar,  voqealar,  shaxslar,  joylar 
va shu kabilar) to‘g‘risida ham tasavvurlar bor. Masalan, garchi biz Antarktikada, 


67 
 
Janubiy  qutbda  bo‘lmagan,  Mirniy  pasyolkasidagi  tadqiqotchilarning  hayotini  va 
ishini  ko‘rmagan  bo‘lsak  ham,  lekin  ular  haqida  bizning  tasavvurimiz  bor,  biz 
Vatanimizning  uzoq  o‘tmishidagi  voqealar  to‘g‘risidagi  tasavvurga  egamiz,  o‘n, 
yuz  va  ming  yillardan  keyin  nimalar  bo‘lishini  tasavvur  qilamiz  va  hokazo.  Biz 
kosmik  kemalarning  Oyga  va  boshqa  planetalarga  uchishini  tasavvur  qilishimiz 
mumkin.  Bu  tasavvurlarni  xayolimiz  yaratib  beradi,  xotira  tasavvurlaridan  farq 
qilgan bu tasavvurlar xayol tasavvurlari yoki fantaziya tasavvurlari deb ataladi. 
Xayol  vujudga  keltirayotgan  obrazlar  (tasavvurlar)  faqat  ongning  subyektiv 
mazmunigina bo‘lib qolmaydi, shu bilan birga, bu obrazlar odamlarning hayoti va 
faoliyatida  og‘zaki  va  yozma  nutqda  ifodalanadilar;  narsalarda,  bo‘yoqlarda, 
tovushlarda,  she‘r  va  proza  tariqasidagi  adabiy  asarlarda  va  san‘atning  boshqa 
turlarida gavdalanadi. 
Shunday  qilib,  xayol  ong  faoliyatidir,  bu  faoliyat  ilgari  biz  idrok  qilmagan, 
tajribamizda  uchratilmagan  narsa  va  hodisalarning  obrazlarini  mavjud 
tasavvurlarimiz  asosida  miyamizda  yaratishda  ifodalanadi.  Odamning  miyasida 
ilgari  vujudga  kelgan  muvaqqat  bog‘lanishlarning  miyada  gavdalanishini  va  bu 
bog‘lanishlar  bir-biri  bilan  tutashib,  yangicha  paydo  bo‘lishini  xayolning  nerv-
fiziologik negizi deb hisoblamoq kerak. 
Ongning  boshqa  funksiyalari  kabi  xayol  ham,  tarixan,  avvalo  odamning 
mehnat  faoliyatida  rivojlanib  kelgan.  Odamlar  o‘z  ehtiyojlarini  qondirmoq  uchun 
odam  aralashmasdanoq  tabiat  berayotgan  mahsuldan  ham  ko‘ra  ko‘proq  mahsul 
olish 
niyatida 
tevarak-atrof 
olamni 
o‘zgartirganlar 
va 
uni 
o‘zlariga 
bo‘ysundirganlar.  O‘zgartirmoq  va  yaratmoq  uchun  esa  istalgan  narsani  oldindan 
tasavvur  qilish,  shunday  o‘zgartirishga  qanday  yo‘llar  bilan  erishishni  va  uning 
natijalarini tasavvur qilish lozim bo‘lgan. Bora-bora odamning xilma-xil ehtiyojlari 
–  ijtimoiy,  bilish,  estetik  va  shu  kabi  ehtiyojlari  rivojlana  borgan  sari  xayol  ham 
rivojlana borgan. Jamiyatdagi odamlarning ijodiy faoliyatida namoyon bo‘layotgan 
xayol  ham  ijtimoiy  hayot  sharoitiga  va  umumiy  madaniy  rivojlanish  darajasiga 
qarab,  shu  jamiyatdagi  odamlarning  asosiy  intilishlariga  qarab,  alohida  xarakter, 
alohida yo‘nalish kasb qilaveradi. 
Xayol  tasavvurlarining  idrok  obrazlaridan  va  xotira  tasavvurlaridan  farqi 
shuki,  xayol  tasavvurlari  tajribamizda  orttirilgan  obyektlarga  ega  emas.  Xo‘sh, 
odamlarning  ongida  bu  obrazlar  qayerdan  va  qanday  qilib  paydo  bo‘ladi,  degan 
savol  tug‘iladi.  Albatta,  bu  obrazlar  biror  manbaga  ega  bo‘lmay,  yo‘q  narsadan 
paydo  bo‘lishi  mumkin  emas.  Muayyan  bir  ehtiyoj  mavjud  bo‘lgan  taqdirda 
xayolning  tegishli  obrazlari  xayol  tasavvurlari  insonning  tajribasiga  va  xotira 
tasavvurlariga  asoslanib  hosil  bo‘lishi  va  tarkib  topishi  mumkin.  Bu  tasavvurlar 
xayol tasavvurlarini vujudga keltirishga asos bo‘ladigan materialdir. 

Download 3,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   295




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish