Termiz davlat universiteti psixologiya kafedrasi


Hozirgi zamon psixologiyasining tuzilishi va prinsiplari



Download 3,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/295
Sana16.01.2022
Hajmi3,08 Mb.
#375197
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   295
Bog'liq
umumiy psixologiya

1.3.Hozirgi zamon psixologiyasining tuzilishi va prinsiplari 
Hozirgi  zamon  psixologiyasi  oldida  mustaqilligimizni  mustahkamlash  bilan 
bog‘liq  bo‘lgan  ulkan  va  mas‘uliyatli  vazifalar  turadi.  Psixologiyani  jiddiy 
o‘rganishga  har  bir  kishi  o‘zini  ham  kuchli,  ham  zaif  tomonlarini,  o‘z 
imkoniyatlarini, o‘zining ijobiy sifatlarini yanada yaxshilash, nuqsonlarini yo‘qota 
olish kabi vazifalarni o‘z oldiga qo‘ya bilmog‘i lozim. 
Bu  esa  psixologiya  fanini  o‘rganishning  inson  uchun  qay  darajada 
muhimligini ko‘rsatadi. Psixologiya fani oldida ham nazariy, ham amaliy vazifalar 
turadi. 
Uning nazariy vazifalariga: 
– psixik hodisalarning paydo bo‘lish xususiyatlarini o‘rganish; 
– uning mexanizmlari va qonuniyatlarini ilmiy jihatdan yoritib berish; 
– psixik jarayonlarni fiziologik jarayonlar bilan birga talqin qilish; 
–psixik hodisalarni hayotda, amaliyotda, turli faoliyatlar jarayonida paydo bo‘lishi 
omillarini o‘rganish; 
–  intellekt  (zehn,  aql,  idrok),  abstrakt  tafakkur  qilish  qobiliyatini  shakllanishini 
tezlatish muammosini hal qilish; 
–  insonda  «mudrab  yotgan  layoqatlarni  qobiliyat  darajasida  shakllanishini  ilmiy 
asoslab berish»; 
–  yangicha  fikrlash,  ya‘ni  yangicha  tafakkur  qilishning  psixologik  masalalarini 
yoritib  berish.  Shuningdek,  aqliy  taraqqiyotga,  kasb-hunar  o‘rganishga,  yosh  va 
individual  xususiyatlarni  o‘rganish,  ijodiy  faoliyat,  badiiy  ijodiyot,  mehnatda 
ijodning  paydo  bo‘lishi,  axborot  vositalari  va  pedagogik  texnologiyaning  bilim 
egallashga  ta‘sirini  o‘rganish,  ta‘lim  jarayonini  takomillashtirish  va  uni  hayotga 
tatbiq qilishdan iboratdir. 
Psixologiyaning  amaliy  vazifalari  psixologik  bilimlarni  keng  jamoatchilik 
ommasiga  yetkazib  berishdan  iboratdir.  Hozirgi  sharoitda  otaonalar,  tarbiyachilar 
bola  tarbiyasida  psixolog-pedagoglarning  psixologik  bilimlariga  muhtojdirlar. 
Turli  yoshdagi  bolalarning  yoshlik  va  individual  farqlarini  ajratish,  ularga 
individual  munosabatda  bo‘lish,  iqtidorli  bolalar  bilan  ishlash,  yakka  bola 
tarbiyasi,  tarbiyasi  qiyin  bolalarga  o‘zaro  munosabat,  turli  yot  oqimlarga  kirib 
ketuvchilar  bilan  ishlash,  sust  o‘zlashtiruvchi  bolalar  bilan  ishlash,  psixik 


10 
 
rivojlanishida  orqada  qolgan,  psixik  taraqqiyoti  tutilib  qolgan  yoki  rivojlanishida 
kamchiligi  bo‘lgan  bolalar  bilan  ishlash  kabi  masalalarda  ruhiy  taraqqiyot 
qonunlariga  doir  psixologik  bilimlardan  keng  jamoatchilikni,  ota-onalar,  mahalla 
faollarini bahramand qilishdan iboratdir. 
Jamoatchilikni psixologik bilimlardan xabardor qilish, (ro‘znoma va oynoma) 
gazeta  va  jurnallarda  maqolalar  chop  etish,  radio  va  teleko‘rsatuvlarda  turli 
eshittirishlar  tashkil  qilish,  ota-onalar  bilan  suhbatlashish,  shahar  va  viloyatlarda 
ota-onalar  universitetlarini  uyushtirish  va  uning  ishini  faollashtirish,  mahallalarda 
bola  tarbiyasi  haqida  ma‘ruza,  davra  suhbatlarini  uyushtirish  yo‘li  bilan  amalga 
oshiriladi. Bu vazifalarni amalga oshirish jamiyatimiz taraqqiyotida, komil insonni 
shakllantirishda, sog‘lom turmush tarzini barpo qilishda muhim rol o‘ynaydi. 

Download 3,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   295




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish