Termiz davlat universiteti psixologiya kafedrasi



Download 3,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/295
Sana16.01.2022
Hajmi3,08 Mb.
#375197
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   295
Bog'liq
umumiy psixologiya

Psixologiyaning ob‟ekti
 sifatida - bir inson yoki aniq bir shaxs emas balki 
turli  ijtimoy  guruhlar,  omma  va  boshqa  insonlarning  uyushma  shakllari  xizmat 
qiladi (1-sxema).  
Shu  tariqa, 
inson  psixologiyasining  predmeti
  bo‗lib,  insonlarning  turli 
hayot va faoliyati  bosqichlarida hamda har xil sharoitlarda individual va guruhiy 
psixikaning  namoyon  bo‗lishi,  rivojlanishi,  shakllanishi,  faoliyat  hamda  yuzaga 
kelish qonuniyati, ayrim psixik fenomenlar va mexanizmlaridir. 
Psixologiya  bo‘yicha  adabiyotlarda  uning  predmetini  qisqacha    qilib, 
psixikadir, deb ta‘rif berishadi.  Psixika – bu inson ruhiyatining  shunday  holatiki, 
Psixologiya–bu
  insonlarning  turli  hayot  va  faoliyati  bosqichlarida  hamda 
har  xil  sharoitlarda  ularning  psixikasini  namayon  bo„lishi,  rivojlanishi, 
shakllanishi, faoliyat hamda yuzaga kelish qonuniyati to„g„risidagi fan.
 



 
u  tashqi  olamni  (ichki  ruhiy  olamni    ham)  ongli  (ba‘zan  ongsiz  ham)  tarzda  aks 
ettirishimizni,  ya‘ni  bilishimiz,  his  qilishimiz,  tasavvur  qilib,  anglashimizni 
ta‘minlaydi.  An‘anaviy  ta‘riflarda    psixologiya    fan  sifatida  ana  shu  ―psixikaning 
faktlarini, qonuniyatlarini va  mexanizmlarini o‘rganadi‖, – deb ham bayon etilgan.  
Lekin  bu  qisqa  ta‘riflardan    psixikaga  aloqador    jarayonlar  ongning  aks  ettirish 
shakllari  ekan,  degan  yuzaki  xulosaga  kelish  noto‘g‘ri    bo‘ladi.  Chunki    inson 
psixikasi  va  uning  ruhiy  olamiga  aloqador    hodisalar  va  jarayonlar  shu    qadar 
murakkab  va  xilma-xilki,  biz  ba‘zan  o‘z-o‘zimizni  ham  tushunmay  qolamiz. 
Shuning  uchun  ham  odamlarning  bilimdonligi  nafaqat  tashqi  olamda  ro‘y 
berayotgan  obektiv    hodisalar  mohiyatiga    aloqador    bilimlar    majmuiga    ega  
bo‘lish  bilan,  balki  hayotda  munosib  o‘rin  egallash,  o‘z  ichki  imkoniyatlari  va 
salohiyatidan samarali foydalangan   holda    faoliyatini   oqilona    tashkil    etishning 
barcha  sirlaridan  boxabar    bo‘lish,  o‘ziga  va  o‘zgalarga  ta‘sir  ko‘rsatishning 
usullarini  bilish  va  ulardan  o‘z  o‘rnida  unumli  foydalanishni  nazarda  tutadi. 
Psixologik    bilimdonlikning  murakkabligi  aynan  shundaki,  atrofimizdagi  narsalar 
va  hodisalarning    mohiyatini  bevosita  his  qilib  bilishimiz  mumkin,  lekin  psixik 
hayotga    aloqador  bo‘lgan  jarayonlarni,  o‘zimizda,  miyamiz,  ongimizda  ro‘y 
berayotgan  narsalarning  mohiyatini bilvosita bilamiz.  Masalan, o‘rtoqlarimizdan 
biri  bizga  yoqadi, doimo bizda yaxshi, ijobiy taassurot  qoldira oladi, lekin uning 
u  yoki  bu  xatti-harakatlarini  bevosita  ko‘rib,  baholab,  tahlil  qilolsak-da,  unga 
nisbatan  his  qilayotgan  mehrimizni,  uzoq  ko‘rishmay  qolganimizda  uni 
sog‘inayotganligimiz    bilan    bog‘liq    hisni  bevosita  ko‘rib,  idrok    qilish 
imkoniyatiga  ega  emasmiz.  Aynan  shunga  o‘xshash  holatlar  psixologiya 
o‘rganadigan    hodisalar    va  holatlarning  o‘ziga  xos  tabiati  va  murakkabligidan 
darak beradi va ularni boshqa turli  hodisalardan farq qiladi. 
Shunday    qilib,    psixologiya    fani  o‘rganadigan  jarayonlar  va  hodisalar 
murakkab  va    xilma-xil.  Ularni    o‘rganishning    ikki    jihati    bor:    bir    tomondan, 
ularni  o‘rganish  qiyin,    ikkinchi    tomondan    oson  ham.    Oxirgi    jihati  xususida 
shuni aytish  mumkinki,  bu hodisalar bevosita bizning o‘zimizda berilgan, ularni 
uzoqdan    qidirish,    mavhum    analogiyalar    qilish  shart  emas,  boshqa  tomondan, 
ular  o‘zaro  bir-birlari  bilan  bog‘liq  va  umumiy  qonuniyatlar  va  printsiplarga 
bo‘ysunadi.  Demak,    qisqa  qilib,  psixologiyaning  predmeti  konkret  shaxs,  uning 
jamiyatdagi xulq-atvori va turli  ichki   kechinmalari,   amallari    va  faoliyatlarining  
o‘ziga  xos tarzda ongi tomonidan aks ettirilishidir, deb ta‘riflash mumkin. 
Psixologiya  fanining  bugungi  kundagi  vazifalari,  tabiiy,  uning  predmetiga 
biroz  o‘zgarishlar  kiritadi.  Zero,  inson  ongi  va  qalbi  uchun  kurash  muammosi 
butun  dunyo  miqyosida  dolzarb  turgan  masala  sifatida  qaralishini  inobatga  olsak, 
jamiyatimizning      har    bir    a‘zosi,    mustaqil    yurt  fuqarolari  ongining  milliy-
madaniy  muhit  ta‘sirida,  milliy  hamda  umuminsoniy  qadriyatlar  asosida 
shakllanishi,    ular  qalbida  sof  imon  va  sog‘lom  dunyo  qarashlar,  mustaqil 
fikrlashning    shakllanishi    mexanizmlarini    o‘rganish    ham    fanning  muhim 
predmeti    hisoblanadi.    Ayniqsa,  bugungi  yoshlarda  aniq    maqsad  va  maslakning 
bo‘lishi,  milliy  iftixor  va  g‘urur  tuyg‘ularining  to‘g‘ri  tarbiyalanganligi yaxlit 
xalq  va  millat  manfaatlari  bilan  uyg‘undir.  Psixologiya fan sifatida aynan har 
bir  shaxsda  o‘ziga, yurtdoshlariga, turli faoliyat turlari  hamda dunyoga nisbatan 
to‘g‘ri  munosabatlarni  shakllanishi yo‘llarini ham o‘rganishi kerak. 



 
Psixologiya    sohasida    mukammal    darsliklar    yozila    boshlagan davrga  sal 
kam  ikki  asr  bo‘ldi.  Shu  davr  ichida  juda  ko‘plab  ilmiy  tadqiqot  natijalarini  o‘z 
ichiga  olgan  monografiyalar,  darsliklar,  qo‘llanmalar  yozildi.  Lekin  bu  bilan  fan 
o‘zining jamiyat oldidagi vazifalarini to‘laqonli bajara oldi, degan xulosa chiqarib 
bo‘lmadi. Sababi, psixologiya sohasida faoliyat ko‘rsatgan barcha olimlar ko‘proq 
diqqatlarini  mavhum    shaxs  va  individual  psixologiyaga  qaratdilar.  Vaholanki, 
inson,  uning  barkamolligi,  jamiyat  taraqqiyotiga    bevosita    tasiri    masalasi  o‘ta 
dolzarb va muhim muammolar qatoridan joy oldi. 
XX  asrda  erishilgan  yutuqlardan  eng  muhimi  shu  bo‘ldiki,  inson  o‘z  aql-
idroki, tafakkuri va ijodiy salhiyati  bilan murakkab texnika, elektronika va boshqa 
shunga  o‘xshash  global  texnologiyalarni  kashf  etdi.  Lekin  shu  bilan  birga  ana 
shunday murakkab texnologiyalarni yaratgan inson va uning  hayoti bilan bog‘liq 
muammolar  kamaymadi.  Vaqti  kelganda,  shunday  dalillarga  to‘g‘ri  kelamizki, 
murakkab  elektron  texnikani  yaratgan  o‘ta  aqilli  inson    o‘zi  va  o‘z 
atrofidagilarning  ruhiy  kechinmalarini  to‘g‘ri    baholay  olmasligi  sababli,  o‘zini 
nochor va kuchsiz  sezishi mumkinligini xayot isbotladi. 
XXI  asr  bo‘sag‘asida  juda  ko‘plab  davlatlarda  bo‘lgani  kabi  dunyo 
xaritasida munosib  o‘rin  olgan mustaqil  O‘zbekisonda ham barcha sohalarda tub 
islohotlar boshlandi.  Bu islohotlarning  barchasi  inson  omilini har qachongidan  
ham  yuqori  saviyaga  ko‘tarib,  uning  kuchi,  idroki,  salohiyati,    ruhiy    hamda  
ma‘naviy  barkamolligini    bevosita    taraqqiyot,  rivojlanish  va  sivilizatsiya  bilan 
uzviy  bog‘ladi.  Bundan  inson  va  uning  mukammalligi,  o‘z  o‘rnida  ishlashi,  o‘z 
mukammalligi  xususida  qayg‘urishi  muammosi  har  qachongidan  ham  dolzarb 
masalaga    aylandi.    Fanda    yangi    yo‘nalishlar,    yangicha  yondashuvlar  paydo 
bo‘ldi.    Masalan,    sinergetik    yondashuv    barcha    fanlarda    bo‘lgani  kabi 
psixologiya,  uning  tarmoqlari    hamda  u  bilan  turdosh  bo‘lgan  fanlar  misolida 
yaqqol  namoyon  bo‘la  boshladi.  Eslatib  o‘tamiz,  ―sinergetlar‖  so‘zi  grekcha 
―synergetes  –  xodimlar,    sheriklar‖    so‘zlaridan    olingan  bo‘lib,    sinergiya  – 
synergia    hamkorlikdagi,    hamjihatlikdagi    harakat  ma‘nosini  anglatadi.  Ya‘ni, 
inson  va  uning  psixologiyasini  o‘rganish  va  unga  ta‘sir  ko‘rsatishda  gumanitar 
fanlarning  hamkorlikdagi    rivojlanishi    yoki    boshqacha    qilib  aytganda,  ushbu 
fanlar  maqsadlarining  mushtarak  uyunlashuvi  shaxs  iqtidori  va  qobiliyatlarini 
rivojla,ntirishning ishonchli vositasi sifatida qaraladi.  
Bundan    tashqari,  yangi  davr  fanlarini  rivojlantirishga    akmeologik  
yondashuv  ham    mavjudki, unga ko‘ra,  har  bir  fanning inson uchun  ahamiyati  va 
o‘rni o‘sha fanlarning shaxs kamolotiga qo‘shajak  hissaning  salmog‘ini belgilash 
va  baholashni    taqozo  etadi.  (Akmeologiya  grekcha  ―akme  –  cho‘qqi,  yuqori 
pog‘ona,  gurkiratuvchi  kuch‖  ma‘nolarini  bildiradi  va  uning  predmeti  deganda 
insonning  o‘zini-o‘zi  rivojlantirish  va  o‘zligini  anglashini  yuqori  darajalariga 
etishga o‘rgatuvchi fanlar majmui tushuniladi). 
Inson  psixologiyasini  bilish,  o‘z  taraqqiyotini    va  iqtidorini  tashkil  etishni 
bilish,  har  qanday  yosh  davrda  ham  optimal  ravishda  ishga  yaroqlilikni,  turli 
o‘zgarishlarga  psixologik  jihatdan  tayyorlikni  ta‘minlash,  yangicha  fikrlash  va 
tafakkur  qilish,  ro‘y  berayotgan  jarayonlarni  obektiv  va  to‘g‘ri  idrok  qilish 
qobiliyatini rivojlantirish muammosini ilgari surdi. 



 
Shunday    qilib,  yangi  davr    har  bir  insondan  o‘z  ichki  imkoniyatlarini 
adekvat  bilish,  shu  bilimlar    zahirasi  bilan  yaqinlari  va  hamkasblari  psixik 
dunyosini  bilishni talab    qilmoqda. Buyuk  Suqrot  o‘z  davrida  ―O‘z-o‘zingni bil!‖ 
degan  shiorni  o‘rtaga  tashlagan  edi.  Yangi  davr  bu  bilimlar  yoniga  ―O‘z 
yoningdagilarni  va  ularning  qilayotgan  ishlarini  ham  bil‖,  degan  shiorni  h  ar 
qachongidan  ham  dolzarb  qilib  qo‘ydi.    Ayni  shu  muammoni  echishda    hozirgi 
zamon psixologiya ilmi va amaliyotining roli benihoya kattadir. 
An‘anaga    aylanib    qolgan    hodisalardan    biri  shuki,    psixologiya    va    u 
o‘rganadigan  hodisalarni    faqatgina  ushbu  fan  bilan  bevosita  shug‘ullanadigan 
kimsalar  o‘rganib  kelishgan,  zero,  psixologik    hodisalar    bilan  har  qanday  inson 
ham    tanish   bo‘lishi    va    u   inson  hayotining    asosini tashkil etishi kerak. Yangi 
davr  va  uning  o‘zgarishlarga  boy  hayoti  endi    har  bir  kishining  psixik  hodisalar 
qonuniyatlarini  bilish  va  shunga  mos  tarzda  oqilona  va  omilkorona  ish  yuritish 
zaruratini talab qilmoqda. 
 

Download 3,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   295




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish