1.2.Psixologiya tabiiy va ijtimoiy ilmiy fan sifatida
Kishi psixikasining paydo bo‗lishi va rivojlanishi eng murakkab
muammolardan biri bo‗lib, tabiat qonunlarining mohiyatini tushunib etishga
harakat qiladigan tadqiqotchilarni bu muammo hamma vaqt qiziqtirib kelgan.
Materialistik yo‗nalishdagi olimlar psixikaning paydo bo‗lishini materiyaning uzoq
davom etgan rivojlanishining natijasi deb izohlashadi. Ular materiyaning tabiatini
tadqiq qilisharkan, harakat materiyaning hayot kechirish usuli, uning tarkiban
o‗ziga xos ajralmas xususiyati ekanligi uchun ham materiya harakatining turli xil
shaqllarini o‗rganadilar.
O‗tgan ajdodlarimiz psixologiya muammolarini izchil va atroflicha, muayyan
yo‗nalishda, ma‘lum konsepsiya asosida o‗rgangan bo‗lsalar ham, albatta, o‗z
asarlarida psixik holatlarning aks etishi, namoyon bo‗lishi, rivojlanishi va
o‗zgarishlari to‗g‗risida qimmatli fikrlar bildirishgan. Bular 4 xil manbada
uchraydi: 1) xalq ijodiyotida-rivoyatlar, maqollar, matallar va masallar; 2) maxsus
ijodkor kishilar o‗git-nasihat va hikoyatlarida; 3) qomusiy, O‗rta Osiyo
mutafakkirlarining ilmiy-nazariy qarashlarida; 4) turli davrlarda ijod qilgan shoir
va yozuvchilar ijodining mahsullarida, ya‘ni ilmiy-badiiy asarlarda.
Abu Nasr Forobiyning inson va uning psixikasi haqidagi qarashlari «Ideal
shahar aholisining fikrlari», «Masalalar mohiyati», «Falsafiy savollar va ularga
javoblar», «Jism va aksidensiyalarning shaqllariga qarab bo‗linishi»,
«SHarhlardan», «Hikmat ma‘nolari», «Aql ma‘nolari to‗g‗risida» kabi qator
asarlarida bayon etilgan. Abu Rayxon Beruniy o‗zining «O‗tmish yodgorliklari»
kitobida inson hayotiga doir xilma-xil ma‘lumotlarni keltiradi.
Ibn Sinoning 5 tomlik «Tib qonunlari» asarida organizmning tuzilishi, undagi
nervlar va nerv yo‗llari, fiziologik jarayonlar bilan bog‗liq psixik jarayonlar haqida
ancha muhim ma‘lumotlar bor. Uning «Odob haqida» risolasi ham inson shaxsini
shaqllantirish to‗g‗risidagi jiddiy asardir.
8
Yusuf Xos Xojibning «Qutadg‗u bilig» asaridagi bosh masalalardan biri
komil insonni tarbiyalashdir.
Abdurahmon Jomiyning «Bahoriston», «Xiradnomai Iskandariy», «Tuhfatul
ahror», «Silsilatuz zaxob» va boshqa asarlarida ilm-ma‘rifat, ta‘lim-tarbiya, kasb-
hunar o‗rganish, yaxshi xislatlar va odoblilik haqidagi fikrlar ifodalangan.
Devoniy o‗zining «Axloqi Jaloliy» nomli asarida insoniy fazilatlarni to‗rtga
bo‗ladi va bular donolik, adolat, shijoat va iffatdir.
Alisher Navoiyning «Xazoinul Maoniy, «Maxbubul qulub» va boshqa
asarlarida etuk, barkamol insonning axloqi, ma‘naviyati, odamlarga munosabati,
iste‘dodi va qobiliyati to‗g‗risida qimmatli mulohazalar yuritilgan. Ana shu
psixologik kategoriyalar ijtimoiy adolat qaror topishi uchun muhim ahamiyatga
ega ekani ta‘kidlangan. Shuningdek, Navoiy asarlarida shaxsning kamol topishida
ota-onaning roli, ayollarning iffatliligi, insonlarning kamtarligi masalalari alohida
o‗rin egallaydi.
Rossiyada psixologik qarashlar namunalari. Sharq va qarb madaniyati
ta‘sirida inson ruhiyati bilan bog‗liq qator og‗zaki va yozma, amaliy va ilmiy
asarlarda paydo bo‗la boshladi. (Qarang: /oziev E. Psixologiya, T:»O‗qituvchi»
1994 y. 33-35 betlar).
Psixika haqidagi qarashlar ma‘lum vaqt (salkam 5 asr) kun tartibidan olib
qo‗yildi va XIX asr oxiri va XX asr boshlarida /arbiy Ovrupo mamlakatlarida va
AQSH da yana turli munozaralarga sabab bo‗la boshladi. (I.M.Pavlov,
N.E.Ribakov, K.N. Kornilov, P.P. Blonskiy, A.S. Vigotskiy - Rossiya, U. Djems,
S.Xoll - AQSH, va boshqalar).
Jonsiz, noorganik materiyadan tortib to eng oliy va murakkab materiya
hisoblanmish kishi miyasiga qadar barcha materiya moddiy olamning yalpi
xususiyati - in‘ikos etish xususiyatiga, ya‘ni ta‘sirotga javob qaytarish qobiliyatiga
egadir.
Jonsiz tabiatda harakat jism va moddalarning mexanik, fizikaviy yoki
kimyoviy ta‘siri tarzida yuz berishi mumkin. Noorganik tabiatdagi harakatning
oddiy misollariga e‘tibor qiling: dengizdagi qoya suvning ta‘siriga muayyan
qarshilik ko‗rsatadi - to‗lqinlar qoyaga urilib qaytadi, lekin qoyaning o‗zi ham
sekin- asta emirila boshlaydi; quyosh nuri suv yuzasiga kelib urilgach, sinib
qaytadi; elektr razryadlari natijasida ozon molekulalari hosil bo‗ladi.
Jonli materiyaga in‘ikosning biologik shaqllari xos bo‗lib, jonli materiyaning
ma‘lum bir bosqichida esa in‘ikosning yangi shaqli sifatidagi psixika paydo
bo‗ladi.
Materiya harakatining biologik shaqli-hayot-tabiat rivojlanishining sifat
jihatidan yangi bosqichidir. O‗lik materiyadan tirik materiyaga o‗tishni
izohlaydigan qator gipotezalar mavjud. Ulardan biri A. I. Oparinga tegishli bo‗lib,
unga ko‗ra organik moddalar - atomlari turli shaqllardagi azotning, kislorodning,
vodorodning, fosfor va oltingugurtning atomlari bilan bog‗langan modda uglerod
negizida hosil bo‗lgan birikmalarning paydo bo‗lishi jonli materiya paydo
bo‗lishining zarur sharti hisoblanadi.
Oparinning gipotezasiga ko‗ra taxminan 2 mlrd yil ilgari atmosferada erkin
kislorod ajralib chiqib, organik moddalarda fotoximiyaviy reaksiyaning va
fotosintezning yuz berishiga olib keladi. Organik birikmalarning rivojlanishi
9
jarayonida uglerodning juda ham murakkab birikmalari - benihoya katta
molekulalar paydo bo‗ladi. Bu molekulalar muhit bilan doimiy modda almashinuvi
bo‗lib turishini taqozo qiladi. Bir-biri bilan ko‗shilib kattalashuvi, yoki
maydalashib ko‗payib turishi mumkin deb taxmin qilinadi. Bu o‗ta katta
molekulalar koatservatlar deb atala boshlangan. Jarayon yana takrorlanadi: o‗sish,
parchalanish va hokazo.
Hozirgi tirik organizmning ehtimoldan uzoq bo‗lmagan prototiplari-
koatservatlarda bo‗lgani kabi har qanday jonli materiyada in‘ikos jonsiz tabiatdagi
in‘ikosga qaraganda sifat jihatidan yangi shaql kasb etadi. U faqat tashqi
taa‘surotning kuchi va xarakteriga emas, balki organizmning ichki holatiga ham
bog‗liq bo‗ladi. Har qanday jonli organizm barcha tashqi qo‗zg‗atuvchilarga
nisbatan tanlangan holda «Faol» munosabatda bo‗ladi va bu bilan jonli
materiyaning sifat jihatidan yangi xususiyatini - o‗z - o‗zini tartibga solish
xususiyatini namoyon qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |