Termiz davlat universiteti "pedagogika" kafedrasi umumiy pedagogika



Download 3,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/263
Sana16.01.2022
Hajmi3,45 Mb.
#378627
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   263
Bog'liq
umumiy pedagogika

tarbiyaviy  ta’sir  etish
  ma’nosini  bildiradi  va  o‘quvchilar 
bilan  o‘zaro  munosabatni  boshqarishga  yordam  beruvchi  axloqiy  kategoriya  sifatida  ta’riflanadi. 
0‘quvchilar  bilan  muloqot  jarayonida  ro‘y  beradigan  eng  og‘ir  vaziyatlarda  ham  pedagogik  takt 
o‘qituvchidan mutlaqo bosiqlikni, suhbatdoshiga nisbatan hurmat va ehtiromni talab qiladi. 
Pedagogik takt - o‘qituvchi kasbiy mahoratining asosi bo’lib, o‘quvchilarga barcha demokratik 
talablar  asosida  pedagogik  ta’sir  o‘tkazish,  muloqotni  insonparvariik  tuyg‘ulari  asosida  o‘rnatish 
o’lchovi,  o‘quvchilarda  mustaqil  fikr  yuritishni  hamda  ongli  intizomni  tarkib  toptirish 
ko‘nikmalarini  hosil  qilish  shaklidir.  Pedagogikada  o‘qituvchining  0‘quvchilar  bilan  munosabati 
ularning  yosh  xususiyatlariga  qarab  belgilanishi  va  bu  qonuniyatga  amal  qilinishi  qat’iy  talab 
qilinadi. 
Shunday ekan, о‘qituvchi ta’lim—tarbiya jarayonida hali to'liq shakllanmagan. ta’sirlarga 
va ruhiy kechinmalarga tez beriluvchi. ota-onasining sevimli farzandi bo’lgan murg'ak qalb egalari 


 
 
44 
 
bilan miloqot qilayotganligini aslo unutmasligi kerak.
 
 
As the driving force behind the social 
development of the human person needs 
the influence of objective factors, the 
ordinary people, the biological and 
physical (material) needs, the higher 
(spiritual) needs opportunities to meet 
their needs, as well as a set of relations 
between the states.Needs or create 
reasons for this activity. People looking 
for means and resources to meet their 
own needs. There are options to meet 
the needs of people happy. Otherwise, 
he will be unhappy to learn that the 
driving force.If moral education, and 
social development. Moral education 
and faulty human social breakdown and 
social benefit (theft, extremism, lies, 
fraud, etc.) face. Moral education to 
meet the needs of people looking for 
ways to communicate with people and 
to improve the quality of social. 
These mutual influences aimed at 
the efficient use of power leading 
educational interaction to be successful 
in the. 
Odam ijtimoiy rivojlanishini harakatga 
keltiruvchi kuch deb, kishi ehtiyojlari ta’sirida yuz 
beradigan ob’ektiv omillarni, odamlarning oddiy, 
biologik va jismoniy (moddiy) ehtiyojlaridan boshlab, 
oliy (ma’naviy va ruhiy) ehtiyojlariga qadar bo’lgan 
ehtiyojlar majmui hamda ularni qondirish 
imkoniyatlari orasidagi munosabatlarga aytiladi. 
Ehtiyojlar u yoki bu faoliyatning sabablarini 
vujudga keltiradi. O’zining ehtiyojlarini qondirish 
uchun kishi vosita va manbalar qidiradi. Ehtiyojni 
qondirish imkoniyatlari mavjud bo’lganda, kishi o’zini 
baxtiyor his etadi. Aks holda, o’zini baxtsiz deb bilib, 
unda harakatlantiruvchi kuch paydo bo’ladi. 
Agar odamning axloqiy tarbiyasi to’g’ri bo’lsa, 
u ijtimoiy rivojlanadi. Axloqiy tarbiyasi nosoz 
odamning ijtimoiy sifatlari nuray boshlaydi va ijtimoiy 
illat (o’g’rilik, nashavandlik, yolg’on so’z, firibgarlik 
va hokazo) larga duchor bo’ladi. Axloqiy tarbiyasi 
yaxshi odam ehtiyojini qondirishning to’g’ri yo’llarini 
izlaydi hamda odamlar bilan muloqotda bo’lib, yaxshi 
ijtimoiy sifatlari takomillashib boradi. 
Bunday o’zaro ta’sirlardan paydo bo’lgan 
kuchdan samarali foydalanish uchun yo’naltirilgan 
tarbiyaviy ta’sirning muvaffaqiyatli bo’lishi yetakchi 
o’rinni egallaydi.
8
 
 
0‘quvchilar  bilan  muloqotda  pedagogik  taktga  zid  bo’lgan  qo‘pollik,  adolatsizlik,  qo‘rqitish, 
haqorat,  mensimaslik,  pedagogikaga  zid  bo’lgan  jazolash  usullarini  qo’llash  va  boshqa  ular 
shaxsiga  salbiy  ta’sir  qiladigan  turli  jargon  so‘zlar  ishlatish  o‘quvchilar  qalbini  umuman 
tuzalmaydigan darajada jarohatlab qo‘yishi, yoki 0‘qituvchining obro‘siga putur etkazishi mumkin. 
0‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi bunday qarama-qarshiliklar, ko‘pincha, dars va darsdan tashqari 
jarayonlarda  sodir  bo’ladi.  Bunda  ayniqsa  yosh  o‘qituvchilarning  pedagogik  takt  sirlarini 
bilmasligi, tajribasizligi pand beradi. 
0‘qituvchining  taktik  mahorati  birdaniga  shakllanib  qolmaydi,  u  yillar  davomida  pedagogik 
faoliyatda,  ustozlar  tajribasini  o‘rganishda,  dars  jarayonida,  sinfdan  tashqari  faoliyatda  va 
tarbiyaviy soatlarda 0‘quvchilar bilan muloqotda takomillashib boradi. Dars jarayonida pedagogik 
mahoratning asosi bo’lmish pedagogik taktga ega bo’lish o'qituvchi uchun juda zarurdir. 
0‘qituvchining  o‘quvchilar  muhitiga  uzviy  ravishda  qo‘shilib  keta  olishi  nihoyatda  qiyin 
jarayon.  Lekin  uning  pedagogik  faoliyati  bevosita  o‘quvchilar  orasida  olib  boriladi.  O'zaro 
raunosabatlami  ishonch  va  do‘stlik  tuyg‘ulari  bilan  mustahkamlab  borish  о‘qituvchidan  jiddiy 
psixologik  tayyorgarlikni  talab  qiladi.  Buning  uchun  o‘qituvchi  avvalo,  turli  xarakterdagi 
o‘quvchilardan  iborat  bo‘lgan,  sinf  jamaoasida  tez-tez  o‘zgarib  turadigan  pedagogik  vaziyatlarga 
darhol  o‘z  munosabatini  bildirishi  va  unga  odilona  baho  berishi  kerak.  U  0‘quvchilar  xatti-
harakatini to‘g‘ri idrok etishi, vaziyatlami oldindan ko‘ra bilishi, tarbiyaviy metodlarni o‘z o‘rnida 
qollashi, o‘quvchilar bilan muomalada bosiqlik, sabr, milliy an’ana va turmush tarzimizdan kelib 
chiqqan  muruvvat  va  himmat,  odamiylik  va  mehr-oqibat  tuyg‘ularini  ko‘rsata  olishi  shart.  Bu 
vazifalar  0‘qituvchining  zimmasiga  yuklanadigan  va  u  rioya  qilishi  lozim  bolgan 

Download 3,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   263




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish