Termiz davlat universiteti pedagogika fakulteti


«TARTIB-QOIDASIGA RIOYA QILISH LOZIM»



Download 142,5 Kb.
bet9/14
Sana31.01.2021
Hajmi142,5 Kb.
#57967
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Xolmuratov Sirojiddin .

«TARTIB-QOIDASIGA RIOYA QILISH LOZIM»

Natalya Solodkina, Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 142-sonli o‘rta maktabning boshlang‘ich sinf rahbari

– Mental arifmetika bilan shug‘ullanadigan o‘quvchilarni «jonli kalkulyator» deb atasak to‘g‘riroq bo‘ladi. Negaki ular ko‘p xonali sonlarni soniyalar ichida qo‘shib, ayiradi va natijasini tezlikda aytishadi. Bu yaxshi, albatta. Lekin ular misol va masalalar yechimiga kelganda, biroz qiynalishadi.     Shuningdek, ularda shoshqaloqlik kuzatiladi. Bola misol yechish davomida sinfdoshlaridan o‘zish uchun tez harakat qiladi. Natijada xatoliklarga yo‘l   qo‘yadi. Masalan, o‘quvchining o‘quv jarayonida qiziqqonlik bilan topshirilgan vazifani tezroq yechish maqsadida raqamlar ustidan “sakrashi”ga ko‘p   ahamiyat berganman. Gohida berilgan masalalar ustidan chuqur mulohaza qilishni unutib qo‘yishadi. Bu kabi muammolar yuzaga kelmasligida   shaxmatning o‘rni beqiyos. Aynan sportning bu aqliy turi o‘quvchiga chuqur mulohaza qilish va qiyin masalalar yechishni o‘rgatadi.

  Mental arifmetikasi – bu intellektual mehnat degani. Muhimi, uning o‘rgatilishida tartib-qoidalarga qat’iy rioya qilish kerak. Boladan mental arifmetikasi bilan uzoq vaqt shug‘ullanishni talab qilish maqsadga muvofiq emas. Aks holda, bola ham jismoniy, ham aqliy charchaydi. Natijada uning to‘garakka nisbatan qiziqishi yo‘qolib borishi mumkin.



Bolaning oʻziga ishonchi va bu ishonchga boshqa odamlarning taʼsiri haqida…

Kichkina yoshli bolalarni oʻqitganimda bir oʻquvchim boʻlardi. Bola darslarda yaxshi qatnashmas, soʻzlarni yodlamas, mavzuni tushunmas edi, kamiga juda osongina yigʻlab yuborgani uchun boshqa oʻquvchilar uni hurmat qilmasdi. Oʻzim ona boʻlganim uchun, har bir bolalarning hislari men uchun juda muhim edi, unga yordam berishga qaror qildim. Muammolarning asosiysi uni oʻziga ishonchi yoʻqligida edi. Boshqa bolalarning hurmat qilmasligini sezish esa vaziyatni yana ham yomonlashtirardi.

Darslar davomida soʻzlarni tez aytish boʻyicha musobaqa oʻtkazardim, navbat u bolaga yetganida u bilgan soʻzlarini atayin soʻray boshladim, albatta u toʻgʻri javob berardi. Har safar uning xotirasi zoʻr ekanini, soʻzlar yodlashga usta ekanini taʼkidlardim. Savollarga toʻgʻri javob bergani uchun, bunga uning oʻzi va boshqa bolalar ham ishona boshladi. Koʻrinishi borasida ham maqtovlar aytib qoʻyardim. Meni hayron qoldirgan oʻzgarishlar sodir boʻldi, bola darsga shoshilib kelar, soʻzlarni rostdan ham juda yaxshi yodlar edi, darslarda yigʻlashi esa umuman yoʻq boʻlib ketgandi. Sinfdagi boshqa bolalar ham unga hurmat koʻzi bilan qaray boshlashdi. Mening, boshqa bolalarning va albatta oʻzining ishonchi unga taʼsir qilib, bolaning oʻrganish salohiyati ham oʻsayotgan edi. Albatta, bu uchun oz vaqt ketmadi, bu oʻzgarishlarni 6-8 oy davomida koʻrdim.

Afsuski, taʼtil vaqtim boshlandi, oʻquvchilarimni boshqa oʻqituvchi oʻz guruhiga qoʻshib oʻqita boshladi. Yangi oʻqituvchisi bilan gaplashganimda u menga “Nega oʻsha bola qiz bolaga oʻxshab sal narsaga yigʻlayveradi?” dedi. Yuragim siqilib qoldi, hamma qilgan harakatim boshiga qaytib qolganini tushunib yetdim, chunki yangi oʻqituvchi “qiz bolaga oʻxshab” degan iborani bolaning oʻziga, boshqalar oldida aytgani aniq edi. Yangi guruhdoshlar va yangi oʻqituvchi oʻquvchimning oʻzini erkin his qilmasligiga sabab boʻlgan boʻlsa, hammaning ichida eshitgan gaplari oʻziga ishonchni yana yoʻqotishiga olib kelgan edi...

Yillar oʻtib ulgʻaygan shu oʻquvchim yana oldimga ingliz tili oʻrganishga keldi (oʻshanda u oʻqishni tashlagan ekan). Birinchi kuni onasi bilan, ertasiga otasi bilan kelganida uning oilaviy sharoiti haqida tasavvurga ega boʻldim. Onasi harbiyda ishlaganini yoshligida bilardim, shuning uchun juda qattiq qoʻl ekan. Men uni onasi yoki otasi yoʻqligi uchun tushkun deb oʻylardim. Aslida esa, u toʻla oilada oʻsgan , faqatgina na otasi va na onasi uni aqlli deb hisobmas, unga ishonishmas ekan. Qattiq qoʻl ota-ona uni maqtamasligi va kamchiliklarini hamma oldida bemalol gapirishi bolani shunday ruhiy holatga olib kelgan edi. Bu esa oʻz oʻrnida bolani boshqa bolalar bilan munosabati va oʻqishiga taʼsir qilgan edi...

Xulosa qilib aytganda, bolalardagi oʻziga ishonchsizlik hayotiga juda qattiq taʼsir koʻrsatadi, shuning uchun biz ota-onalar ularga ishonishimiz, kamchiliklarini emas, yutuqlarini taʼkidlashimiz kerak. Insha Alloh, shunda farzandlarimizni oʻqishda, ishda va boshqalar bilan munosabatda muammolari boʻlmaydi.


Download 142,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish