206
5
|
Vaqt o’lchov birliklari.
|
206
|
IV
|
GLOSSARIY
|
207
|
V.
|
ILOVALAR
|
208
|
1
|
FAN DASTURI
|
209
|
2
|
ISHCHI O`QUV DASTURI
|
222
|
3
|
MUSTAQIL TA`LIM MASHG`ULOTLARI
|
237
|
4
|
BAHOLASH MEZONLARI
|
243
|
5
|
KALENDAR TEMATIK REJA
|
246
|
6
|
O`MMning elektron varianti
|
|
SO’Z BOSHI
Ushbu raqamli uslubiy ta`minot matematika o’qitish metodikasi fani bo’yicha tayyorlangan bo’lib, Ozbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirigining 2018 yil 25 avgustdagi 744-sonli buyrug’i billan tasdiqlangan, №BD-5111700 2.06 raqam bilan ro’yxatga olingan fan dasturi asosida tuzilgan. Unda mazkur fanning o’quv dasturi, ish dasturi, mavzutik rejasi, ma’ruza, amaliy va seminar mashg’ulotlarining ma’ruzalar matni, mustaqil ta’lim va kurs ishlari mavzulari, glossariy hamda matematika o’qitish metodikasi fanidan talabalarni baholash mezoni jamlangan.
Mazkur raqamli uslubiy ta`minot oliy o’quv yurtlarining 5111700 - Boshlang’ich ta'lim va sport tarbiyaviy ish bo’yicha bakalavrlar tayyorlash yo’nalishi talabalari uchun mo’ljallangan.
Ushbu raqamli uslubiy ta`minot beshta qismdan iborat bo’lib, ular namunaviy va ishchi o’quv dastur, ma’ruza materiallari (ma’ruza matni, adabiyotlar ro’yxati, mustaqil ta’lim mavzulari, glossariy) va amaliy mashg’ulotlar materiallari (amaliy topshiriqlar, namuna, adabiyotlar ro’yxati,) hamda seminar mashg’ulotlaridan tashkil topgan. Ma’ruza, amaliy va seminar mashg’ulotlar materiallari semestrlarga ajratilgan holda berilgan.
MA’RUZA MATERIALLARI
1 – mA’RUZA
Mavzu: Boshlang`ich sinfda matematika o`qitish metodikasi fan sifatida.
Reja:
1. Boshlang’ch sinflarda matematika o‘qitish metodikasi fan sifatida, fanlararo bog‘liqligi.
2. Metodik tizimning asosiy komponentlari: o‘qitish maqsadi, mazmuni, shakllari, metodlari, vositalari.
3. Boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitishning tarbiyaviy, ta’Iimiy, rivojlantiruvchi maqsadi va vazifalari.
Tayanch iboralar: pedagogika,psixologiya,pedagogik texnologiya, metodika, matematika o’qitish metodikasi, tarbiyaviy, ta’Iimiy, rivojlantiruvchi maqsad.
So‘ngi yillarda mamlakatimizda maktabda matematika o’qitish ayniqsa boshlang‘ich ta’lim tizimida o‘z ko‘lami va ahamiyati jihatidan nihoyatda katta bo‘lgan o‘zgarishlarni amalga oshirildi va oshirilmoqda.
Masalan, 1997 yil 27-avgustdagi «Тa’lim to‘g‘risida»gi qonunning 12-moddasi I–IV sinflarni o’qitishga bag‘ishlangan. 1997 yil 6-oktabrdagi «O‘zbekiston Respublikasida kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ning 3.3.1 bandi uzluksiz ta’limni rivojlantirishda I-IV sinflarda o’qitishni tashkil qilishning rejalari ko‘rsatilgan.
Maktab ta’limi tamoyili oldiga yangi maqsadlarning qo‘yilishi matematika o’qitish mazmunining tubdan o‘zgarishiga olib kelmoqda. Matematika boshlang‘ich kursi mazmunida ham, darslik va qo‘llanmalardan foydalanish metodikasida ham rivojlanish bo‘lishini talab qiladi.
Bugungi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarning shakllanish jarayoni, bozor munosabatlarining raqobatlashuvi “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, “Тa’lim to‘g‘risida”gi qonun talablari boshlang‘ich sinflarda matematika o’qitish metodikasiga o‘z ta’sirini o‘tkazmasdan qo‘ymaydi.
Matematika so‘zi grekcha “mathema” so‘zidan olingan bo‘lib, uning ma’nosi “fanlarni bilish” demakdir. Matematika fanining o‘rganadigan ob’yekti fazoviy shakllar va ular orasidagi miqdoriy munosabatlardan iboratdir.
Maktab matematika kursining maqsadi o’quvchilarga ularning psixologik xususiyatlarini hisobga olgan holda matematik bilimlar tizimini berishdan iboratdir.
Bu matematik bilimlar tizimi ma’lum usullar (metodika) orqali o’quvchilarga yetkaziladi.
“Metodika” grekcha so‘z bo‘lib, “metod” degani “yo‘l” demakdir.
Matematika metodikasi pedagogika fanlari tizimiga kiruvchi pedagogika fanining tarmog‘i bo‘lib, jamiyat tomonidan qo‘yilgan o’qitish maqsadlariga muvofiq matematika o’qitish qonuniyatlarini matematika rivojining ma’lum bosqichida tatbiq qiladi. O’qitishda yangi maqsadlarning qo‘yilishi matematika o’qitish mazmunining tubdan o‘zgarishiga olib keldi.
Boshlang‘ich sinf o’quvchilariga matematikadan samarali ta’lim berilishi uchun bo‘lajak o’qituvchi boshlang‘ich sinflar uchun ishlab chiqarish matematika o’qitish metodikasini egallab, chuqur o‘zlashtirib olmog‘i zarur.
Matematika o’qitish metodikasi boshqa fanlar, eng avvalo, matematika fani – o‘zining tayanch fani bilan uzviy bog‘liq.
Boshlang‘ich matematikа o‘qitish mеtоdikаsi bir nеchа fаnlаr bilаn chаmbаrchаs bоg‘liqdir.
1. O‘qitish аsоsi bo‘lgаn matematikа bilаn.
2. Pеdаgоgikа.
3. Psiхоlоgiya.
4. Bоshqа o‘qitish mеtоdikаlаri bilаn (rus tili, mеhnаt ...).
Boshlang‘ich matematikа o‘qitish kursi o‘quv prеdmеtigа аylаngаn.
Hozirgi zamon matematikasi natural son tushunchasini asoslashda to‘plamlar nazariyasiga tayanadi.
Boshlang‘ich sinflar uchun mo‘ljallangan hozirgi zamon matematika darsligining birinchi sinf uchun berilgan quyidagi topshiriqlarga duch kelamiz: “Rasmda nechta yuk mashinasi bo‘lsa, bir qatorda shuncha katakni bo‘ya, rasmda nechta avtobus bo‘lsa, 2-qatorda shuncha katakni bo‘ya».
Bunday topshiriqlarni bajarish bolalarni ko‘rsatilgan to‘plamlar elementlari orasida o‘zaro bir qiymatli moslik o‘rnatishga undaydi, bu esa natural son tushunchasini shakllantirishda muhim ahamiyatga ega.
MO‘M umumiy matematika metodikasiga bog‘liq. Umumiy matematika metodikasi tomonidan belgilangan qonuniyatlar kichik yoshdagi o’quvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda ishlab chiqiladi.
Boshlang‘ich sinf MO‘M pedagogika va yangi pedagogik texnologiya fani bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, uning qonuniyatlariga tayanadi. MO‘M bilan pedagogika orasida ikki tomonlama bog‘lanish mavjud.
Bir tomondan, matematika metodikasi pedagogikaning umumiy nazariyasiga tayanadi va shu asosda shakllanadi. Bu hol matematika o’qitish masalalarini hal etishda metodik va nazariy yaqinlashishning bir butunligini ta’minlaydi.
Ikkinchi tomondan, pedagogika umumiy qonuniyatlarini shakllantirishda xususiy metodikalar tomonidan erishilgan ma’lumotlarga tayanadi, bu uning hayotiyligi va aniqligini ta’minlaydi.
Shunday qilib, pedagogika metodikalarning aniq materialidan “oziqlanadi”, undan pedagogik umumlashtirishda foydalaniladi va o‘z navbatida metodikalarni ishlab chiqishda yo‘llanma bo‘lib xizmat qiladi.
Matematika metodikasi pedagogika, psixologiya va yosh psixologiyasi bilan bog‘liq. Boshlang‘ich matematika metodikasi ta’limning boshqa fan metodikalari (ona tili, tabiatshunoslik, rasm, mehnat va boshqa fanlar o’qitish metodikasi) bilan bog‘liq.
O’qitishda predmetlararo bog‘lanishni to‘g‘ri amalga oshirish uchun o’qituvchi buni hisobga olishi juda muhimdir.
Bugungi kunda iqtisodiy rivojlangan davlatlarda kompetentsiyaviy yondoshuv ta’lim mazmunini modernizatsiya qilib, yangicha o‘qitish yo‘nalishlaridan biriga aylangan. Bu davlatlardagi umumiy ta’limning yangicha mazmunining asosini o‘quvchilarning tayanch kompetentsiyalarini hosil qilish va rivojlantirish tashkil etadi. Ta’limga kompetentsiyaviy yondashuv eskirib qolgan “bilim, ko‘nikma va malakani o‘zlashtirish” kontseptsiyasiga qarshi o‘laroq, kasbiy, shaxsiy va jamiyatdagi kundalik hayotda uchraydigan holatlarda samarali harakat qilishga imkon beradigan turli ko‘rinishdagi malakalarni o‘quvchilar tomonidan egallashni nazarda tutadi. Shunday qilib, kompetentsiyaviy yondoshuvda matematik ta’limning asosini amaliy, tadbiqiy yo‘nalishlarini kuchaytirishga qaratiladi. Bundan tashqari, tuzilayotgan ta’lim standartlari o‘quvchilarning oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olishlari, turli kasb egalari bo‘lishlari va har tomonlama faol fuqaro bo‘lishlari uchun zarur bo‘ladigan sifatlarni aks ettirishi kerak.
Mamlakatimizning dunyo hamjamiyatiga integratsiyalashuvi, fan-texnika va texnologiyalarning rivojlanishi yosh avlodning o‘zgaruvchan dunyoda raqobatbardosh bo‘lishi fanlarni mukammal egallashni taqozo etadi, bu esa O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tizimiga matematikani o‘rgatish bo‘yicha xalqaro standartlarni joriy etish orqali ta’minlanadi.
«Matematik kompetentsiya» tushunchasiga kelsak, unga quyidagicha yondashilgan:
Ta’rif: Matematik kompetentsiya – kundalik holatlarda vujudga keladigan muammolarni hal etish uchun matematik mushohada yurita olish va uni qo‘llay olish qobiliyatiga ega bo‘lish.
Hisob-kitoblarni amalga oshirishning rivojlangan ko‘nikmalariga tayangan holda asosiy urg’u tafakkur yuritish, bilim va malakalarga beriladi. Matematik kompetentsiya- turli darajada matematik mushohada yurita olish (mantiqiy va fazoviy tafakkur) hamda ma’lumotlarni taqdim etish usullarini puxta egallash va qo‘llashni o‘z ichiga oladi. Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, biz «matematik kompetentsiya» tushunchasiga quyidagicha yondashdik: bu - vaziyatni strukturalash, matematik bog’lanishlarni aniqlash, jarayonlarni matematik modellarini tuzish, ularni tahlil qilish va ko‘rinishlarini o‘zgartirish, olingan natijalar bo‘yicha tegishli asoslangan va maqbul xulosalar chiqarish orqali ijtimoiy va kasbiy faoliyatga tayyor bo‘lish
Do'stlaringiz bilan baham: |