Термиз davlat universiteti o‘zbek filologiyasi fakulteti o‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi


MAVZU. ISH QOG’OZLARINING ASOSIY TURLARI



Download 1,38 Mb.
bet45/110
Sana19.02.2022
Hajmi1,38 Mb.
#458311
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   110
Bog'liq
2 5375321793382845614

MAVZU. ISH QOG’OZLARINING ASOSIY TURLARI

Farzandlarimizni mustaqil fikrlaydigan, zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni chuqur egallaydigan,mustahkam hayotiy pozitsiyaga ega, chinakam vatanparvar insonlar sifatida tarbiyalash biz uchun hamisha dolzarb masala hisoblanadi.


Sh.Mirziyoyev
REJA:
1.Tavsifnoma va tavsiyanoma,tarjimai hol, tilxat,tushuntirish xati, e’lon, hisobotlarning qolipi
2. Tavsifnoma va tavsiyanoma,tarjimai hol, tilxat,tushuntirish xati, e’lon, hisobotlarning yozilish tartibi, zaruriy tarkibiy qismlari
3. Tavsifnoma va tavsiyanoma,tarjimai hol, tilxat,tushuntirish xati, e’lon, hisobotlarning oziga xos xususiyatlari

TAVSIFNOMA.
Tavsifnoma ham xodimning mehnat va boshqa ijtimoiy faoliyatidan xabardor etuvchi ma’lumotnomaga o‘xshash hujjat. Uning ma’lumotnomaga yana o‘xshash tomoni shundaki, tavsifnoma ham xodimga zarur holatlarda, masalan, xodim o‘qishga kirayotganda, yuqori lavozimga ko‘tarilayotganda beriladi. U ham dastlab kimga (ismi, familiyasi va otasining ismi) berilayotgani, uning millati, ma’lumoti, lavozimi, agar bor bo‘lsa, darajasi va unvonini aks ettirgan ma’lumot bilan boshlanadi va yangi qatorda o‘rtadan Tavsifnoma deb yoziladi. Shundan so‘ng yangi qatordan asosiy matn beriladi, imzo cheqiladi, sana qo‘yiladi va muhr bosiladi.
Tavsifnomaning ma’lumotnomadan yana farqi shundaki, unga ba’zan tashkilot yoki muassasa rahbari bilan birga jamoat tashkilotlari rahbarlari imzo chekishlari ham mumkin.
TAVSIYANOMA.
Tavsiyanoma ham bir shaxs yoki xodim haqida ma’lumot beradigan, uni biron lavozim yoki ijtimoiy-siyosiy tashkilotga a’zo bo‘lishga tavsiya etadigan rasmiy hujjat. Unda xodimning shaxsiy fazilatlari va xususiyatlari, ishga munosabati va faollik darajasi, siyosiy savodxonligi va axloqi singari jihatlar aks etgan bo‘ladi. Eng muhimi, xodimni ma’lum lavozimga tavsiya etish bilan birga, ma’lum ma’noda uni kafillikka ham oladi. Uning mas’uliyatli tomoni ham shunda. Tavsiyanoma matn oxirida uni bergan kishi tomonidan imzolanadi.
TARJIMAI HOL.
Ma’lum bir shaxs tomonidan o‘z hayoti va faoliyatini aks ettirib yozilgan bayonnoma. Unda dastlab Tarjimai hol deb yoziladi, keyin muallifning ismi, familiyasi va otasining ismi to‘liq ko‘rsatiladi, tug‘ilgan yili, kuni, oyi va joyi ham aniq yoziladi. Ota-onalar haqida qisqacha ma’lumot beriladi. Shundan so‘ng qayerlarda, nima ishlar qilinganligi to‘g‘risida batafsil, yilma-yil yoziladi, oilaviy ahvoli va turar joyi haqida ma’lumot beriladi. Oxirida yozilgan sana ko‘rsatilib, imzo cheqiladi.
TILXAT.
Bir kishining boshqa bir kishidan yoki ishxonadan pul-buyum va biron rasmiy qog‘ozni olganlikni tasdiqlaydigan hujjat. Uning yozilishi quyidagicha: Tilxat degan so‘z, tilxatni beruvchining lavozimi, ismi-familiyasi, pul-buyum yoki boshqa biron narsaning aniq nomi va qanchaligi, agar u texnik vosita bo‘lsa, uning holati kabilar ko‘rsatilib, olganligi e’tirof etilgan matn, so‘ngida esa sana va imzo qo‘yiladi.
Tilxatga tuzatishlar kiritilmaydi. Agar guvohlar bo‘lsa, ular ham ko‘rsatiladi. Tilxat davlat notariusi, fuqarolar yig‘inlari tomonidan tasdiqlanishi ham mumkin.
TUSHUNTIRISH XATI.
Tushuntirish xati talaba yoki xodim, ishchi yoki xizmatchi tomonidan ta’lim-tarbiya yoki ishlab chiqarish jarayonida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar, tartib-qoidaga rioya qilinmaganlik sabablari ko‘rsatilib yozilgan xatdir.
Rahbar o‘z nomiga yozilgan tushuntirish xati asosida xodimga nisbatan qanday chora ko‘rish-ko‘rmaslik haqida ma’lum xulosaga keladi. Uning zaruriy belgilari quyidagicha: tushuntirish xati kimga va kimdan yo‘llanmoqda, tushuntirish xati yozuvi, asosiy matn, imzo, sana.

Download 1,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish