Termiz davlat universiteti maktabgacha ta’lim metodikasi kafedrasi maktabgacha pedagogika



Download 3,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/210
Sana02.07.2021
Hajmi3,15 Mb.
#106900
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   210
Bog'liq
maktabgacha pedagogika

Kadrlar  bilan  ishlashda  hamkorlik  prinsipida  ish  olib  boriladi,  bular 
quyidagilar: 
a) mutlaq  hamkorlik  minimumi  —  jamoa  a'zolari  soniga  va  ishni  to’g’ri  olib 
borishga suyanadi; 
b) bekorga  vaqto’tkazmaslik,  doimo  to’g’ri  siyosatni  izchillik  bilan  amalga 
oshirish; 
d) tezkorlik va fikrlashish, uddaburonlik; 
e) fikrlashuv  natijasini  xabar  qilish,  aniq  amaliyotga  asoslangan  holda  olib 
boriladi. 
 
Maktabgacha ta’lim ishini metodik jihatdan to’g’ri rejalashtirish, maqsadida 
yillik reja tuziladi. Bolalar muassasasining yillik rejasi davlatimizning xalq ta’limi 
va  maktabgacha  ta’lim  sohasidagi  qarorlariga  hamda  xalq  ta’limining  dasturiy-
metodik hujjatlariga muvofiq ravishda tuziladi. 
Yillik  reja  maktabgacha  ta’lim  muassasasining  istiqbol  faoliyatini  aks 
ettiruvchi  asosiy  hujjatidir.  Unda  pedagog  va  xizmat  qiluvchi  xodimlarning 


167 
 
ishlarini  tashkil  etish  masalalari  aniqlanadi.  Yillik  reja  tuzishda  bog’chaning 
hamma jamoasi ishtirok etadi. 
Yillik  reja  har  biro’quv  yiliga  sentabrdan-sentabrgacha  tu-ziladi.  Rejani 
kasaba  uyushmasi  qo’mitasi  va  kamolot  tashkiloti,  ota-onalar  qo’mitasi  maktab 
bilan  kelishilgan  holda  rejalashtiriladi.  Yillik  rejaning  kirish  qismidao’tgano’quv 
yilining  qisqacha  tahlili  beriladi,  muassasaning  holati  to’g’risida  tushuncha 
beriladi.  Har  bir  bo’lim  alohida  tahlil  qilinadi,  qanday  ishlar  bajarilganligi,  yo’l 
qo’yilgan  kamchiliklarning  sababi,  nimalarga  erishilganligi  batafsil  muhokama 
qilinadi. 
II-qismida  yangio’quv  yiliga  vazifalar  qabul  qilinadi,  vazifalar 
qabul 
qilishda 
maktabgacha 
ta'lim 
muassasasining 
ishini 
hamda 
pedagogik 
jamoaning 
ishlash 
qobiliyatlarini, 
har 
bir 
pedagogning 
kuchli va kuchsiz tomonlarini hisobga olib, aniq to’g’ri rejalashtiriladi. 
III-qismda 
yil  davomidao’tkaziladigan  tashkiliy  ishlar  rejalash- 
tirilib, 
bular 
«MTM 
ta'lim-tarbiya 
dasturi»ning 
bajarilishiga, 
bel- 
gilangan vazifalarning aniq bajarilishiga yo’naltirilgan bo’ladi. 
Yillik rejadagi asosiy tashkiliy ishlar: 
—pedagogik  jamoaning  g’oyaviy-siyosiy  hamda  pedagogik  ongini  oshirish; 
metodik  ongnio’stirish;  ilg’or  tajribalarni,  pedagogik  tajribani  almashinish; 
turli  faoliyatlarni  nazorat  qilish  va  muhokama  qilish,  metodik  kabinetni 
jihozlash,  dastur  talablarining  bajarilishini  nazorat  qilish,  ota-onalar  bilan 
ishlash  (umumiy  va  guruh  bo’yicha  ota-onalar  majlislari,  ma'ruza  va 
maslahatlar, ko’rgazmali tashviqot ishlari); 
—ma'muriy-xo’jalik  faoliyat  (bino  remonti,  mebellar  va  boshqa  atributlarni 
remont qilish, ko’chatlar ekish, sport maydon-chasi, fizkultura jihozlarini sotib 
olish, bolalar hayotini saq-lash va muhofaza qilish ishlari); 
—xizmat  qiluvchi  xodimlarning  g’oyaviy-siyosiy  ongini,  islilash  malakalarini 
oshirish. 
Ishlarni,  vazifalarni  yil  davomiga  bir  tckis  taqsimlash,  ish  baja-ruvchi 
shaxslar,  muddati,  hajmi  belgilanadi.  Muassasaning  har  bir  xodimi  biror  bir 
ma'ruza,  tashkiliy  ishlar  bilan  qatnashishi  kerak.  Bu  jamoada  ishchan  iqlimni 
shakllantiradi, ishni sermazmun qiladi. 
Yillik  rejada  kasaba  uyushmasi  qo’mitasi,  ota-onalar  qo’mitasi,  tibbiy 
xodimlarning  (bog’cha  shifokori  va  hamshiraning)  yillik  rejalari  aks  etadi,  yozgi 
sog’lomlashtirish  ishlari,  maktab  bilan  bog’chaning  aloqasi  rejalashtiriladi. 
Pedagog xodimlarning malaka oshirish rejasi ham yillik rejada aks etadi. 
Yillik  reja  pedagogik  kengashda  muhokama  qilinadi  hamda  jamoa 
tomonidan ko’rib chiqiladi va yuqori maorif organlari (tuman xalq ta'Iimi bo’limlari, 
shahar  xalq  ta'Iimi  bo’limlari,  viloyat  xalq  ta'limi  bo’limlari  va  h.k.)ning 
maktabgacha  ta'lim  nazoratchi-me-todist  tomonidan  tasdiqlanadi.  Yillik  reja 
xodimlarning  foydala-nishlari  uchun  qulay  bo’lgan  joyda  saqlanadi.  Yillik  rcja 
barcha vazifalarini bajarishda muassasaning hamma xodimlari javobgardirlar. 


168 
 
Mudira quyidagi shaklda metodik ishlarga rahbarlik qiladi: 
• pedagogik kengash; 
• seminar, seminar mashg’uloti; 
• tibbiy-metodik pedagogik kengash; 
• ochiq tadbirlarni tashkil etish; 
• yakkama-yakka ishlash; 
• jamoa tariqasida maslahat. 
• Pedagogik kengash jamoa pedagoglari fikrini ifodalovchi, bolalar bilan olib 
boriladigan  ta'hrn-tarbiyaviy  masalalarni  kollegial  ko’rib  chiqadigan  doimiy 
ishlovchi organ, metodik mahorat maktabi va ilg’or tajriba minbaridir. 
• Maktabgacha muassasa mudiri pedagogik kengash raisi hi-soblanadi. 
• Pedagogik  kengashga  bolalar  bilan  olib  boriladigan  ta'lim-tar-biyaviy 
ishlar darajasini oshirish, ularni hal qilish yo’llarini izlash, muassasa ish tajribasiga 
pedagogika  fanining  yutuqlari  va  ilg’or  pedagoglar  tajribasini  joriy  qilish, 
tarbiyachilarning  pedagoglik  mahoratini  oshirish,  ularning  ijodiy  faolligini 
rivojlantirish kabi masalalar kiritiladi. 
• Pedagogik  kengash  Xalq  ta'limi  vazirligi,  Xalq  ta'Iimi  bo’-limlarining 
maktabgacha  ta'lim  bo’yicha  buyruq,  instruksiya,  ni-zom  va  boshqa  me'yoriy 
hujjatlarini;  maktabgacha  muassasaning  yillik  ish  rejasini;  bolalar  sog’lig’ini 
mustahkamlash  tadbirlarini;  har  bir  yosh  guruhi  bo’yicha  «Maktabgacha  ta'Iim 
muassasasida  ta'Iim-tarbiya  dasturi»ning  sifatli  bajarilishi  jarayonini;  ish  taj-
ribasiga joriy qilish maqsadida tarbiyachilaming ilg’or tajriba-larini; maktabgacha 
yoshdagi  bolalarga  ta'lim  va  tarbiya  berish-ning  aktual  masalalarini, 
tarbiyachilarning  nazariy  va  metodik  tayyorgarliklarini  oshirish  masalalarini  va 
maktabgacha muassasa faoliyatining boshqa masalalarini muhokama qiladi. 
• Pedagogik  kengash  kun  tartibini  belgilashda  barcha  qatnash-chilarni 
qiziqtiruvchi  mavzularning  kengligini,  aktualligini  ta'-minlash  zarur.  Faqat 
shundagina  pedagogik  kengashda  ish  muhiti  hukm  suradi,  masalalar  muhokamasi 
sermahsul va faol bo’ladi. 
• Pedagogik kengash tarkibiga katta tarbiyachi, tarbiyachilar, mu-siqa rahbari, 
maktabgacha  muassasaga  xizmat  ko’rsatuvchi  shi-fokor,  katta  hamshira,  kasaba 
uyushmasi  qo’mitasining  raisi,  ota-onalar  qo’mitasining  raisi  kiradi.  Kengash 
yig’ilishiga jamoat tash-kilotlarining vakillari, maktablaro’qituvchilari, maktabgacha 
muas-sasada tarbiyalanuvchilarning ota-onalari taklif etilishi mumkin. 
• Pedagoglar  pedagogik  kengash  tomonidan  tasdiqlangan  va  maktabgacha 
muassasaning  yillik  ish  rejasiga  kiritilgan  reja  bo’-yicha  ishlaydilar.  Pedagogik 
kengash  ishning  muvaffaqiyati  ko’p  jihatdan  pedagoglar  jamoasi  muhokamasiga 
qo’yilgan masala qan-chalik savodli va jiddiy tayyorlanganligiga bog’Iiq bo’ladi. 
• Pedagogik  kengashning  yig’ilishi  ikki  oyda  bir  marta  chaqi-riladi, 
zaruriyat  tug’ilganda  navbatdan  tashqari  yig’ilish  chaqiri-lishi  mumkin. 
Muhokamaga  ko’pi  bilan  2—3  masala  qo’yiladi,  pedagogik  kengash  ishdan 
tashqari  vaqtdao’tkaziladi.  Pedagogik  kengash  qarorining  loyihasini  ma'ruzachi 
(bolalar bog’chasining mudirasi yoki katta tarbiyachi) oldindan tayyorlaydi. 
• Seminarlar  pedagoglarning  nazariy,  metodik  bilimlarini,  mu-taxassislik, 


169 
 
malakasini  oshirishning  keng  tarqalgan  shakli  bo’lib,o’qituvchilar  malakasini 
oshirish instituti va metodik kabinetlar tomonidan amalga oshiriladi. 
• Seminarlarning  asosiy  maqsadi  —  alohida  metodika  bo’-yicha 
tarbiyachilarning  bilimlarini  chuqurlashtirish  va  tarbiya  bo’yicha  dolzarb 
masalalarini  hal  etishdir.  Seminaro’quv  tema-tika  rejasi  1  yilga  mo’'ljallangan 
bo’lib, shahar, tumanda seminar oyda 1—2 marta ishdan ajralmagan holda, viloyat 
va respublikada esa 5—12 kunda ishdan ajralgan holda tashkil etiladi. 
• Seminarlar  ish  sifatini  yaxshilash  maqsadida  ilmiy  tekshirish  instituti 
tomonidano’quv tematikasining rejalari, seminar dasturi ishlab chiqilgan. 
• Seminaro’quv tematika mavzusini katta tarbiyachi va mudira tarbiyachilar 
bilan  birgalikda  tanlaydi,  pedagogik  kengash  uni  tas-diqlaydi,  bu  yillik  rejada  aks 
etadi,  so’ngra  metodist  faol  tarbiya-chilar  bilan  birgalikda  seminar  ishining  aniq 
rejasini ishlab chiqadi. 
• Seminar  ishida  ayrim  bir  mavzu  yildan-yilga  takrorlanmasligi  kerak.  Bu 
seminar  qatnashchilarining  qiziqishlarini  pasaytiradi.  Har  bir  seminarda  quruq 
nazariyachilikka  yo’l  qo’ymay,o’rganilayotgan  materialni  hayot  bilan  bog’Iash 
kerak. 
• Seminar rejasi metod kabinetga ilib qo’yiladi. Seminar mavzulari taxminan 
shunday bo’lishi mumkin: 
• 1. Ilk yosh va kichik yoshdagi bolalar psixofiziologik xususiyatlari (seminarni 
pediatr vrach yoki psixolog olib boradi). 
• 2. Turli faoliyat turlarida bolalarga individual yondashish. 
• 3.  Maktabgacha  ta'lim  yoshidagi  bolalarni  vatanparvarlik  va  bay-
nalmilalchilik ruhida tarbiyalash. 
• 4. Tarbiyachining bolalar bilano’zaro munosabatlari va h.k. 
• Seminar mashg’ulotlari tarbiyachining amaliy malakalarinio’stiruvchi ish 
shakli  bo’lib,  bunda:  bolalar  loy,  applikatsiya,  qurish-yasash,  badiiyo’qish,  ashula 
aytish,  raqsga  tushish  va  boshqa  ishlarni  amalga  oshiradilar.  Ular  mutaxassis 
yordamida 
amaliy 
ji-hatdan 
saviyalarinio’stirib 
boradilar. 
Seminar 
mashg’ulotlariga mudira, katta tarbiyachi yoki tajribali tarbiyachi rahbarlik qiladi. 
Seminar mashg’uloti maxsus daftarga qayd qilib boriladi. 
• Tarbiyachilarning  bilimlarini  boyitish  maqsadida  yangi  metodik  va 
pedagogik  adabiyotlar,  sohaga  oid  jurnaldagi  maqolalaro’rga-nilib,  muhokama 
qilinadi.  Maktabgacha  ta'lim  xodimlarning  dunyo-qarashlarini  kengaytirish 
maqsadida  esa  shahar  va  tumanning  diq-qatga  sazovor  yodkorliklarigao’quv 
ekskursiyalari tashkil etiladi. Bir yilda 3—4 martao’quv ekskursiyalar tashkil etiladi. 
Muzeylarga  ekskursiya  tashkil  etilsa  yanada  yaxshi,  chunki  bundan  olingan 
taassurotlar pedagoglar bilimini yanada kengaytiradi. 
• Vaziyat  tug’ilganda  metodist  tomonidan  yakkama-yakka  masla-
hatlaro’tkaziladi. Uzoqjoylardagi xodimlarga yozma ravishda beriladi. 
• Jamoa maslahati 1 oyda 1 martao’tkazilib, oylik rejada aks etadi. Tumandagi 
tarbiyachilarni oldindan ogohlantiriladi,o’tkazish  muddatini belgilab tuman shart-
sharoitidan kelib chiqilgan holdao’tkaziladi. 
• Tarbiyachilarning 
g’oyaviy-siyosiy, 
ma'naviy-ma'rifiy 
va 
ishlash 
malakalarinio’stirish  uchun  turli  mavzular  bo’yicha  ma'ruzalaro’tkaziladi.  Bular 


170 
 
siyosiy yoki pedagogik mavzularda bo’lishi mumkin. 
• Maktabgacha  ta'lim  xodimlariningo’z  ustida  ishlashlari  g’oya-viy-siyosiy 
saviyalarini  oshirib  borishdagi  keng  tarqalgan  usuldir.  Metodik  ishlarni  jamoa  ish 
shakli  bilan  birgalikda  olib  borilsa,  bilim  manbayi  boyib  boradi.Yillik  rejada 
maktabgacha  ta'lim  bo’yicha  ayrim  nazariy  ma-salalarni,  maktabgacha  ta'lim 
dasturini,  dasturiy-metodik  mate  riallarnio’rganish  rejalaslitiriladi.o’z  ustida 
ishlashda  faqatginao’r-ganiladigan  mavzular  cmas,  balki  undagi  asosiy  savollar, 
masalalaro’rganiladi adabiyotlar ko’rsatiladi. 
• Mudira  kasaba  uyushmasi  raisi  bilan  birgalikda  tarbiyachilar  bilano’z 
ustilarida  ishlashni  qanday  tashkil  etishi  yuzasidan  suh-batlashishi,  yordam 
ko’rsatishi shart. 
• Bu  tadbirlarning  tizimli,  aniq  reja  asosida  olib  borilishi  goyat  muhimdir. 
Tashkiliy-pcdagogik vazifalarni amalga oshirishda jamoa uchun shart-sharoit. kerakli 
materiallar,  bajaruvchi  —  javobgar  shaxslar,  ularni  hisobga  olib  borisho’quv 
yilining boshida bel-gilanadi, buni mudira doimo nazorat qilib boradi. 
• Umumiy ota-onalar majlisida bolalar muassasasining butun ishi muhokama 
qilinadi, tegishli chora-tadbirlar ko’riladi. Ota-onalar majlisiga rais qilib ota-onalar 
qo’mitasining raisi belgilanadi. 
• Bolalar  muassasalarida  tashkil  etiladigan  ochiq  eshiklar  kuni  g’oyat 
ahamiyatlidir. Bunda bog’chaning butun faoliyati ota-onalar tomonidan kuzatiladi, yo’I 
qo’yilayotgan  kamchiliklar  joyida  hal  etiladi.  Bolalar  muassasasining  barcha 
xodimlari bunga tayyorgarlik ko’radilar. 
• Bola  tarbiyasida  qiynalgan  ota-onalar  uchun  yakkama-yakka  suhbatlar 
tashkil  qilinadi,  bunda  guruh  tarbiyachisi  va  bog’cha  mu-dirasi  masalalarni  ilmiy 
asoslangan holga hal etmog’i lozim. Mas-lahatlar qisqa, aniq shaklda olib boriladi, 
ayniqsa guruhlarda «ko’-chirma papka»lardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. 
• Maktabgacha  ta'Iim  muassasalarida  ota-onalarga  yaqindan  yordam 
berishda — kutubxona tashkil etish ahamiyatlidir. Bola tar-biyasiga oid kitoblar ota-
onalarga katta yordam beradi, kitoblar bog’cha mudirasi, metodist va tarbiyachilar 
tomonidan tanlanadi. Adabiyotlar ro’yxati hisobot tarzida olib boriladi. 
• Pedagogik  tashviqot  ishlaridan  eng  qulayi  ota-onalar  burchagidir.  Bu  ota-
onalarga  bola  tarbiyasiga  hamda  muassasa  ishiga  ijodiy  yon-doshishga  yordam 
beradi. 

Download 3,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   210




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish