Termiz davlat universiteti maktabgacha ta’lim metodikasi kafedrasi maktabgacha pedagogika



Download 3,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/210
Sana02.07.2021
Hajmi3,15 Mb.
#106900
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   210
Bog'liq
maktabgacha pedagogika

 
Nazorat savollar 
1.  Tarbiyachi  bolalarning  salomatligi,  xulqi  o‘z  tengdoshlari  bilan 
munosabatini  doimo  kuzatib  boradi  va  kichik  insonlar  qalbiga  qanday 
kechinmalar yuz berayotganini  izohlang? 
2.  A.Navoiy tarbiyada xatolikda yo‘l qo‘yish mumkin emasligini uqtiradi? 
 
 
35-Mavzu:Maktabgacha ta’lim muassasalarining oila bilan ishlash shakillari 
Reja: 
1.  Ota-onalar burchagi va ko’rgazma tashkil etish 
2.  Ota-onalar uchun ochiq kunlar tashkil etilishi 
3.  Maktabgacha ta'lim muassasasi va ota-onalar bilan hamkorlik ishlari 
 
Tayanch so‘zlar:Bolani, ta’lim,tarbiya,shaxs,rivojlanishi,ijtimoiy 
Ota-onalar  majlisiga  bogchadagi  hamma  guruh  bolalarining  ota-onalari, 
parallel  guruhlar  ota-onalari  va  bitta  guruh  bolalarhiing  ota-onalari  taklif  etilishi 
mumkin. 


129 
 
Umumiy  majlisda ota-onalarni maktabgacha ta’lim  yoshidagi bolalarni har 
tomonlama  rivojlantirish  va  tarbiyalash  vazifalari,  shu  yilgi  rejalar,  ota-onalar 
qo‘mitasining  faoliyati,  oila  tarbiyasidagi  ilg‘or  tajribalar  bilan  tanishtiriladi. 
Majlisda  mudira  yoki  metodist-tarbiyachi  ma’ruza  qiladi,  ota-onalar  so‘zga 
chiqishadi,  bolalar  gapirishadi.  Bular  ta’lim-tarbiya  ishidagi  yutuq  va 
kamchiliklarni  aniqlab  olishga  imkon  beradi,  oila  va  jamoatchilik  aloqasini  mus-
tahkamlaydi,  ota-onalarningo‘z  bolasining  tarbiyasi  uchun  javo-garligini  oshiradi, 
ularda bog‘chaga qiziqish uyg‘onadi. 
Guruhdagi  ota-onalar  majlisida  mazkur  yoshdagi  bolalarning  ota-onalari 
uchun  dolzarb  bo’lgan  masalalar  muhokama  qilinadi.  Masalan,  umumiy  majlis 
mavzusi  «Bolalarga  axloqiy  tartyya  be-rishda  oilaning  roli»  bo’lsa,o’rta 
guruhdao’tkaziladigan  majlisda  bu  mavzu  murakkablashtirilib,  «Bola.larda 
mehnatsevarlikni  tar-biyalashda  bog’cha  va  oilaning  birgalikdagi  ishlari», 
«Bolalarda kat-talarga hurmatni tarbiyalash” va hokazo bo’lishi mumkin. 
Ota-onalar  uchun  tayyorlangan  ma’ruzani  tegishli  mavzudagi  kinofilm, 
diapozitivlar  ko‘rish  bilan  qo‘shib  olib  borish  mumkin.  Bolalar  hayoti,  faoliyati 
to‘g‘risidagi  misollardan  foydalanganda  ijobiy  materiallar  ko‘proq  bo‘lishi  kerak, 
salbiy  faktlarni  gapirishda  ehtiyotkorlik  va  odob  doirasidan  chetga  chiqmaslik, 
tanqid  qilinuv-chilarning  nomlari  ko‘rsatilmasligi  lozim.  Tanqidiy  mulohazalar 
majlisdan  keyin  yakka  tartibdagi  suhbat  orqali  ota-onalarga  yetka-zilishi,  bola 
tarbiyasidagi  xato  va  kamchiliklarni  bartaraf  etish  bo‘-yicha  aniq  tavsiyalar  taklif 
etilishi mumkin. 
Yilning  oxiridao‘tkaziladigan  guruh  majlisida  ota-onalarga  bir  yil 
mobaynida  amalga  oshirilgan  ta’lim-tarbiya  ishlari  va  kelgusi  yilning  rejalari 
haqida  gapirib  beriladi.  Bu  majlisda  faol  ota-onalar  ham  hisob  beradilar  va 
faollaming yangi tarkibi saylanadi. 
Ota-onalar burchagi va ko‘rgazma tashkil etish. Ota-onalar burchagi ularni 
tarbiyaga  oid  yangiliklar  va  pedagogik  masalalar  bilan  tanishtirish  maqsadida 
tashkil  etiladi.  Ularga  kitoblar,  jur-nallar,  rasmlar,  bolalarning  ishlari,  bolalar 
ovqatining  xillari,  bo-laning  uyidagi  kun  tartibi,  ota-onalar  uchun  eslatmalar, 
e’lonlar  joylashtiriladi.  Burchak  vaqti-vaqti  bilan  tarbiya  vazifasiga  qarab 
o‘zgartirib turiladi. 
Pedagogik bilimlarni targ‘ib qilish bo‘yicha tashkil etiladigan ko‘rgazmalar 
ko‘pincha  ota-onalar  konferensiyalari,  majlislari,  konsultatsiyalar  oldidan  tashkil 
etiladi.  Unda  xalq  ta’limi  to‘g‘risidagi  qonun  va  qarorlar,  maktabgacha  ta’lim 
muassasalari  tar-moqlari  va  undagi  tarbiyalanuvchilar  soniningo‘sishini  ko‘rsa-
tuvchi  diagrammalar,  bolalar  bilan  olib  boriladigan  ta’lim-tarbiya  jarayonlari, 
bolalar  hayotini  aks  ettiruvchi  fotosuratlar,  kitob  vao‘yinchoqlar,  bolalarning 
ishlario‘rin  oladi.  Ota-onalar  burchagi  -oila  bilan  olib  boriladigan  ishning 
ko‘rgazmali  usuli,  uning  did  bilan  bezatilishiga  alohida  e’tibor  berilishi  kerak. 
Bundan  tashqari,  ota-onalarga  tarbiya  to‘g‘risidagi  filmlar  namoyish  etiladi,  bular 
ko‘pincha ota-onalarni qiziqtiradigan bahslar boshg‘lanishiga sababchi bo‘ladi. 


130 
 
Ota-onalar  uchun  ochiq  kunlar  tashkil  etilishi  ham  maktab-gacha  ta’lim 
muassasalari  ishida  muhimo‘rin  egallaydi.  Bunday  kunlarda  ota-onalarga 
bolalarning  mashg‘ulotlari,  mehnat,o‘yin  faoliyatlari,  sayrlar  va  bolalarning 
jamoadao‘zlarini qanday tutishlari va shungao‘xshashlar ko‘satiladi. 
Ota-onalar  qo‘mitasi  «Maktabgacha  ta’lim  muassasasining  Nizomi»ga 
binoan  mudiraga  yordam  berish  uchun  tuziladi.  U  ota-  onalarning  umumiy 
majlisida  bir  yil  muddatga  saylanadi.  Bu  qo‘-mitaga  har  bir  yosh  guruh  ota-
onalaridan  1—2  vakil  saylanadi.  Qo‘mitaning  asosiy  vazifasi  mudiraga 
maktabgacha  ta’lim  muas-sasasining  xo‘jalik  va  ta’lim-tarbiya  ishlarida  yordam 
berish,  qo‘mita  a’zolari,  ota-onalar  majlisi  va  kechalarni  tayyorlash,o‘tkazish  va 
boshqa ishlarda tarbiyachilarga ko‘maklashishdir. 
Ota-onalar  qo‘mitasi  bolalarning  ota-onalari  bilan  tanishadi,  bolalarni 
tayyorlash  bo‘yicha  ular  bilan  ish  olib  boradi.  Qo‘mita  a’zolari  har  ikki  oyda  bir 
marta  yig‘ilisho‘tkazadi.  Ota-onalar  qo‘mitasi  mudiraning  ish  rejalari  va  ishning 
ahvoli to‘g‘risidagi ota-onalarni qiziqtiruvchi ba’zi masalalar haqidagi ma’ruza va 
hisobotini eshitishga haqlidir. 
Ota-onalar  qo’mitasining  faoliyati  haqidagi  hujjatlar  maktab-gachata'lim 
muassasasida saqlanadi. 
Pedagogik bilimlarni targ‘ib qilish natijasida millionlab kishi-lar bolalarini 
maktabgacha  ta’lim  muassasasida  tarbiyalash  prin-siplarini  ongli  ravishda  anglab 
oldilar. 
Korxonalarda,  xo‘jaliklarda,  jamoa  joylarida,  mahallalarda  oilada  bola 
tarbiyasi  to‘g‘risida  ma’ruzalar  bilan  chiqish,  televi-deniya  va  radioeshittirishlar 
pedagogik targ‘ibot ishining keng vo-sitalaridandir. Shuningdek, bu targ‘ibot vaqtli 
matbuot:  «Sog‘lom  avlod»,  «Maktabgacha  ta’lim»,  «Xalq  ta’limi»,  «Pedagogik 
ta’lim»  jurnallari,  ko‘p  sonli  badiiy  pedagogik,  ilmiy-ommabop  va  me-todik 
adabiyotlarni chiqarish orqali ham amalga oshiriladi. 
Ota-onalar  uchun  maxsus  pedagogika  va  ruhshunoslik,  anatomiya  va 
fiziologiya,  oila  tarbiyasi  nazariyasi  va  amaliyoti  to‘g‘risida  ma’ruzalaro‘qish, 
bolalar  tarbiyasi  to‘g‘risida  kinofilm  va  spek-takllar  namoyish  qilish  ijobiy  natija 
beradi.  Bu  mashg‘ulotlarni  har  xil  sohalar  bo‘yicha  yuqori  malakalio‘qituvchi, 
aktyor, ruh-shunos mutaxassislar olib boradilar. 
Pedagogik targ‘ibot ishida quyidagilarga amal qilish kerak: 
1.  Pedagogik  targ‘ibot  hayot,  jamiyat  qurilishi  amaliyoti  bilan  bog‘lab  olib 
borilishi  lozim.  Pedagogik  targ‘ibot  orqali  keng  jamoatchilikka  bolalarni  har 
tomonlama  tarbiyalash  masalalari  va  ularni  amalga  oshirish  yo‘llari,  ilmiy 
asoslangan usullari bo‘yicha tushuntirish ishlari olib boriladi. 
2.  Oila  tajribasining  ijobiy  tomonlari,  oiladagi  bola  tarbiyasida  yo‘l  qo‘yilgan 
xatolar  va  ularning  oldini  olish,  bartaraf  etish  yo‘llari  to‘g‘risida  targ‘ibot  ishlari 
olib boriladi. 


131 
 
• 3.  Pedagogik  targ‘ibotga  tayyorlashda  ota-onalarning  har  xil  saviyada 
ekanliklari  hisobga  olinib,  ular  uchun  tayyorlangan  axborot  materiallari 
ishonarli, ko‘rgazmali va ularning his-tuyg‘usiga ta’sir ko‘rsatadigan bo‘lishi 
kerak. 
• Shunday qilib, maktabgacha ta’lim muassasasi va ota-onalar bilan hamkorlik 
ishlarini  muntazam  ravishda  olib  borgandagina  oila  tarbiyasi  va  ijtimoiy 
tarbiyao‘rtasidagi birliko‘rnatilishi mumkin. 
• Jlk  bolalik  (1  yoshdan  3  yoshgacha  bo‘lgan  davr).  Bola  rivoj-lanishining 
dastlabki  yilida  unda  kattalarga  bog‘liqlik  (itoat  qilish  mexanizmi)  va  ularga 
qaramlik  shakllangan  bo‘lsa,  bir  yoshdan uch  yoshgacha  bo‘lgan  davrda  esa 
bolaning xatti-harakatida va fikr yuritishida mustaqillikning dastlabki belgilari 
rivojlanadi.  Bu  davr  boladagi  amaliy  bilimlarning  keyingi  yo‘lini  belgilaydi. 
Bu yoshda bolalar har bir sohadao‘zlarini sinab ko‘rishga intiladilar. Ayni shu 
paytda  unda  narsalar  dunyosinio‘zlashtirish,  amaliy  xatti-harakatlarni 
bajarish,o‘z tanasini boshqarish mexanizmlari shakllanadi. 
• Agar  bu  davrning  imkoniyatlari  boy  berilsa  bolada  tegishli  qo-biliyatlar 
rivojlanmay  qolishi  mumkin.  Bu  davr  bolaning  biror-bir  ishni  bajara  olish 
uchun zarur bo‘lgan ko‘nikma va qobiliyatlarini rivojlantirish uchun eng qulay 
davrligini ota-onalar doimo yodda tutishlari lozim. 
• Aziz  ota-onalar  Bolalar  bilan  so‘zlashganda  gap  va  so‘zlarni  to‘liq  talaffuz 
eting.  Agar  bola  biror  so‘zni  noto‘g‘ri  talaffuz  etsa,  unga  «bu  noto‘g‘ri» 
demang, uning o‘rniga so‘zning to‘g‘ri talaffuzini takrorlang. 
• Ilk  bolalik  yoshida  bolalar  barcha  narsaga  qiziquvchan  bo‘ladilar.  Ularni 
qiziqtirgan savollarga imkon qadar batafsil javob berishga harakat qiling. 
• Yodingizda  bo‘lsinki,  agar  kichkintoyingizni  qiziqtirgan  savolga  javob 
berishdan  qochsangiz,  unirig  bilishga  bo‘lgan  qiziqishlarini  so‘ndirib 
qo‘yishingiz mumkin. 

Download 3,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   210




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish