SIMLAR VA KABELLAR
O‘tkazish simlari
Elektr tortish montajlarida o‘tkazish simlari qo‘llaniladi. Simning tok utkazuvchi qismi tola deb ataladi. Tolalar mis, alyuminiy yoki po‘latdan yasaladi. Tola yakka simli yoki ko‘p simli bo‘lishi mumkin. Tolalar standart kesimlarga ega (mm2 larda): 0,5; 0,75; 1; 1,5; 2,5; 4; 6; 10; 16; 25; 35; 50; 70; 95; 120; 150; 185; 240; 300; 400.
Tolalar rezinka, polixlorvinil yoki nairitdan qilingan izolyatsiya qoplamlari bilan qoplanadi.
Ko‘pchilik simlarda izolyatsiya qoplamasi tashqi mexanik ta’-sprlardan ip gazlama to‘qima bilan himoyalanadi.
Simlar tola va izolyatsiya qoplamasining materialiga qarab markalanadi. Markalar harflar bilan belgilanadi, masalan, LPN, PRTO, PGV. Harflar quyidagilarni bildiradi:
A - alyuminiy tolali (bu harf bo‘lmasa, demak, tola misdan); R - rezinka izolyatsiyali; V- polixlorvinil izolyatsiyali; N- nairit izolyatsiyali; P- sim; PP- yassi (tasma) sim; () - tolalar umumiy qoplama yoki to‘qima bilan izolyatsiyalangan;
T- trubaga o‘tkazish kerak bo‘lgan sim; G -bukiluvchan sim; D - ikkitali sim; SH - shnur.
Tolalar soni va ularning kesimlari quyidagicha ko‘rsatilyadn: sim markasi yoziladi, defis qo‘yib, tolalar soni yoziladi, ko‘paytiruv belgisi qo‘yiladi va so‘ngra tolalar kesimlari yoziladi. Masalan: PRT0-2X1,5; APPV-ZX2,5 va h. k.
PR, PRD, APR, PRG, SHR, PPV, APPV markali simlar devor, ship va konstruksiyalarning sirtlari orqali ochiq o‘tka-ziladi.
Trubalar orqali o‘tkazish uchun PRTO, APRTO markali simlar ishlatiladi.
Devorlar va shiplar (jo‘yaklar, o‘yiqlardan) orqali APN, APPV markali simlar o‘tkaziladi.
SHPRO, SHPVL shnurlar ko‘chma, masalan, ro‘zg‘orda ishlati-ladigan iste’molchilarni tok manbaiga ulashda ishlatiladi.
O‘tkazish simlarini tanlashda (4-jadvalga qarang) o‘tkazish sharoitlari kerakli tolalar ooni, ularning kesimi, ularga qo‘-yiladigan kuchlanish nazarga olipishi kerak.
Har bir sim yo‘l qo‘yiladigap tok pagruzkasiga, ya’ny uzoq vaqt tok o‘tib turishga, o‘tib turganda ham qizimaydigan tokka hisoblanishi kerak. Bu tok kattaligi va tolalar kesimi bir-biriga mos bo‘lishi kerak (5-jadvalga qaraig). Nominal tokni bilgan holda 5-jadval bo‘yicha kerakli kesimli simni tanlash mumkin.
5-jadval
O‘tkazish simlarini ochiq o‘tkazishda ruxsat etilgan uzoq muddatli tok nagruzkalari
|
Tok iagruzkasi, o
|
Dolalar kesi
|
Mis tolalar Alyuminny tolalar
|
0,5
|
11
|
|
0,75
|
15
|
■ —
|
1
|
17
|
—
|
1,5
|
23
|
—
|
2,5
|
30
|
24
|
4
|
41
|
32
|
6
|
50
|
39
|
10
|
80
|
55
|
16
|
100
|
80
|
25
|
140
|
105
|
35
|
170
|
130
|
Do'stlaringiz bilan baham: |