Amaliy mashg`ulot
Mavzu: Burchakli o’rtalik birikmalar tayyorlash texnologiyasi.
Shakllantiriladigan bilimlar: Quloqcha va turumli o’rtalik birikmalar texnologiyasi. O’rtalik birikmalarni bajarishda ishlatiladigan materiallar, asboblar va moslamalar tavsifi. Ish uslubini ko’rsatish, tushuntirish. Yaroqsizlik turlari va ularning oldini olish. Mehnat havfsizligi qoidalari. Ishlov berish va malaka hosil qilish. Bajariladigan ishning turiga qarab oyuvchi asboblarni tanlash. Berk tishlarni oyish. Biriktiruvchi detallar qalinligiga qarab quloq va turumlar o’lchamini olish, o’rtalik birikmalarni bir tirnoqli berk va qaldirg`och quyruq shaklidagi berk birikmalar ishlash.
Ishdan maqsad: Ko`p tirnoqli birikmalar, berk teshiklar oyish, quloqcha va turumlarni rejalash, o’rtalik birikmalarni bir-biriga moslash. sandiq bog`lash, yashik simon ko`p tirnoqli maxfiy va yarim maxfiy birikmalar yordamida buyum tayyorlash.
Jihozlar, asbob va moslamalar: Millimetrli o`lchov chiziqli, qalam, porsi guniya, duradgorlik guniyasi, xatkash, xar xil tirnoq andozalari. Arralash, randalash, parmalash va o`yish asboblari va yog`och bolg`a va h.k.
Mashg’ulot yuzasidan topshiriq: Burchakli ko’p tirnoqli birikmalarni rejalash va birbiriga moslash.
Topshiriqni bajarish yuzasidan ko’rsatma:
Tayyorlanadigan buyumni texnologik xaritasini tuzish.
Tayyorlanadigan buyumlarga mos materiallar tanlab olish (archa, qarag’ay, eman, tog’ teragi, sada, chinor va boshqalar).
Randalash uchun quyum qoldirib undan materiall arralab olish
Texnologik karta asosida 1 uzunlikdagi, eni a, qalinligi h bo`lgan brusoklar tayyorlanadi.
Brusoklarni uchida ma’lum o`lchamda tirnoq, quloq va uzunligini rejalash.
Tirnoq chiqarish uchun kertish va quloq ochish uchun oyish ishlarini bajarish.
Tirnoq va quloqlarni o’zaro bir-biriga kiritish va birikma hosil qilish.
Birikmani jipsligini ta’minlash.
Birikmalarni mix, shurup va yelimlar yordamida biriktirish.
Birikmalarni pardozlab sifatini yaxshilash.
Tayyorlanadigan buyumlar: Yasaladigan buyumlar: kitob javoni, quticha, mix yashigi, oshxona yoki yotoqxona stoli.
Shvabra, taburetka, rom va tumbochka
.Nazorat uchun savollar:
1.Yashiqsimon ko’p tirnoqli maxfiy va yarim maxfiy birikmalarni tyyorlashda xafsizlik texnikasi qoidalari
2.Burchakli yashiqsimon tirnoqli biriktirish usullarini aytingq
3.Tayyorlangan buyumlarga qoyiladigan talablarq
Mustaqil ta’lim uchun topshiriq: Duradgorlik birikmalari to’g’risida texnik ma’lumotlar. Turumli birikma haqida texnik ma’lumot olish. Porsi tirnoq birikmali buyumlar yasash texnologiyasini o’rganish. Xalq xunarmandchiligida ishlatiladigan burchakli yashiqsimon tirnoqli biriktirish usullari haqida.
Do'stlaringiz bilan baham: |