Ikkinchi bosqich-bevosita harakat texnikasi asoslarini yegallash, (mashqni juda puxta
o‗rganish). Bu bosqichda o‗qituvchi bilan o‗quvchining birgalikda faol ishlashi natijasi o‗laroq
mashq haqidagi tasavvur aniqlanadi, xatolarga barham beriladi, mashqlarii qattiq nazorat ostida
mustaqil bajarish ta‘minlanadi.
Uchinchi bosqich - harakat texnikasini mustahkamlash va takomillashtirish. Bu harakatni
boshqarish darajasini muqarrar avtomatlashtirilgan ko‗nikma darajasiga yetkazib, shu tufayli shu-
g‗ullanuvchi mashqlarii turli sharoitda (musobaqalar va boshqa chiqishlarda) uzoq vaqt davomida
bajarib yura oladi.
Mashqni o‗rgatish jarayoni tugagandan keyin butun faoliyat o‗zlashtirib olingan mashq
variantlarinn bajarishga; ilgarigi mashqdagiga o‗xshash detallari bor, texnikasi murakkabroq
mashqlarii bajarishga; ijro sharoitini o‗zgartirishga, masalan, boshqa mashqlar bilan birlashtirib
bajarishga qaratilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |