Termiz davlat universiteti jismoniy madaniyat fakulteti jismoniy tarbiya va sport nazariyasi kafedrasi



Download 6,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/194
Sana25.06.2021
Hajmi6,59 Mb.
#100974
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   194
Bog'liq
Oquv uslubiy majmua a4996e5e3594e2930db2202c30c913d9

2. Mashg„ulotlar usuli 
Xotin-qizlar gimnastika mashg‗ulotlarini uydagi ertalabki mustaqil gigiyenik gimnastika 
mashg‗ulotlari va shuningdek, sog‗lomlashtirish jismoniy tarbiya tadbirlari bilan birga qо‗shib 
olib borishlari kerak. Xotin-qizlar jismoniy jihatdan qanchalik sust rivojlangan bо‗lishsa, 
mashqlar mazmuni shunchalik turli-tuman bо‗lishi va jismoniy yuklamani ham shunchalik sekin 
oshirib boorish lozim. 
Mashg‗ulotning  tayyorgarlik  qismiga  tananing  barcha  qismlari  uchun  (xarakteri,  kо‗lami, 
sur‘ati  bо‗yicha)  turli-tuman  mashqlar  kiritish  lozim.  Ularga  oyoqlarni  oldinga  bukish,  orqaga 
uzatish, yon tomonga kо‗tarish, oyoqlar bilan doiraviy harakatqilish, sonni ichkariga va tashqariga 
burish, shuningdek, gavdaniburish, oldinga va  yon tomonga engashish mashqlari bevosita ta‘sir 
kо‗rsatadi.  Tо‗g‗ri  qomatni  shakllantirish  mashqlariga  alohida  e‘tibor  berish  kerak.  Dinamik 
xarakterdagi va bо‗shashish mashqlarini kо‗proq qо‗llash lozim. Egiluvchanlikni rivojlantirish va 
gavda  qismlar  mushaklarini  mustahkamlash  mashqlarini  parallel  qо‗llashni  tavsiya  qilamiz. 
Orqaga engashishdan (kо‗prikcha, umbaloq  oshishdan) keyin,  bachadonning orqaga siljishining 
oldini olish uchun oldinga engashish mashqlarini bajarish kerak. 
Shuningdek, oyoq mushaklarining kuchini va egiluvchanligini rivojlantiradigan mashqlarni 
ham  unutmaslik  lozim.  Shu  maqsadda  mashg‗ulotning  tayyorgarlik  va  yakunlovchi  qismlariga 
о‗tirish, sakrash va raqs mashqlarini qо‗shmoq zarur. Harakat xususiyatiga kо‗ra, ayollar bir tekis 
xarakterdagi mashqlar (turli raqslar, mayin harakatlar va boshq.)ni bajarishga moyil bо‗lishadi. Bu 
ixlosni har tomonlama qо‗llab-quvvatlash lozim. 
Tananing  ayrim  qismlarida  aniq  harakatlar  bajarish  bilan  birga,  qо‗llar  uchun  mayin, 
egiluvchan  harakatlar  qо‗llash  zarur.  Qо‗llaniladigan  mashqlarning  mazmuni  va  ularning 
maromini о‗zgartirish orqali jismoniy yuklamani asta-sekin oshirib borishga erishiladi. 
Gimnastika jihozlarida mashq bajarish uchun xotin-qizlar oldindan tayyorlangan bо‗lishlari 
kerak. Mashg‗ulotlar jarayonida ularni oson mashqlarni о‗rgatishdan qiyin mashqlarni о‗rgatishga 
о‗tkazish asta-sekin, tabiiy bо‗lishi uchun tayyorlovchi va yordamlashuvchi mashqlarni kо‗proq 
qо‗llash lozim. Gimnastika jihozlaridagi mashqlarning me‘yorini aniq belgilash kerak, chunki ular 
qо‗l, yelka kamari va qorin pressi mushaklarining katta ish bajarishi bilan bog‗Iiqdir. 
Hatto oddiy osilish va ayniqsa, tayanish mashqlari yelka kamari va qо‗1 mushaklaridan ancha 
zо‗riqishni talab qiladi. Shuning uchun xotin-qizlar bilan 
mashg‗ulotlar о‗tkazganda turli balandlikdagi qо‗shpoyada kо‗proq mashq bajarishlariga e‘tibor 
berish  kerak.  Bunday  qо‗shpoyada  aralash  osilishlar,  tayanishlar  va  о‗tirishlar  singari  turli 
mashqlarni birga qо‗shib bajarish ancha yengil bо‗ladi. 
Mashg‗ulotlarning  tayyorgarlik  va  asosiy  qismlariga  jihozlarsiz  hamda  turli  jihozlar  bilan 
bajariladigan  (gimnastika  tayoqchasi,  arg‗amchi,  tо‗ldirma  tо‗p,  tennis  va  boshqa  tо‗plar  bilan) 
umumrivojlantiruvchi  mashqlarni  gimnastika  devorida,  о‗rindig‗ida,  past-baland  qо‗shpoyada, 
xodada xotin-qizlarning har tomonlama rivojlanishini, ularning mushaklarini mustahkamlanishini 
ta‘minlaydigan mashqlarni kiritish lozim. Yuqorida keltirilgan vositalar mashg‗ulotni qiziqarli va 
zavqli tashkil qilishga yordam beradi. 
Mashqlarni tanlash va ularni о‗tishda xotin-qizlar organizmining biologik xususiyatlaridan 
tashqari,  ayolning  ish  qobiliyati  va  uning  ruhiy  xususiyatlarini  ham  hisobga  olish  muhimdir. 
О‗quvchi  qizlarning  ruhiy  turg‗un  emasliklarini  hisobga  olish  kerak,  zero,  yetarli  harakat 
tajribasiga  ega  bо‗lmagan  va  о‗z  kuchiga  ishomnagan  ayollar  ba‘zan  darrov  ranjib  qolishadi. 
О‗zining  chaqqon  emasligini  bildirib  qо‗yishdan  xijolat  chekib,  ular  ayrim  paytlarda  mashqni 
bajarishdan bosh tortishib, norozi bо‗lishadi. Bunday hollarda о‗qituvchidan pedagogik mahorat 


22 
 

Download 6,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish