Jami |
SHu jamladan eski asosiy fondlar yo`qotildi
|
4250
|
1230
|
600
|
200
|
150
|
5280
|
Balans ma’lumotlari asosida asosiy fondlar xarakati va xolatini ifodalovchi ko`rsatkichlarni hisoblaymiz:
Kiritish Kt=1230/5280 x 100 = 23,2%
Yangilash Kt=600/5280 x 100 = 11,4%
Chiqarish Kt=200/4250 x 100 = 4,7%
Yo`qotish Kt=150/4250 x 100 = 3,5%
Yaroqlilik Ktyil oxiriga=3850/5280 x 100 = 72,9%
Eskirish Ktyil oxiriga=1430/5280 x 100 = 27,1%
Xuddi shunday ko`rsatkichlarni yil boshiga nisbatan ham hisoblash mumkin. Umuman, eskirish koeffitsienti asosiy fondlar qiymatining mahsulotga o`tkazilgan qismini, yaroqlilik koeffitsienti esa asosiy fondlarning foydalanish mumkin bo`lgan qismi qiymatini ifodalaydi.
Qisqacha xulosalar
Milliy boylik muhim ijtimoiy-iqtisodiy kategoriya bo`lib, u ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonining boshlang’ich va yakuniy xolatini ifodalaydi. Milliy boylik hajmining ortishi iqtisodiy o`sishning muhim omili hisoblanadi. SHu bilan birga milliy boylikda ishlab chiqarish jarayonining natijalari mujassamlanadi. U ishlab chiqarilgan mahsulot hisobiga to`ldiriladi va yangilanadi. Milliy boylik hajmi, uning tarkibi, dinamikasi va ulardan foydalanish darajasi davlat va xalqaro statistikada mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining muhim yakunlovchi ko`rsatkichlari sifatida qaraladi. Milliy boylik xajmi va tarkibining o`zgarishiga qarab takror ishlab chiqarish va jamg’arish jarayonining tendenstiyalari haqida fikr yuritiladi.
Iqtisodiy aktivlarni tasniflashda avvalo ular ikki sinfga ajratiladi: moliyaviy aktivlar va nomoliyaviy aktivlar.
Moliyaviy aktivlar ko`p jihatdan moliyaviy talablar va majburiyatlardan iborat. Nomoliyaviy aktivlarga – egalari ulardan iqtisodiy faoliyat natijasida yoki qiymat zahirasi sifatida manfaat ko`rishlari mumkin bo`lgan ob’ektlardir. Ular ishlab chiqarilgan yoki ishlab chiqarilmagan ob’ektlar bo`lishi mumkin.
Nomaterial ishlab chiqarilmagan aktivlar egasiga konkret faoliyat bilan shug’ullanish huquqini beruvchi xujjatlar kiradi (patentlar, litsenziyalar, tovar belgilariga bitimlar tuzish va h.k.).
Iqtisodiyot har bir sektorning ma’lum momentga nisbatan iqtisodiy ahvoli, uning o`zining xususiy kapitali xajmi bilan baholanadi va u sektorning aktiv va passivlar balansining balanslashtiruvchi moddasida o`z aksini topadi. Balans ikki yoqlama jadvalga o`xshatib tuziladi, uning chap tomonida sektorning aktivlari (moliyaviy va nomoliyaviy), o`ng tomonida esa uning moliyaviy majburiyatlari va o`z kapitalining sof qiymati keltiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |