16.5. Asosiy fondlarning emirilishi va amortizatsiyasi
Asosiy fondlar ishlab chiqarish jarayonida uzoq vaqt ishlatilishi natijasida sekin-asta emirilib boradi. emirilish asosiy fondlar amortizatsiyasining moddiy asosini tashkil qiladi. emirilish jismoniy va ma’naviy turlarga bo`linadi. Asosiy fondlarning ma’naviy eskirishi asosiy fondlarning yanada unumliroq elementlarining paydo bo`lishi va arzonroq asosiy fondlarning yaratilishi natijasida sodir bo`ladi.
Hozirgi paytda hisoblanadigan yillik amortizatsiya ajratmalari faqat jismoniy eskirishnigina hisobga olib, quyidagicha hisoblanadi:
bu erda, A – yillik amortizatsiya ajratmalari;
BBB – asosiy fondlarning to`la boshlang’ich (tiklash) qiymati
IX – asosiy fondlarni yo`qotish xarajatlari (demontaj, ajratish, buzish va h.k.)
IB – asosiy fondlarni yo`qotish vaqtida olingan materiallar, detallar va boshqalarni sotishdan tushgan mablag’lar
T – asosiy fondlarni xizmat qilish muddati.
Amortizatsiya ajratmalari faqatgina absolyut miqdordagina emas, balki nisbiy ko`rsatkichlarda ham hisobga olib boriladi va u amortizatsiya normasi deb yuritiladi:
bu erda, NA – amortizatsiya normasi;
F – asosiy fondlarning o`rtacha yillik qiymati.
Amortizatsiya normalari asosiy fondlarning turiga uzviy bog’liq bo`ladi. Uzoq muddat xizmat qiladigan (binolar, inshoatlar) ob’ektlar uchun uning darajasi nisbatan kichik bo`lsa, ishlab chiqarish jarayonida faol qatnashadigan (mashina va uskunalar) qismlarida esa katta bo`ladi.
Amortizatsiya summasini hisoblashning ikki usuli mavjud: professional-chiziqli va tezlashtirilgan usullar.
Professional-chiziqli usulda ob’ektning qiymati uning xizmat qilish davrida xar yili bab-barobar ravishda amalga oishiriladi. Masalan, agar ob’ektning xizmat qilish davri – 5 yil bo`lsa, unda uning balansdagi qiymatining xar yili 1/5 qismi qoplaydi yoki amortizatsiyaning chiziqli me’yori 20%ga teng bo`ladi.
Asosiy fondlar aktiv qismining tezlashtirilgan amortizatsiya meyori ishlab chiqarishni tarkibiy o`zgarishi va uni modernizastiya qilish uchun mo`ljallangan. U amortizatsiya me’yorining ikki marta ko`paytirilgan xajmiga teng bo`lib, ob’ektning qoldiq qiymatiga nisbatan qullaniladi.
Misolimizda ikki marta ko`paytirilgan chiziqli amortizatsiya me’yori 40%ga teng. U holda, masalan, ob’ektning qiymati 200 ming bo`lsa, foydalanishning birinchi yilida 80 ming so`m (200 m.s.:0,4) ajratiladi. U holda qoldiq qiymat – 120 m.s. (200-80). Ob’ektning qoldiq qiymatiga nisbatan ikkinchi yil amortizatsiya ajratmalari 48 m.s. (120x0,4)ga teng bo`ladi. Foydalanishning qolgan yillari uchun xam amortizatsiya ajratmalari shu usulda hislblanadi (72x0,4 va h.k.).
Asosiy fondlarni fizik va ma’naviy eskirishi oqibatda ularni yangilash (almashtirish) zaruriyati tug’iladi. Buning uchun asosiy fondlar ishlab turgan vaqtlarida korxonalarni ularni sotib olish yoki yaratish bo`yicha xarajatlari qoplanishi va ularni almashtirishni amalga oshirish uchun etarli darajadagi pul mablag’lari jamg’arilishi lozim. Xarajatlarni qoplash va pul mablag’larini yig’ish ishlari mahsulot tannarxiga amortizatsiya ajratmalrini qo`shish orqali amalga oshiriladi.
Amortizatsiya ajratmalari amortizatsiya fondlarida yig’ilib boradi va ma’lum muddat o`tgandan so`ng ishlab chiqarishda qatnashgan asosiy fondlarning qiymatini to`la qoplashi kerak. SHuning uchun asosiy fondlarning amortizatsiya summasi asosiy fondlarning to`la boshlang’ich qiymatidan katta bo`lishi mumkin emas.
Kengaytirilgan takror ishlab chiqarish sharoitlarida amortizatsiya ajratmalari bir tomondan ishlab chiqarishda qatnashgan asosiy fondlarni oddiy takror ishlab chiqarishda foydalanilsa, ikkinchi tomondan chiqib ketayotgan asosiy fondlar o`rniga texnikaviy takomillashgan asosiy fondlar bilan almashtirishda qatnashadi va manba bo`ladi.
Amortizatsiya ajratmalari asosiy fondlar uchun yangi kapital mablag’larni moliyalashtirishga yoki qurilish materiallarini, uskunalar yoki nomaterial aktivlarni sotib olish uchun uzoq muddatli moliyaviy qo`yilmalarga sarflanadi.
Uzoq muddat foydalaniladigan asosiy fondlarni yaratish va sotib olish uchun qilingan xarajatlar investitsiya deb ataladi va ular joriy yil xarajatlariga kiritilmaydi.
Investitsiyalarning mohiyati shundaki, ular keyinroq manfaat olish uchun xozir ma’lum loyihalarga qilingan xarajatlarni anglatadi. Investitsion loyihalarning shakllari va mazmuni yangi korxona qurilishi rejalashtirishdan tortib, to asosiy kapitalning yangi elementlarini sotib olishgacha bo`lishi mumkin.
SHunday qilib, asosiy fondlarni «eskirishi» va «amortizatsiya ajratmalari»ni bir-biridan ajratish lozim. eskirish birlamchi va u butun xizmat davomida ortib boradi va amortizatsiyaning moddiy asosi hisoblanadi. Amortizatsiya normasi esa ikkilamchi va butun xizmat davomida o`zgarmasdan qoladi. Ular orasidagi bog’lanishni quyidagicha ifodalash mumkin.
19-chizma. Asosiy fondlarni eskirish va amortizatsiya orasidagi bog’lanish.
Asosiy fondlarning bozor qiymati – u korxona va muassasalarda mavjud bo`gan ob’ektlarni xozirgi holati, fizik va manaviy eskirishi, ulardan amalda va kelajakda foydalanish va foyda olish darajasini, talab va taqdim nisbatini hisobga olgan holda aniqlanadi va shu bahoda korxonalar va muassasalarda ularni sotib yuborishlari mumkin bo`ladi.
16.6. Asosiy fondlarning balanslari, ularning holati va takror ishlab chiqarish ko`rsatkichlari.
Asosiy fondlar doimiy ravishda ham bo`yum shaklida, xam qiymat shaklida o`zgarib turadi.
Ularning ko`payishiga quyidagi omillar ta’sir qiladi:
- sotib olish;
- yangi qurilish;
- inventarizastiya paytida qayta baholashdagi o`zgarishlar.
Asosiy fondlarning kamayishiga esa quyidagi omillar ta’sir qiladi:
- eskirib ishlab chiqarishdan chiqib ketishi;
- boshqa korxonalarga sotib yuborilishi;
- tabiiy ofatlar natijasida yo`q bo`lishi;
- inventarizastiya paytida qayta baholashdagi o`zgarishlar.
YUqoridagi o`zgarish omillaridan foydalanib, asosiy fondlarning ikki xil balansi tuziladi:
- to`la boshlang’ich qiymati bo`yicha;
- qoldiq qiymati bo`yicha.
Davlat statistika organlari asosiy fondlar balansini joriy baholarda, o`rtacha yillik baholarda va bazis yili solishtirma baholarda tuzadilar.
To`la boshlang’ich qiymat bo`yicha balans har bir korxona, firma yoki tarmoq bo`yicha hisoblanadi. Bunda odatda birinchi ustunda asosiy fondlarning tasnifi keltiriladi. Kirim va chiqim qismlari esa yanada konkretlashtirilishi mumkin.
Asosiy fondlarning qoldiq qiymati bo`yicha balansida barcha ko`rsatkichlar qoldiq qiymatlarda qatnashib, chiqim qismida qo`shimcha yillik amortizatsiya ajratmalari keltiriladi.
SHunday qilib asosiy fondlar balanslarini quyidagicha formula tarzida keltirish mumkin:
- to`la boshlang’ich qiymatda:
Do'stlaringiz bilan baham: |