Asosiy kapitalni yalpi jamg’arish – bino va inshootlarni qurish qiymati, shuningdek, mashina, uskuna, transport vositalarini va asosiy fondlari boshqa turlarini sotib olish.
Material aylanma mablag’lar zahirasini ortishi – xomashyo, materiallar, yoqilg’i, asboblar, tugallanmagan ishlab chiqarish tayyor, lekin sotilmay qolgan mahsulotlar va h.k. qiymatining ortishi.
Boyliklarni sof sotib olish (sotishdan tashqari) – zargarlik buyumlari, san`at asarlari, antikvariat, oltin va boshqa qimmatbaho materiallarni sotib olish, ular o`z qiymatlarini uzoq vaqt asrash imkoniyatiga ega bo`ladilar. Boyliklar yuridik, shuningdek, jismoniy shaxslar tomonidan ishlab chiqarish va iste`mol uchun emas, balki aktivlarni inflatsiyalardan asrash uchun sotib olinadi.
Erni va boshqa ishlab chiqarilmagan aktivlarni sotib olish er bilan birga boshqa ishlab chiqarilmagan aktivlarni (patent, litsenziyalar, avtorlik huquqi va h.k.) sotib olishni o`z ichiga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |