Ishlab chiqarishga boshqa soliqlar – ishlab chiqarishning ayrim omillariga soliqlar: er, imorat, transport vositalari, ish haqqi fondiga. Bu modda sof asosda qayd etiladi yoki ishlab chiqarishga bo`lgan boshqa subsidiyalarni ham ayriladi.
Asosiy kapital iste`moli – asosiy fondlarning tiklashdagi bahosi bo`yicha hisoblangan amortizatsiya summasi.
Foyda – bu modda nomoliyaviy va moliyaviy korporatsiyalarning daromadlarini hosil bo`lishi hisoblamasida paydo bo`ladi.
Aralash daromad – nokorp orativ korxonalar uchun balanslashtiruvchi modda bo`lib, u uy xo`jaligi sektorining daromadlari tashkil topishi hisoblamasida paydo bo`ladi. Uy xo`jaligi tarkibida nokorporativ korxonalar (kichik fermarlar, kichik ustaxonalar, restoran va magazinlar, ularda oila a`zolari xizmat qiladilar) ham bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |