YAIM taq =YAF + AD +MX +SS Bu yerda:
YAF – yalpi foyda;
AD – aralash daromadlar;
MX – mehnat haqi;
SS – ishlab chiqarish va importga sof soliqlar.
Mahsulot va import solig’iga quyidagilar kiradi.: a) QQS; b) aksiz solig’i;
s) oborot solig’i; d) reklama solig’i; ye) foyda solig’i; f) eksport va import solig’i.
YAQQ ning yollanma xodimlariga mehnat haqi, ishlab chiqarish va import solig’i to’langandan keyin qoladigan qismi yalpi oraliq daromadlar deb ataladi.
Pirovad iste’mol xarajatlari yig’indisi usuli. Bu usulda YAIM ning qiymati yakuniy iste’molni tashkil etuvchi elementlarning summasi sifatida aniqlanadi:
YAIMpir.= YAI + YAJ + e – I + Sx. Bu yerda:
YAI – uy xo’jaliklari, davlat muassasalari va ijtimoiy tashkilotlar-ning pirovard iste’moli;
YAJ – yalpi jamg’arma;
e – mahsulot va xizmatlar eksporti;
I – mahsulot va xizmatlar importi;
Sx. – statistik xatolik.
YAIMni o’zgarmas baholarda hisoblash YAIMni joriy bozor baholarida hisoblash iqtisodiyotning tarkibini, iste’mol va jamg’arma o’rtasidagi nisbatni, davlat byudjetiningYAIMga nis-batan taqchilligini va boshqa muhim iqtisodiy ko’rsatkichlarini aniqlash im-konini bersada, ammo iqtisodiyotning haqiqiy holatini ko’rsata olmaydi. CHunki mahsulot va xizmatlarning hajmi o’zgarmagan yoki kamaygan hol-larda ham narxning oshishi hisobiga o’sish sodir bo’lishi mumkin. Vaholan-ki, jamiyatning ehtiyojini faqat moddiy shakldagi mahsulot qondira oladi. YAIM ning haqiqiy dinamikasini hisoblashda baho ta’sirini bartaraf etish, ya’ni YAIMning fizik hajmi indeksini (Jq) hisoblash zarur:
q0 va q1 – bazis va joriy davrda ishlab chiqarilgan mahsulotlar miqdori;
R0 – mahsulot birligining bazis davridagi bahosi:
YAIM fizik hajmining indeksi iqtisodiy o’sish yoki kon’yukturadagi tebranishni tavsiflovchi muhim ko’rsatkichdir.
YAIM ni o’zgarmas baholarda hisoblashning quyidagi usullari mavjud:
Baho indeksi yordamida YAIM deflyatorni hisoblash.
Ikki karrali deflyatorlash.
YAIM ning fizik hajmi yordamida bazis davridagi ko’rsatkich-larni ekstrapolyatsiya qilish.
Bu usullarni qo’llash yordamida YAIM ning real qiymatlari aniq-lanadi.
Nominal YAIM joriy bozor narxlaridagi mahsulot va xizmatlar qiy-mati bo’lib, quyidagicha hisoblanadi:
– nominal YAIM indeksi
– bahoning umumiy indeksi
Bu indekslar o’rtasida quyidagicha bog’lanish mavjud:
Jqp = Jq Jp Real YAIM –ishlab chiqarish va xizmatlarning haqiqiy moddiy haj-mini belgilaydi.
YA’ni
YAIM deflyatori quyidagi formula yordamida hisoblanadi.
YAIMning deflyatori barcha ishlab chiqarilgan mahsulot va xiz-matlar birligi bahosining joriy davrda bazis davrga nisbatan o’rtacha o’z-garishini ifodalaydi.
Bundan tashqari quyidagi makroiqtisodiy ko’rsatkichlar aniqlanadi:
Sof ichki mahsulot =YAIM –asosiy kapital iste’moli
YAlpi milliy daromad = YAIM+xorijdan olingan birlamchi daro-madlar qoldig’i (+,-).
Sof milliy daromad =YAMD –asosiy kapital iste’moli.
Ixtiyoridagi yalpi milliy daromadi = YAMD + chet davlatdan olin-gan joriy transfertlar.
YAlpi jamg’arma =YAMD-pirovard iste’mol.
Milliy jamg’arma =IYAMD-yakuniy iste’mol.