TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI
Ro’yxatga olindi
№ _____________________
2019 y. «____» ____________
|
“TASDIQLAYMAN”
O’quv ishlari bo’yicha prorektor
____________O` Axmedov
2019 y. «___» ______________
|
“Iqtisodiyot va menejment ” kafedrasi
“STATISTIKA”
fanidan
IshCHi o’quv dasturI
Bilim sohasi: 200000 – Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq
Ta’lim sohasi: 230000 – Iqtisod
Ta’lim yo’nalishi:
|
5230100 -
|
Iqtisodiyot (makroiqtisodiyot)
|
|
5230600-
|
Moliya
|
`
|
5231700-
|
Kadrlar menejmenti
|
Termiz – 2019
Fanning ishchi o’quv dasturi namunaviy –o’quv reja hamda namunaviy o’quv dasturiga muvofiq ishlab chiqildi.
Tuzuvchilar:
I.I.Bobomuratov
|
“Iqtisodiyot va menejment” kafedrasi katta o’qituvchisi
|
|
|
Taqrizchilar:
O.Q.Xatamov
|
- TermDU “Iqtisodiyot va menejment” kafedrasi mudirii, i.f.d.
|
A.Q.Mirzaev
|
TermDU “Iqtisodiyot va menejment” kafedrasi dotsenti, i.f.n.
|
Fanning ishchi o’quv dasturi “Iqtisodyot va menejment” kafedrasining 2019 yil “__” avgust dagi “___” – sonli yig’ilishida muhokamadan o’tgan va fakultet kengashida muhokama qilish uchun tavsiya etilgan.
Kafedra mudiri: _______________ i.f.d.Xatamov O.Q.
Ishchi o`quv dasturi “Iqtisodiyot va turizm” fakulteti Kengashining 2019 yil “__” avgustdagi “__” – sonli yig`ilishida muhokamadan o`tgan va universitet o`quv uslubiy Kengashida muhokama qilish uchun tavsiya qilingan
Fakultet kengashi raisi: _______________ M.A.Gadayshayev
Fanning ishchi o’quv dasturi Termiz davlat universiteti o’quv uslubiy Kengashining 2019 yil “___” avgustdagi “_____” -sonli majlisida muhokama etilib, o`quv jarayonida foydalanishga tavsiya etildi.
O’quv-uslubiy boshqarma boshlig’i _______________U.Mustafoyev
© “Statistika” fani (ishchi fan dasturi). – T.: TermDU, 2019. – bet.
Kirish
Milliy makroiqtisodiy ko’rsatkichlarni xalqaro meyorlarga mos-lashtirish, moliyaviy korxona, xalqaro iqtisodiy aloqalarda eksport va import qilinadigan mahsulotlar va xizmatlar to’g’risida ko’proq ma’lumot-larga ega bo’lish maqsadida davlat statistika va hisobot tizimini umumuslubiy asoslarini qayta ko’rib chiqish borasida mamlakatimiz hukumati tomonidan bir qancha qarorlar va qonunlar qabul qilindi. Ularni oliy ta’limning iqtisodiy yo’nalishlari bo’yicha tahsil oluvchi talabalar ongiga singdirish hozirgi kunda eng dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi. Bu borada statistika fanining o’rni va ahamiyati ham alohida e’tiborga loyiqdir.
YUqori malakali mutaxassislar tayyorlashni kengaytirish bilan bir vaqtda oliy ta’lim tizimini tubdan isloh qilish bugungi kunning muhim vazifalaridan biri bo’lib qolmoqda. Bu avvalom bor oliy ta’lim yo’nalishlari bo’yicha Davlat ta’lim standartlaridan ko’zlangan fanlarning mazmuni va o’quv dasturini xalqaro andozalarga moslashtirib, yanada takomillashtirishni hozirgi kunning dolzarb vazifasi etib qo’ymoqda.
Barcha bozor iqtisodiyoti rivojlangan va taraqqiy eta boshlagan mamlakatlarda, ularning universitetlari va oliy maktablarida yagona statistika kursi o’qitilib kelindi va hozirgi kunda ham o’qitilmoqda. Ko’p yillar davomida sinovlardan o’tgan mazkur boy tajribani hisobga olib, universitet va institutlarimizda ham ularning yo’nalishlaridan qatiy nazar, yagona statistika kursini o’quv jarayonlarida ko’zlash maqsadga muvofiq bo’lar edi. SHu bilan birga oliy ta’limning iqtisodiy yo’nalishlari bo’yicha talabalarda statistik tafakkur bunyod etish sohasida yurtimizda to’plangan tajribalardan voz kechish ham noto’g’ri bo’ladi. Bunda statistika nazariyasi bilan bir qatorda iqtisodiy statistika va statistika sohalariga xos masalalar ham yagona statistika kursida fan nazariyasi va uslubiyati bilan uzviy bog’langan va izchil uyg’unlashgan holda yoritilishi lozim.
Ushbu fanda “Statistika” fanining nazariyasi, predmeti va metodi ko’rib chiqilgan bo’lib, mamlakatimizda bozor munosabatlarining yuzaga kelishi va qaror topishi bilan uyg’unlashgan holda bozor iqtisodiyotining muhim tushunchalari, kategoriyalari, tasniflari, bozor hodisalari va jarayonlari o’rtasidagi sabab-oqibat bog’lanishlar, ularning rivojlanish qonuniyatlarini statistika uslubiyati yordamida o’rganish masalalari batafsil yoritilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |