V. Ixtiyordagi daromaddan pul formada foydalanish hisoblamasi
Foydalanish
Resurslar
3. Joriy transfertlar (to`langan)
4. Ixtiyordagi daromad (1+2-3)
1. Birlamchi daromadlar qoldig’i
2. Joriy transfertlar (olingan)
Jami foydalanilgan
Resurslar jami
Bu hisoblama ixtiyordagi daromaddan foydalanish bilan bog’liq operatsiyalarni qayd etish uchun mo`ljallangan.
Oxirgi foydalanish xarajatlari quyidagilardan iborat:
a) uy xo`jaliklarida oxirgi iste`mol xarajatlari;
b) davlatni boshqarishda oxirgi iste`mol xarajatlari;
s) uy xo`jaligi xizmatidagi notijorat tashkilotlarning oxirgi iste`mol xarajatlari.
Qayd etilgan iste`mol xarajatlari, o`ziga tegishli sektorlarning hisoblamalarida qayd etiladi.
Jamg’arish – hisoblamasining balanslashtiruvchi moddasi hisoblanadi. Iqtisodiyotning barcha sektorlari jamg’arish summalarining yig’indisi MHTning yana bir agregati – milliy jamg’arish hajmini ifodalaydi.
VI. Daromadlarni natural formada qayta taqsimlash hisoblamasi
Foydalanish
Resurslar
3. Natural formadagi ijtimoiy transfertlar (to`langan)
4. Tuzatish kiritilgan ixtiyordagi daromad (1+2-3)
1. Ixtiyordagi daromad
2. Natural formadagi ijtimoiy transfertlar (olingan)
Jami foydalanilgan
Resurslar jami
Albatta, iqtisodiyotning barcha sektorlari ham daromadlarni natural formada transfertlarni oluvchi yoki beruvchi bo`lib hisoblanmaydi. Oluvchi bo`lib uy xo`jaligi sektori, to`lovchi bo`lib esa uy xo`jaligi xizmatidan notijorat tashkilotlar va davlatni boshqarish organlari hisoblanadi. Korporatsiyalar (nomoliyaviy va moliyaviy) ijtimoiy transfertlar (uy xo`jaliklari tomonidan) hajmi, natural formada to`langan (davlatni boshqarish muassasalari) ijtimoiy transfertlar hajmiga teng bo`ladi.
Agar uy xo`jaliklari ixtiyoridagi daromadga yana natural formada olingan ijtimoiy transfertlar qo`shilsa, MHTning yana bir agregati – uy xo`jaliklarining tuzatish kiritilgan ixtiyordagi daromad ko`rsatkichi olinadi. Bu oqim uy xo`jaligiga berilgan barcha tushumlarni aks ettiradi va ular iste`mol qilishi va saqlashi mumkin bo`lgan imkoniyatlarni aks ettiradi. Bu ko`rsatkich aholining turmush darajasini o`rganish imkoniyatini beradi.
Davlatni boshqarish sektorining tuzatish kiritilgan ixtiyordagi daromadi, shu sektorning ixtiyordagi pul daromadi bilan, uy xo`jaligi ixtiyoriga natural formada berilgan ijtimoiy transfertlar orasidagi farqqa teng. SHunday sxema asosida uy xo`jaliklari xizmatidagi notijorat tashkilotlarning tuzatish kiritilgan ixtiyordagi daromadlari hisoblanadi.
SHunday qilib, iqtisodiyot sektorlarining tuzatish kiritilgan ixtiyordagi daromadlari ularning ixtiyordagi pul formadagi daromadlar yig’indisiga teng. Tuzatish kiritilgan ixtiyordagi daromaddan foydalanish quyidagi sxema asosida amalga oshiriladi.